Kortikosteroidlar almashinuvi. Qonda buyrakusti bezi po’st qavati gormonlarining miqdori ancha o’zgarib turadi. Uning o’rtacha miqdori 100 ml plazmada mkg hisobida quyidagicha bo’ladi: kortizol 7,0, kortizon 4,0, kortikosteron 8,0, alg’dosteron 0,03. Qondagi gormonlar tezlik bilan to’qimalarga o’tadi.
Ularning asosiy almashinuv organi jigardir. Bu yerda ketosteroidlar glyukuronat kislota bilan bog’lanib, sirkulyatsiyada (qonda) glyukuronid shaklida
paydo bo’ladi. Tashqaridan kiritilgan nishonlangan gidrokortizonning 90 % i
siydik bilan, asosan, glyukuronid shaklida va ozgina qismigina erkin gormonshaklida organizmdan chiqariladi. Buyrakusti bezi po’st qavati gormonlariningto’kimalardagi degradatsiyasi (buzilishi) natijasida juda ko’p har xil parchalanish mahsulotlari hosil bo’ladi. Ularning almashinuvi, asosan, uch yo’l bilan boradi.
Organizmdan, asosan, glyukuronat kislota, ba’zi hayvonlarda esa, sulfat kislota bilan bog’lanib, efir shaklida chiqariladigan gormonlar ko’p hollarda, A halqasida (3,4 va 6- uglerod atomlarida) qaytariladi. Bunday reaktsiya natijasida tetragidrobirikmalar hosil bo’ladi. Kortizon va kortizol tegishli tetragidrokortizon va tetragidrokortizolga aylanib, siydik bilan birga chiqadi (urokortizol, urokortizon). Ular bir-biriga o’tishi ham mumkin. Kortizon vakortizol almashinuvining ikkinchi yo’li ularning 17-ketosteroidlarga, S 19-tipdagi birikmalarga aylanishidir. Bu yo’l bilan faqat 17-o’rinda gidroqsil gruppaga ega ketosteroidlargina parchalanishi mumkin, chunki jarayon yon shoxdagi ikki uglerod atomining oksidlanishi yo’li bilan ajralib ketishiga bog’liq, lekin bu yo’l bilan steroidlarning faqat 3—5% igina almashinadi. Uchinchi almashinuv yo’li yonshoxning qaytarilishi bilan harakterlanadi, ammo kortikosteron amalda bu yul bilan parchalanmaydi. 17-o’rinda ON gruppaga ega bo’lmagan kortikosteron va aldosteron organizmdan glyukuronat kislota bilan bog’lanadi yoki erkin holda chiqariladi. Siydik bilan chiqariladigan gormon va ularning almashinuv mahsulotlarining miqdori jinsga va yoshga bog’liq. Klinik nuktai nazardan siydikda va qon plazmasida kortikosteroidlar va ularning ayrim fraktsiyalarini tekshirish buyrakusti bezining funktsional o’zgarishlarini ularning reaktiv holatini
aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
XULOSA.
Buyrakusti bezining po’st qavati gormonlari. Buyrakusti bezining po’st qavati bir qancha steroidlar aralashmasini ishlab chiqaradi. Bulardan ba’zilarigina gormon sifatida ta’sir qiladi. Po’st qavati gistologik ko’rinishi bo’yicha uch kiem: koptokcha (tashqi), tuguncha va turli (ichki) zonalardan tuzilgan. Mana shu uchta zonaning har birida asosan o’ziga xos biologik ta’siri bo’yicha uch gruppaga bo’linadigan gormonlar ishlab chiqariladi. Koptokcha zonasida elektrolit va suv balansiga javob beradigan gormonlar mineralkortikoidlar, tuguncha zonasida uglevod va oqsil almashinuvi regulyatsiyasiga javobgar glyukokortikoidlar ishlab chiqariladi. Turli zonada jinsiy gormonlar qatoriga kiradigan androgenlar ham sintezlanadi. Ularning hosil bo’lishiga AKTG ta’sir etmaydi. Umuman, buyrakusti bezida jinsiy gormonlar qatoriga kiradigan estron, progesteron va androsteron hosil
bo’lishini bu bezning xususiy gormonlarining sintezlanishida oraliq bosqich deb
qarash mumkin, chunki jinsiy steroidlarning asosiy manbai gonadalardir. Biroq patologik sharoitda buyrak usti bezlari steroidlarining ishlab chiqarilishi 252 buzilganda bu oraliq maxsulotlarning miqdori ortib ketadi. Masalan, virilizm holatida organizmda to’planib qoladigan androsteron erkaklar jinsiy gormoni sifatida ta’sir etib, ayollarda tegishli o’zgarishlarga (masalan, mo’ylov chiqishiga) sabab bo’ladi. Eksperiment o’tkazilayotgan hayvonlarda adrenalektomiya oqibatlarini birinchi marta Broun-Sekar kuzatgan edi. Agar bunday hayvonlarga kortin (buyrakusti bezlaridan tayyorlangan ekstrakt) yuborib turilmasa, ular tez vaqt ichida nobud bo’lishi aniqlangan. Adrenalektomiyalangan hayvonlarning o’lishi buyrakusti bezining po’st qavati gormonlari yo’qligining oqibatidir. Adrenalektomiya natijasida hayvonlar qon zardobida Na + , S1“ , bikarbonat va glyukoza miqdori pasayadi, muskulda Na+ kamayadi, K+ va suv miqdori ortadi, zardobda K+ va oqsil bo’lmagan azot ortadi; jigar va muskulda glikogen miqdori kamayadi. Siydik bilan Na + , S1“ va bikarbonatning chiqarilishi ko’payib, K+ hamda umumiy azotning chiqarilishi kamayadi. Bu ximiyaviy o’zgarishlar tufayli, organizmda adinamiya belgilari umumiy muskullar zaifligi, qon bosimining kamayishi, ishtaha yo’qolishi, turli nagruzkalarga bardosh bera olmaslik yuz beradi. Organizm tashqaridan kiritiladigan kaliy tuzlariga ortiqcha sezgir bo’lib qoladi. Hujayradan tashqaridagi suyuqlikda kaliy miqdorining ortishi bilan ifodalanadigan mineral almashinuvining buzilishi yoki gipoelektrolitik shokning rivojlanishi ko’pincha o’limga sabab bo’ladi. Bu o’zgarishlar odamlarda addison kasalligida kuzatiladigan belgilarga juda o’xshash. Bundan yaqin bir yarim asr ilgari Addison tasvirlagan kasallik buyrakusti bezlari po’st qavatining buzilishidan kelib chiqadi. Bu kasallikni buyrakning po’st qavatning ekstrakti yoki II- dezoksikortikosteron bilan muvaffaqqiyatli davolash mumkin. Adrenalektomiyalangan hayvonlarni kam kaliyli dietada boqish, ayni vaqtda ularga osh tuzi erigmasini yuborish bilan umrini ancha cho’zish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |