O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi



Download 344,44 Kb.
bet2/25
Sana31.12.2021
Hajmi344,44 Kb.
#245360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Buyrak usti bezi garmonlari.

Mavzuning maxsadi. Buyrak usti bezining anatomiyasi , fiziologiyasini va gormonlarining ta’sir mexanizmlarini

Mavzuning vazifasi:Ushbu kurs ishini bajarishda quidagilarni o`z oldimizga vazifa qilib oldik.

-Buyrak usti bezining tuzilishini o’rganish va maэlumotlarni taxlil qilish

-Buyrak usti bezining po’stloq qavati gormonlarining tasir mehanizmlarini o’rganish va taxlil qilish

-Buyrak usti bezining miya qismi gormonlari haqida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish


I bob. Adabiyotlar sharhi.

Endokrinologiya fanining vujudga kelishini fiziolog Adolf Bertoldning xo’rozlarni bichish oqibatlarini xo’roz urug’donini ularning qorin bo’shlig’iga ko’chirib o’tkazish yo’li bilan yo’qotish mumkinligini ko’rsatgan tajribalari e’lon qilingan 1849 yildan hisoblasa bo’ladi. Bu tajribada ma’lum organlarda ishlab chiqariladigan moddalar qon orqali (gumoral yo’l bilan) o’tib, boshqa organlarda moddalar almashinuviga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatishi aniqlandi.

Endokrinologiyaning rivojlanishida 1855-yili buyrakusti bezining buzilishi

bilan bog’liq kasallikning ingliz olimi Tomas Addison tomonidan tasvirlanishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kelgusida Addison kasalligi nomini olgan bu patalogik holat sekretsiya bezlarining yaqqol ta’riflangan birinchi kasalligi edi. Ichki sekretsiya , ya’ni o’z maxsulotini (sekretini)qon oqimiga chiqarishi haqidagi tushunchani frantsuz fiziologi Klod Bernar kiritgan. Gormon atamasi (yunoncha hormaco— qo’zg’ataman, tebrataman ma’nosida) fanga 1905-yili ingliz olimlari Beyli va Starling tomonidan kiritilgan. Bu termin birinchi marta 1902 yilda ular kashf etgan, o’n ikki barmoqli ichakda ishlanib qon orqali oshqozonosti bezi shirasi va o’t ajratilishini kuchaytiradigan sekryetin nomli moddaga nisbatan ko’llangan edi.

Endokrinologiyaning bundan keyingi taraqqiyoti ayrim gormonlarning ochilishi, ularni toza holda ajratilib olinishi, fiziologik ta’siri va bioximiyaviy faoliyatining o’rganilishi bilan bog’liq. Keyingi o’n yillar davomida ko’p gormonlarning sintez qilinishi va ta’sir mexanizmining o’rganilishi, gormonlar miqdorini va almashinuv mahsulotlarini tekshirishning yangi usullarini ishlab chiqilishi, turli endokrin kasalliklarning molekulyar asoslarini aniqlash yo’li bilan oqilona davolash usullarining yaratilishi endokrinologiyaning bugungi yuksak mavzuini ko’rsatadi. Gormonlar haqidagi ta’limotga ko’ra ma’lum bir moddaning gormonlar qatoriga kiritish uchun quyidagi uchta talabga javob berish kerak:

1 ) gormon ishlab chiqaradigan a’zo kesib olib tashlanganda gormonal ta’sirning yo’qolishining yaqqol belgilarini ro’y berishi;

2 ) gormon yo’qligi belgilarini auto yoki gomotransplantatlar yoki gormon ishlab chiqaradigan organ ekstrakti vositasida bartaraf qilinishi;

3) organning hom ekstraktidan ajratilgan toza moddaning (iloji bo’lsa), shu moddaning sintez yo’li bilan olingan toza preparatini odamlarning ichki sekretsiya bezlariga xos, sifat jixatdan spetsifik gormonal ta’sirga ega bo’lishi.

Bu talablarga to’la hajmda klassik ichki sekretsiya bezlari mahsulotlari to’liq javob beradi. Ichki sekretsiya bezlarining funktsiyasi buzilganda turli kasalliklarning paydo bo’lishi kuzatiladi. Bular ayrim bezlar funktsiyasining zo’rayib ketishi natijasida gormonni ortiqcha ishlab chiqarishi (gipyerfunktsiya) yoki faoliyatning susayishi natijasida kam ajratilishi (gipofunktsiya) ga bog’liq. Ammo bunday buzilishlarda bez qandaydir yangi, boshqa bir fiziologik faol ximiyaviy modda ishlab chiqarmaydi. Organizmlarning bir qismida ishlab chiqariladigan gormonni uning boshqa bir sohasidagi to’qimalarga tashish yo’li bilan moddalar almashinuvini tartibga solishi faqat sutemizuvchi hayvonlar uchungina xos emas; umurtqasiz hayvonlar va o’simliklarda ham ba’zi gormonlar ishlab chiqariladi va ularda ham shu usulda ma’lum jarayonlar boshqarilib turiladi. Ammo gormonlar orqali boshqarish faqat hayvonot dunyosining oliy sinflari, ayniqsa odamlarda to’la rivoj topgan.

Sutemizuvchi hayvonlarning gormon ishlab chiqaradigan ichki sekretsiya bezlari qatoriga asosan quyidagilar kiradi: gipotalamusning gormon yaratuvchi nerv yadrolari, gipofiz yoki miya o’sig’ining old bo’lagi, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, buyrakusti bezlari, oshqozonosti bezining alohida qismi, jinsiy bezlar: urug’donlar, tuxumdonlar, buqoq bezi. Bundan tashqari yana bir qator a’zolar va to’qimalarning ham gormonal funktsiyasi ma’lum. Lekin bu bezlar yoki maxsus hujayralar to’plami ishlab chiqaradigan mahsulotlar yuqorida aytilgan talablarga to’la javob bermaydi. Xususan, ularning yetishmasligidan kelib chiqadigan qandaydir harakterli kasalliklar hozircha tasvirlangan emas. Bu bezlar qatoriga oshqozon-ichak bezlari, homiladorlik davrida yo’ldosh, dukkaksimon bez (epifiz) va boshqalar kiradi. Gormonlar bioximiyasi ularning ximiyaviy strukturasi, organizmda sintezlanishi, nishon to’qimalarga yetkazilish yo’llari, u yerda funktsional almashinuvi va ta’sir mexanizmini o’rganadi. Gormonlarning ximiyaviy tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumot nisbatan sodda birikma adrenalinga tegishli bo’lib, u asrimizning boshida olingan edi, bundan keyingi muhim qadamlar 1915-yili tiroksinni ajratib olgan Kendall va 1927-yili uning strukturasini aniqlagan Harringtonlar nomi bilan bog’liq. Steroid gormonlarni ajratib olish, ularning strukturasini aniq belgilash ishlari esa ancha qiyin bo’ladi. Bu sohadagi dastlabki ishlarni 1930-yili Butenand, Doyzi, Rujechka boshlagan, keyinchalik Kendall, Rayxshteyn va Vitershteynerlar davom ettirgan ishlar gormonlar bioximiyasining porloq sahifalaridan birini ochdi. Lekin olimlar oldida oqsil va polipeptid tabiatli gormonlarning katta gruppasini o’rganish kabi qiyin masalalar turar edi. Bu vazifani hal qilish uchun avvalo juda kam miqdorda uchraydigan moddalarni murakkab aralashmalardan toza holda ajratib olish usullari ishlab chiqilishi lozim edi.

Oqsillar ximiyasi usullarining rivojlanishi, umuman molekulyar biologiyaning muvaffakiyatlari, oqsil-peptid gormonlarni o’rganish bilan bog’liq hamma muammolarni yangicha yondashish usulida hal qilib berdi. Bu usullar birinchi marta insulin strukturasini aniqlash jarayonida ishlab chiqildi. 50-yillarda insulin va bir qator gipofiz gormonlar toza holda ajratib olinib, ularning aminokislota tarkibi aniqlandi. Bu sohada, ayniqsa, Sendjer, Dyu-Ving’o, Evans va Li ishlari bioximiya tarixida birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan ishlar qatoriga kiritildi. Endilikda har qanday oqsil gormonning ximiyaviy tuzilishini u naqadar murakkab bo’lmasin belgilash hal qilib bo’lmaydigan masala emas va hali strukturasi to’la aniqlanmagan oqsil tabiatli gormonlar (ba’zi glikoproteid gormonlar) bor ekan, bu masalaning tez kunda yechilishi muqarrardir. Gormonlar biosintezi haqidagi ma’lumotlar ularning strukturasini aniqlash bilan parallel ravishda rivojlandi. Ximiyaviy tuzilishi ma’lum bo’lgan gormonlarning organizmda sintezlanish yo’li ham deyarli to’la aniqlangan.


Download 344,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish