Sosoniylar davrida din. Sosoniylar davriga kelib davlat dini sifatida zardushtiylik belgilandi. Yangi sulolaning dastlabki shahanshohlari zardushtiylar kitobi Avestoning matnini to‘plash va tahrir qilish to‘g‘risida farmon berdilar va bu Shopur II davrida (309-379) tugallandi. Ushbu diniy matnlardan tashqari, falakiyotga, huquq, ahloq va boshqa sohalarga oid matnlar kiritildi. Avestoning qadimgi matni Sosoniylar davrida ko‘pchilik aholiga tushunarsiz bo‘lganligi uchun, keyinchalik unga maxsus izohlar tuzildi. Bu izohlar “Zend” (zand) nomini olgan.
Zardushtiylikning asosida dualizm - dunyoning yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmatdan iborat ekanligi va ular o‘rtasidagi to‘xtovsiz kurashdan iboratligi yotadi. Bu kurash yorug‘lik xudosi Axuramazda va zulmat xudosi Axriman o‘rtasida bo‘lib, kurashning oxirida yaxshilik, ezgulik, yorug‘lik g‘alaba qiladi. Inson bu kurashda Axuramazda tomonda turib ishtirok etishi kerak.
Zardushtiylarning har bir qishloq, shahar va viloyatda ibodatxonalari bunyod etildi. Kohinlar nafaqat diniy amallarni bajarishgan balki, ular qo‘lida ta’lim berish va sud qilish huquqi ham jamlangan edi. Shuningdek, ular meros masalasida ham hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shu boisdan ham III-V asrlarda yangi diniy ta’limotlarga xalq orasida intilish kuchli bo‘ldi.11
Sosoniylar davrida Eron iqtisodiy jihatdan tarqqiy topgan bir mamlakat edi. U Vizantiya , Hindiston va Markaziy Osiyo bilan qizg'in savdo olib borardi. Uning qadimgi eron traditsiyalarini va keyingi vaqtlardagi ellinistik traditsiyalarni saqlab kelgan eskin shaharlarida juda yaxshi sifatli buyumlar ishlab chiqaradigan turli-tuman hunarmandchilik sanoati bor edi. Eron kimhob, ipak va yung gazlamalari bilan, gilamchilik, qurol, metall va sopol buyumlar yasash, zargarlik buyumlari va hokazolari bilan mashxur edi. Asosiy xalqaro tovarlar hashamatli tovarlar - Ipak yo'li bo'ylab tarqaladigan So'g'diy savdo punktlari orqali sotiladigan xitoy hom ipagi, shuningdek, Eronga asosan quruqlik bilan kelgan hindistonlik savdogarlarning qimmatbaho toshlari, tutatqi, afyun, ziravorlar edi. Savdo punktlari nafaqat Mesopotamiya shaharlarida, balki Eronning sharqida, O'rta Osiyoda va keyinchalik Xitoy chegaralariga qadar bo'lgan Suriyalik nasroniylar (Aramiyaliklar) Parfiya va Sasaniyada ayniqsa faol edilar. Mamlakatda quldorlik ancha keng ko'lam olgan edi12. Qullar irrigatsiya qurilishlarida va dehqonchilikda - podsho va zodagonlarning yer- mulklarida ishlatilar edi. Yana ko'p erkak va ayol qullar uy xizmatkorlari qilib xaramlarda saqlanar edi. Qul savdosi savdoning eng foydali sohalaridan biri edi. Lekin shu bilan bir vaqtda sosoniular davrida feodalizm ham anchagina o'sib, mustahkamlanib , dehqonlar krepastnoylarga aylanib bormoqda edi. Sosoniylar idora qilgan davrning boshlarida dehqonlarning ko'pchiligi erkin edi.Lekin sosoniylar juda tez vaqt ichida podshoning katta mansabdorlariga va zoroastr ruhoniylariga yer ulasha boshladi, bundan maqsad ulardan yordam olish edi. Katta yer egalari o'z yerlarida ishlatish uchun ish kuchi sifatida qullardan foydalanar edilar.Sosoniylar davlatiga qarashli bo'lgan Mesopatamiyada qullar ayniqsa ko'p edi. Eroning o'zida aholining katta ko'pchilgini amoachi dehqonlar tashkil qilar edi, bular uru'chilik tuzumidan hali tamomila ajralib ketmagan bo'lib alohida qabila bo'lib yashar edilar. Katta yer egalari qo'shni jamoachi dehqonlarni kundan kunga battarroq asoratga solar, ularni o'zlarining feodallarcha ekspulatatsiya bqilish obektiga aylantirar edilar.
Eron dehqonlarining ahvoli toboro yomonlashib , mutaqo toqat qilib bo'lmaydigan darajaga yetdi. Ular feodal yer egalariga qaram bo'lish bilan birga davlatning tobora kuchayib borayotgan soliq zulmi ostida ham ezilayotgan edilar. Bundan tashqari Eron qishloqlarining boshiga sudxo'rlik ham bir balo bo'ldi; soliqlar qisman natura shaklida, qisman pul shaklida olinib, dehqonlarning bu soliqlarni to'lash uchun pulga doim muhtoj bo'lganligi natijasida sudxo'rlik avj olgan edi. Keyingi ikkita musibat – soliq zulmi va sudxo'rlik shaharning axoli ommasini ham qattiq ezardi , ular ham umuman huquqsiz edi. Amaldorlar soliqlarni qishloqlardan qanday shafqatsizlik bilan undirgan bo'lsalar , shaharliklardan ham shunday shaqatsizlik bilan undirar edilar.13
Arosatga tushib borayotgan dehqonlar ommasi va xonavayron bo'lib borayotgan shahar kambag'allari o'z ahvolidan qattiq norozi edilar. Bu narsa diniy niqob ostida ko’tarilgan bir qancha
xalk harakatlarida uz ifodasini topdi. Mesopotamiyadan chiqqan Moniy ismli
targ'ibotchi (chamasi 215 yillarda tug'ilgan) Eronda xalq ommasi o’rtasida III
asrning ikkinchi yarmidayoq katta shuhrat qozondi.Zaroastr ta'limotidagi dunyoda ikki narsa: yaxshi xudo – Ormuzd hamda yomon xudo – Axriman bir-biriga qarshi kurashadi degan aqidadan foydalanib Moniy mavjud ijtimoiy tartiblarni
yomonlik timsoli deb qoroladi. Moniy davlat dini bo’lgan zoroastr dinini, tashqi
irim-siirmlarni va qurbonliklarni rad qildi, kohinlarning boylikka ko’milib
yashashiga qarshi chiqdi. U batamom tarkidunyo qilishga davat etdi va o’z
muhlislariga hayotning butun mashaqqatlaridan qutulishning eng yaxshi yo’li
uylanmaslik deb tavsiya qildi. Kohinlarning talabi bilan Moniy 276-yil shoh Bahrom tomonidan qatl etildi. Bahrom uni tiriklay terisini shildirdi. Lekin Moniy
ta'limoti-moniychilik u o’lgandan keyin ham tarqalaverdi. Bu talimot Erondan
qo'shni Vizantiyaga ham o’tdi, u yerda moniychilar keyincha pavlikianlar deb ham
ataldi. VI asrning boshlarida ijtimoiy harakat, yana diniy niqob ostida tag'in
ham ochiqroq va kengroq tus oldi. Bu harakatga Mazdak nomli sobiq bir mag
boshchilik qkildi. Moniy talimoti juda ham pessimistik harakterda edi (xatto yer
yuzida xayotning yo’qolishini ham istar edi). Bunga qarama-qarshi ravishda
Mazdak talimoti optimistik ruhda bo’ldi, bechoralarning ahvolini yaxshilash
mumkin, deb ishonar edi. U yomonlikni yengib bo'ladi, yomonlikka qarshi kurashish kishining bevosita vazifasidir deb ta'lim berdi. Mazdak yomonlikning sababi toboro o'sib borayotgan ijtimoiy tengsizlik deb anglab, bu yomonlikdan qutilishning asosiy yo'li yana jamoada tenglikni o'rnatishdir deb hisoblaydi.Boylarning mol-mulklarini tortib olib kambag'allarga bo'lib berishni talab qiladi: u boyliklar odamlarga bo'lib berilsin, chunki ularning “odamlarning hammasi ham – bitta qodir xudoning bandasi, hammasi ham – Odamatoning farzandi va va hammasi ham bir hil narsaga muhtojdir», - deb ta'lim berdi.14
Mazdakka shaharlarda ham , qishloqlarda ham ko'p odam ergashdi.Dehqonlar zodagonlarning yerlarini tortib ola boshladi hamda soliqlarni to'lash va majburiyatlarni o'tashdan bosh torta boshladi. . Mazdakiylar 488-yildan boshlab
to VI asr 20-yillarining oxirlarigacha Eronning hamma yerlariga o’z tasirlarini
o'tkazib keldilar. Hukumat dastlab harakatni bostirishga jurat eta olmadi.
Zodagonlar bilan teskari bolgan shoh Kavot (Kubod)ancha vaqtgacha bu masxabga
hatto xomiylik ham qildi. Biroq harakat juda kengayib xavfli tus olib ketgandan
keyin hukumat bu harakatga bo’lgan munosobatini o’zgartirdi. Shohning o’g'li
shahzoda Xisrav 529-yilda mazdakiylar ustiga jazo qo’shini tortib, bu xalq
harakatini qonga botirdi. Mazdak va uning minglab tarafdorlari qatl qilindi.
Mazdakiylarning bir qismi O’rta Osiyo mamlakatlariga qochib ketdi.
Davlat boshida hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasiga mansub Shohonshoh bo'lgan. Shohonshoh taxtini faqat Sosoniylar urug‘ining vakili egallashi kerak va egallashi mumkin edi. Boshqacha qilib aytganda, Sosoniylar oilasi qirol deb hisoblangan. Zodagonlar va ruhoniylar podshohlarni taxtdan olib tashlash uchun har qanday yo'l bilan harakat qilishdi. Bunday masalalarni hal qilishda ruhoniylarga katta rol berildi. Ularning mavqeyi va qudrati Shohning qudrati bilan raqobatlashar edi, shuning uchun eng qudratli va g'ayratli shohlar ruhoniylarning mavqeyi va mobedlarning kuchini zaiflashtirishga harakat qilishdi.15
Do'stlaringiz bilan baham: |