Ong xossalari haqida tushuncha Ong psixikaninng eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo`lishi natijasidir. Bu ma`noda ong mutafakkirlar ta`kidlab o`tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqi olamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas” tushunchadan farqini ajratadi. Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z - o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yo`zaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi. Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg`ular yo`zaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig`indisidir. Ongni yo`zaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va holatlar yig`indisiki, unda inson o`z xatti -harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bo`nga tush ko`rish, ba`zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o`ziga xos shakli bo`lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashqil etish, ta`lim - tarbiya jarayonini to`g`ri olib borishga yordam beradi.
Ongning strukturasi to`zilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday.
Uning birinchi ta’rifi-nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi ko`zatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o’sha momentda kishi tasavvurida hosil bo’lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob’ekti bo’lgan ammo hozirgi paytda yo’q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan fodalangan yo’li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |