2. SHaxs tuzilmasining nevrotik darajasi "Nevrotik" atamasi nisbatan emotsional buzilish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch keluvchi sog‘lom kishilarga nisbatan qo‘llaniladi. Taraqqiyotning birinchi darajasida –oral va anal bosqichda xarakterda hech qanday ortiqcha buzilish kuzatilmaydi.
Biroq edip kopleksi bosqichida (3-6 yosh) nevrotik tuzilmada o‘ziga xos o‘zgarish kuzatiladi. J. Berjerida kuzatilishicha, o‘smirlik yoshida bu holat yaqqol kuzatiladi va Menning nevrotik oldi nevrotik tuzilmaviy ko‘rinish olishi va nevrozga o‘sib o‘tishi kuzatiladi. Menning psixotik tuzilmasi esa psixozga o‘sib o‘tishi xosdir.
Nevrotiklar ancha yuqori ximoyalanishni boshdan kechirishadi. Ular oddiy himoya mexanizmlarini takomillashtirib, o‘stirib boradilar. Nevrotiklar etuklik sifatida –siqib chiqarish, intellektuallashtirish, ratsionallashtirish kabi himoyalanishdan foydalanadilar. SHu bilan bir qatorda inkor etish, proektiv identifikatsiya, izolyasiya va boshqa primitiv himoyalashdan foydalanadilar.
Ular idetifikatsiyaning integrallashgan tuyg‘usini egallaydilar va qiyinchiliklarsiz xarakter xislatlarini, qiqziqishlari, temperament xususiyatlari, qadriyatlari va kamchiliklarini aniqlaydilar. O‘z navbatida nevrotiklar boshqa insonlarga ham izoh beradilar.
Nevrotiklar voqelik bilan ishonch bilan aloqaga kirishadilar. Ularda gallyusinatsiya, maniakallik tajriba talqini yo‘q. Ular psixoterapevt bilan bir dunyoda yashaydilar.
Ammo patsientning bir qator ego qismlari bezovtalantiradi va ular psixoterapevtga murojaat qiladilar. U –ego-diston. Nevrotik darajadagi paranoid shaxs boshqa insonlarga shubha bilan qarashida ichki ziddiyat va agressiv tarzda idrok etishi oqibatida yuz beradi. Paranoidlar cheklangan yoki psixotik rpatsientlar hisoblanadilar. Ularni qiyinchiliklari tashqi tafakkur bilan bog‘liq va uning kasalligi va buzilishlari atrof olam xususiyatlari belgilaydi.
3. SHaxs tuzilmasining cheklanganlik darajasi Bu darajadagi shaxslar nevrotik bilan psixotiklar o‘rtasidagi holatni egallaydilar. Ular birinichi va ikkinchisi bilan solishtirilganda muvaqqat barqarorlikka ega bo‘ladilar. J. Berjer bo‘yicha cheklanganlik tuzilmasi bolalarning lat eyishlari orqali shakllanadi va cheklanganlik tuzilmasini hosil qiladi.
CHeklangan shaxslar oddiy himoya usullarini qo‘llaydilar. Bu bilan ayrim hollarda psixotiklardan farq qilmaydilar. Ularning o‘rtasidagi tafovut suhbatni to‘g‘ri tashkil etilishi orqali aniqlanadi.
CHeklangan shaxsda Men ajralib qolgan, ziddiyatlar kuzatiladi. O‘zini izohlashga to‘g‘ri kelganda qiyinchilikni boshdan kechiradi. CHeklangan patsientlar bilan to‘g‘ri suhbat uyushtirish psixotiklardan farq qilish imkonini beradi va o‘zining patologiyasini kuzatishga maqbul bo‘ladi. Ular atrofdagilar bilan ambivalentlikni boshdan kechiradi.
Bir tomondan yaqinlik xohishi, ishonish munosabati aks etsa, boshqa tomondan esa boshqalar bilan munosabatga kirishishda qo‘rquv hosil bo‘ladi.
E.Erikson bo‘yicha shaxs taraqqiyotining ikkinchi bosqichidagi nizo kuzatiladi: avtonomiya/ uyat (separatsiya/individuatsiya). CHeklangan shaxsga xos xususiyat u bir vaqtni o‘zida yordamga chaqirishi va uni inkor etishi ham mumkin. CHeklangan bolalarda ob’ektiv diadik munosabat kuzatiladi35.
CHeklangan shaxslar bilan terapevtik maqsadda ishlash oqibatida ularda o‘ziga va atorofdagilarga nisbatan muhabbatni shakllantirishdan iborat.