O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi



Download 230,37 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi230,37 Kb.
#886647
Bog'liq
Biotexnalogiya 2 Niluar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
202-guruh talabasi Aminova Nilufarning
Biotexnologiya fanidan MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlarni o'rganish
Bajardi: Aminova Nilufar
Qabul qildi: Ibragimova .A
Mavzu: Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlarni o'rganish
Reja:
1.Hujayra biotexnologiyasi moddiy asoslari
2.Hujayra kulturasi
3.Hujayra to'qimasi
Hujayra biotexnologiyasi – hujayra, to’qima va protoplastlarni ishlatishga asoslanadi. Hujayralarni manipulyasiya (faoliyatiga qandaydir o’zgarishlar kiritish) qilish uchun, ularni
o’simlikdan ajratib olish o’simlik organizmidan tashqarida yashashi va ko’payishi uchun sharoit tug’dirib berish lozim. Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni sun’iy ozuqa muhitida, steril sharoitda (in vitro) o’stirish, usuli ajratilgan to’qimalar kulturasi deb nom oldi va ularni biotexnologiyada ishlatish mumkinligi sababli, katta ahamiyat kasb etadi.
Biotexnologiya uzoq - uzoqlardan ma’lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan asrni
ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya’ni oziq-ovqat,
energetika, zahira (resurs), atrof – muhitni muhoxazasi va x.k. muammolarni tubdan yangi asosda
echishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi. Biotexnologik jarayonlar sun’iy
ozuqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon to’qimalari, hujayralari va
orgalaridan foydalanishga asoslanadi. Xozirgi vaqtda dunyoni ko’plab mamlakatlarida
biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani
bosh
Biotexnalogiya kafedrasi o'quvchilari
Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni biotexnologiyadagi rolini uch yo’nalishda ko’rish
mumkin:
Birinchi yo’nalish ajratib olingan o’simlik hujayrasini tibbyot, veterinariya, kosmetika va
boshqa sohalar uchun zarur bo’lgan ikkilamchi metabolitlar : alkoloidlar, steroidlar,
glyukozidlar, gormonlar, efir moylari va boshqa biologik faol moddalar sintez qilish
imkoniyati bilan bog’liq.
Ikkinchi yo’nalish – ajaratib olingan hujayralarni, o’simliklar seleksiyasida ishlatish va shu
orqali tez rivojlanuvchi, har xil tashqi muhit ta’siriga chidamli (issiqqa, sovuqqa,
sho’rlanishga, og’ir metallarga, qurg’oqchilikka, kasallikka ) o’simliklar yaratish. SHuning bilan birga bu yo’nalish, ajratilgan protoplastlarni qo’shilishi orqali
yangi o’simliklar yaratish hamda nojinsiy (somotik) gibridlar olishni ham o’z ichiga
oladi. Ajratib olingan protoplastlarga gen muxandisligi metodlari yordamida begona
genlarni kiritlishi, keyinchalik yangi, meros qoladigan xossalarga ega bo’lgan o’simlik
yaratishga ham olib keladi
Uchinchi yo’nalish – ajratib olingan to’qimalarni ko’paytirish va ekuv materiallarini viruslar
va boshqa patogenlardan sog’lomlashtirish maqsadida ishlatish. Bu usul, o’simliklarni
klonal mikroko’paytirish deyiladi va bitta medistemadan yiliga yuz minglab o’simlik
olish imkonini beradi.
Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni
bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik
jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tomon bu alohida hujayradan o’simlik
regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. SHuning uchun ham in
vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini
aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir.
Har bir hujayra o’sishni uch bosqichda o’tadi:
✓bo’linish;
✓ cho’zilish;
✓ tabaqalanishi (differensirovka).
Hujayraning bo'linishi
Oxirgi bosqichni (fazani) xarakterli tomoni hujayrani ikkilamchi qobig’ini qalinlashuvi va
hujayrani bo’linishga bo’lgan qobiliyatini yo’qotishidir. Differensiasiyaga uchragan hujayralar yana
qaytadan bo’linish qobiliyatiga ega bo’lishi uchun, ularni dedifferensirovka bo’lishi shart, ya’ni
hujayra xuddi meristema holatiga qaytishi kerak. Tabaqalangan hujayralarni ko’paytirish tartibsiz,
anarxiya shaklida o’sishga olib keladi va oqibatda kallus to’qima hosil bo’ladi. SHunday qilib,
ixtisoslashgan hujayralarni kallus to’qimalarga aylanishi hujayra bo’linishini kuchaytirish bilan
bog’liq bo’lib, tabaqalash jarayonida, hujayra bo’linish qobiliyatini yo’qotadi
THANK YOU
😇
Download 230,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish