Mavzuning organilish darajasi. Tilshunoslikda badiiy asar tilini tarixiy jihatdan organish hodisalari ancha yillardan beri amalga oshirilmoqda. Ozbek tilini tarixiy jihatdan organgan olimlar ushbulardir: H.Nematov,A.G`ulomov, R.Rasulov, A.Hojiyev, Sh.Shahobiddinova, A.Berdialiyev, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, Sh.Mirzaqulov, Z.Akobirova, Q. Zokirov, H. Jamolxonov kabi olimlarning qarashlari mavjud.
Ozbek tilini tarixiy jihatdan organishda, ayniqsa, A.Hojiyevning xizmatlari beqiyosdir. Bu borada uning bir qancha ilmiy asarlari yuzaga kelgan.
Ishning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti uchun darslik va qollanmalarda berilgan umumnazariy malumotlar, davriy matbuot sahifalaridagi va boshqa sohalardan olingan materiallar belgilandi. Ishning predmeti esa ozbek tilini tarixiy jihatdan organishni oziga xos jihatlarini yoritishdan iborat.
Kurs ishining manbalari. Kurs ishimizning manbalari sifatida oldin bu sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, maktab, orta maxsus va oliy talim muassasalari uchun yaratilgan darslik va qollanmalar, izohli lugatlar, shuningdek, badiiy asarlar fikrimizni tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Ishda asosan ozbek tili grammatikasi, turli davrlarda yaratilgan darslik va qollanmalar, ozbek tilini tarixiy jihatdan organish asosiy manba sifatida foydalanildi.
Tadqiqot metodlari. Kurs ishida ilmiy-tadqiqot metodlaridan tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, tahliliy usullardan, qiyosiy tipologik metoddan keng foydalanildi.
Ishning ilmiy yangiligi. Hozirgi ozbek tilshunosligida zotiy tilshunoslik nuqtai nazaridan amalga oshirilayotgan ishlar, badiiy asarning lisoniy tasnifi boyicha qilinayotgan say-harakatlar ozbek tilida morfologik jarayonlar, jumladan, keyingi tadqiqotlar natijasida organilishi kuzaltiladi. Ana shu qarashlar asosida bugungi ishimizda ozbek tilini tarixiy jihatdan organish gavdalanadi.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishimizning xulosa va natijalari ozbek tilshunosligi, xususan, ozbek tilida soz yasalish tizimi boyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda, maqolalar yozishda, umuman, ilmiy adabiyotlar yaratishda ahamiyati katta. Shuningdek, ish materiallaridan soha boyicha darslik va oquv qollanmalar yaratishda ham foydalanish mumkin. Shu bilan birga umumtalim maktablari, orta maxsus talim muassasalari ona tili fanida amaliy qollanma sifatida, oliy talimda hozirgi ozbek adabiy tili kursida amaliy mashgulot darslarida mustaqil ishlarni bajarishda material sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |