42
1.7. Yosh darvozabonlarni tarbiyalashda texnik tayyorgarlikning moxiyati,
mazmuni va xususiyatlari.
Texnik tayyorgarlik – bu ko‘p yillik ixtisoslashtirilgan pedagogik jarayon
bo‘lib, musobaqa taqdirini xal qiluvchi o‘yin malakalari texnikasini o‘zlashtirish
va uni shakllantirishga qaratilgan tayyorgarlik turidir. Dastlabki o‘rgatish
bosqichida texnik tayyorgarlikni maqsadga muvofiq tashkil qilish o‘rta muxim
axamiyat kashf etadi. Texnik tayyorgarlik ko‘rsatgichlarining samarali
Shakllanishi tayyorlov, yondoshtiruv, maxsus va o‘yin mashqlaridan qanchalik
to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq(27,29,31).
Futbolda texnik tayyorgarlik o‘yin davomida amalga oshiriladigan xujum va
ximoya texnikasiga oid xarakat malakalariga o‘rgatish xamda sekin-asta Shu
malakalarni shakllantira borish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Xujum va ximoya
texnikasiga o‘rgatishda dastavval futbolchiga xos xolatlar va maydon bo‘ylab
xarakat qilish, so‘ng to‘p uzatish - qabul qilish, to‘p kiritish – uni qabul qilish,
zarba berish va ximoya malakalariga axamiyat qaratladi. Xolat va xarakatlanishlar
quyidagilardan iborat: to‘pni uzatishdagi xolat: tizza, gavda, oyoqning ichki qismi,
oyoqning tashqi qismlar va bosh bilan uzatishlar. To‘pni o‘yinga kiritish, to‘pga
zarba berish, ximoyada o‘ynash xolatlar.
Maydon bo‘ylab xarakatlanishlar xam turlicha bo‘lib, har xil yo‘nalishlarda
ijro etiladi. Masalan, o‘nga, chapga, oldinga, orqaga yurish, yugurish, siljish,
xatlash, sakrash, sirg‘anish va xokozo. Ushbu xarakat malakalari avval aloxida
o‘rganiladi, so‘ng o‘yin malakalariga qo‘shib ijro etiladi.
Xozirgi kunga kelib yosh futbolchilarni tayyorlashda texnik tayyorgarlik
jarayonining moxiyati, mazmuni va xususiyatlari talaygina ilmiy - uslubiy
adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan va atroflicha yoritilgan .
O‘yin texnikasi- bu bir vaktning o‘zida ketma ket va muayyan maqsadli
tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan xarakat yoki xarakatlarning majmuasidir.
O‘yin texnikasi – xarakat aniq, tez, engil, vaziyatga muvofik, kam kuch sarf
qilinib yuqori samara bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
43
«Texnika» atamasi yunoncha (tennis) so‘z bo‘lib, juda keng ma’noda
foydalaniladi va o‘zbek tilida «Sa’nat» tushunchasini anglatadi.
Zamonoviy futbol turli o‘yin malakalari va taktik kombinatsiyalarga
nixoyatda boy bo‘lib, o‘ta katta shiddat va tezlikda o‘tadi. Binobarin, futbolning
yuqorida zikr etilgan o‘ziga xos xususiyatlari o‘yinchilardan mukammal
takomillashgan texnik maxorat talab kiladi.
Musobaqa o‘yinlarida texnik maxorat qanchalik keng va tashqi ta’sirlarga
nisbatan mukammal Shakllangan bo‘lsa, shunchalik g‘alabani qo‘lga kirtish
imkoni ko‘p bo‘ladi.
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor
va xakoza) ularning texnik pasportlari mavjud bo‘lib mazkur vositasining texnik
ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari berilgan bo‘ladi. Sportda ham muayyan xarakat
malakasining o‘ziga xos texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari va uni ijro etishda
Shakllangan texnik tartibi mavjuddir.
Futbol o‘yini texnikasi o‘ziga xos tasnifga ega bo‘lib, u bir necha turkumdan
tarkib topadi. O‘yin texnikasining tasnifi «Xujum texnikasi» va «Ximoya
texnikasi» kabi turkumlarga bo‘linadi. Ular esa o‘z navbatida yuqoridan pastga
qarab bir-biriga bo‘ysundirilgan kichik turkumlardan tashkil topadi.
«Xujum» - texnikasiga xolat va xarakatlanish, to‘pni o‘yinga kiritish, zarba
berish texnikasi kiradi.
«Ximoya» - texnikasi esa o‘z navbatida xolat va xarakatlanish, to‘pni qabul
qilish va ximoya texnikasidan iborat.
To‘p uzatish texnikasi. To‘p uzatish futbolda asosiy o‘yin malakalaridan
biri bo‘lib, Shu o‘yin bilan bog‘lik bo‘lgan barcha texnik – taktik faoliyatini
yagona vositadir.
Uzatish – xujum texnikasiga mansub bulib, uni ma’lum vaziyatda taktik
maxorat bilan tug‘ridan to‘g‘ri ijro etish gol urish imkonini berishi mumkin.
To‘p uzatish – nemis mutaxasisi M.Fidlerni izoxiga binoan – bir vaqtni
o‘ziga bajariladigan ikki xarakat malakasidan iborat bo‘ladi. Bu malaka xujum
44
texnikasiga kiradi. Ikkinchisi – agar to‘p maqsadli o‘yinchiga aniq etkazib berilsa
bu uzatish deb yuritiladi va xujum texnikasiga kiradi.
Uzatish bir necha turlardan iborat bo‘ladi:
1.
Tayanch xolatda yuqoridan uzatish bosh bilan;
2.
Ikki qo‘llab to‘pni o‘yinga kiritish;
3.
Oyoqning ichki qismi bilan uzatish va xakozo;
Uzatish vertikal, gorizontal yoki diagonal ravishda baland, past uzok yoki
yakin yunalishlarda ijro etilishi mumkin. To‘p uzatishni bu turlaridan zarb bilan
yukoridan uzatish texikasini olsak, bunda esa «Jangovor» xolat deb yuritiladi.
To‘pni o‘yinga kiritish texnikasi
To‘pni o‘yinga kiritish – o‘yinni boshlash yoki davom ettirish vositasi bo‘lsada,
ayniksa, so‘nggi yillarda, xujum texnikasi tizimida g‘alaba keltiruvchi asosiy
malakaga aylanib bormokda.
To‘pni o‘yinga kiritish bir necha turlardan iborat:
1.
To‘rga nisbatan to‘g‘ri turib pastdan va yukoridan to‘pni sherigiga
aniq uzatish.
2.
To‘rga nisbatan yon tomondagi va bo‘sh turgan o‘yinchi bilan to‘pni
pastdan va yukoridan to‘pni bir biriga aniq uzatish.
Yukorida qayd etilgandek, to‘p kiritish turlari har xil bo‘lsada, ularning bir xil
xususiyatlari mavjud. Zarba berish texnikasi.
ZARBA – kiska oralikda chopish 1 faza, yugurish 2 faza, zarba berish 3 faza to‘pni
aniqlik bilan uzati 4 faza malakalari asosida amalga oshiriladi.
Qiska oraliqda yugurish fazasi o‘z navbatida bir-biri bilan bog‘lik bo‘lgan 3
qismga bo‘linadi; dastlabki (tayyorgarlik) o‘rta (yugurishning asosiy qadamlari) va
to‘pga aniq zarba berish jarayonlari.
Yugurishning dastlabki qismida futbolchi xali uzatilgan to‘pning
yo‘nalishini to‘liq ilg‘amasdan harakatlanish maqsadida bir ikkita tayyorgarlik
qadamini qo‘yadi.
Yugurishning ikkinchi (o‘rta) qismida, uzatilgan to‘pi yo‘nalishi va unga
munosib bo‘lgan xarakat yo‘nalishi aniqlanib, shiddat bilan yugurish qadamlari
45
tashlanadi. Bu kismda ijro etiladigan malakalar xujumchini jismoniy, texnik va
taktik imkoniyatlariga qarab u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
Ximoyada o‘ynash texnikasi
Ximoyada o‘ynash – bu raqib o‘yinchisi tomonidan qilinayotgan amallar va
uzatilgan yoki zarba berilgan to‘p yo‘nalishini to‘sish, unda qarama –qarshilikni
tashkil qilishdir. Ximoyada o‘ynash asosiy ximoya vositasi bo‘libgina qolmay,
balki mazkur ximoya yordamida xisobni o‘zgartirish imkoniyati xam mavjud
bo‘lishi mumkin. Demak, o‘z navbatida ximoya xujum tizimiga ham mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |