O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


 Jismoniy tayyorgarligni texnik-taktik



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/45
Sana19.08.2021
Hajmi0,67 Mb.
#151839
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

1.6. Jismoniy tayyorgarligni texnik-taktik  

harakatlariga ta’siri. 

Murabbiy va mutaxassislarning bildirishicha, darvozabonning o‘yin mahorati 

ko‘pgina jamoalarning muvaffaqiyatiga bog‘liqdir. Shuning uchun darvozabondan 

katta jismoniy tayyorgarlik, epchillikni, chidamlilikni va sezgirlikni talab qiladi.             

Darvozabonlarning  yomon  o‘yin  ko‘rsatishlari  jamoa  uchun  mag‘lubiyat 

demakdir.  Lekin  darvozabon  darvozani  mustaxkam  himoya    qilsa  jamoa  yutuqini  

mustaxkam  qo‘lga  kiritgan  hisoblanib,    yutuqni  qo‘ldan  chiqarish  mumkin  emas. 

Shuning uchun darvozabonlarning mahorati, uning chidamliligi o‘yinning qiziqarli 

o‘tishiga  bog‘liq  bo‘ladi. Joyni  to‘g‘ri  tanlashi,  reaksiyasi,  botirligi,  qa’tiyatliligi, 

topqirligi  singari  sifatlar  darvozabonlarda  yaxshi  rivojlangan  bo‘lishi  kerak. 

Bundan  tashqari    darvozabonlarning  psixologik  xolatlari  mustaxkam  bo‘lishi 

lozim. 


Mualliflar  N.Rogolskiy,  E.G.Degelning  fikricha,  ham  darvozabon  jamoaning 

oxirgi  imkoniyati  bo‘lib,  o‘yinni  yutishi  va  yutqazishi  unga  bog‘liq  bo‘lib,  o‘yin 

davomida darvozani daxilsizligini  saqlab qolsa o‘yinning qahramoni hisoblanadi. 

Shuning  uchun  darvozabonlarning  mashg‘ulatlarini  olib  borilishi  vaqtida  yaxshi 

bajarishi jamoa a’zolarini g‘alaba erishishiga bog‘liqdir. Shundan kelib chiqib yosh 

darvozabonlarning 

darvozabon 

texnikasini 

mustaxkam 

egallashi 

muhim 

ahamiyatga egadir.  



Darvozabon har doim taktik-texnik jismoniy tayyorgarlikka tayyor bo‘lishi 

lozim. Undagi bu jihatlar – bo‘yining balandligi to‘p tepadan kelganda chaqqonlik 

bilan  ilib  olish  uchun  darvozabonda  sezgirlik,  yaxshi  tezkorlik,  engillik, 

egiluvchanlik va chidamlilik jihatlar bo‘lishi kerak.  

Odatda,  darvozabon  –  baland  bo‘yli  (175  sm  va  undan  ortiq),  a’lo  darajada 

jismoniy  tayyorgarlik  ko‘rgan,  reaksiyasi  juda  tez,  start  tezligi  yuqori  o‘yinchi 

bo‘ladi.  U  dovyurak  va  jur’atli,  sakrovchan,  epchil  va  hozirjavob,  harakatlarini 

yaxshi  muvofiqlashtira  oladigan,  yaxshi  mo‘ljal  oladigan  va  rejalay  biladigan 

bo‘lishi;  to‘pning  ehtimoliy  uchish  yo‘nalishi,  tezligi  va  traektoriyasini  darhol 



 

38 


aniqlay  olishi,  himoya  jarayonini  mohirona  idora  qilishi,  ya’ni  uning  izchilligi  va 

uyushqoqligini ta’minlay bilishi kerak. 

S.N.Andreevning  fikricha,  ko‘pgina  taktik  usullarni  bajarish  vaqtida 

darvozabonlar  jarohat  olishlar  mumkin.  Buni  yosh  darvozabonlar  o‘z  

mashg‘ulotlari  vaqtida  inobatga  olishlari  shart.  Buning  oldini  olish  uchun  yosh 

darvozabonlar  mashg‘ulotlarida  o‘zlari  bilan  darvozabonlar  uchun  qullaniladigan 

kiyimlarni kiyib olib shug‘illanishlari Shart deb hisoblaydi. 

Har  bir  mashg‘ulotlarida  bunga  alohida  e’tibor  berish  kerak.  Iloji    boricha 

masterlar  jamoasida  va  ayniqsa  yoki  o‘smirlar  jamoasida  darvozabonlarni 

tayyorlaydigan  maxsus  marabbiylarni  bo‘lishi  shart.  Agar  bu  murabbiylar 

o‘tmishda  darvozabon  bo‘lgan  bo‘lsalar  yanada  maqsadga  muvofiq    bo‘ladi. 

Osiyoning 

etakchi 

futbol 


jamoalari 

(Yaponiya, 

Janubiy 

Koreya)ning   

mashg‘ulotlarini  kuzatishlar shuni  ko‘rsatadiki, darvozabonlar mashg‘ulotlarining 

ko‘p qismini maxsus murabbiy diqqati bilan  darvozabonlarning  jismoniy sifatlari 

va texnik-taktik harakatlarini  mashq qilish bilan shug‘ullanadilar.  

G.D.Kachalin,  uyinchilarning  taktik  vazifalari  va  majburiyatdarini  urgana 

turib, Shuni ta’kidlaydiki, darvozabon vaktning kup kismini uz darvozasini goldan 

asrashga,  ximoya  kilishga  sarflaydi,  kuprok  darvozada  uynaydi,  kamrok-darvoza 

maydonida,  jarima  maydonida  esa  undan  xam  kam  vakt  uynaydi.  Ba’zan  esa 

darvoza  maydoni  tashkarisida  xam  uynashi  mumkin,  lekin  bu  kam  xollarda 

uchraydi.(12,24,25,26) 

  A.Chanadi  shuni  ta’kidlaydiki,  darvozabon  –  jamoadagi  xar  tomonlama 

uynaydigan  uyinchi.  Lekin  uzining  xar  tomonlamali  uyinini  ta’minlash  uchun  u 

aloxida 


jismoniy 

va 


ruxiy 

sifatlarga 

ega 

bulishi  lozim. 



A.Chanadi 

darvozabonlarning  jismoniy  kursatkichlari  tugrisida  gapirayotib,  Shuni  aloxida 

ta’kidlaydiki, darvozabonlar uchun eng kulay buy uzunligi 175-185 sm ni tashkil 

etadi.  Kichik  buyli  darvozabonlar  xavolatib  yullangan  tuplarni  kiyinrok  oladilar. 

Ayniksa,  kachonki  tua  uchun  kurashish  xavoda  bulgan  vaziyatda  darvoza  oldida 

nokulay  vaziyat  yuzaga  keladi.  Xaddan  tashkari  baland  buyli  darvozabonlarga 




 

39 


keladigan  bulsak,  ular  erga  tashlanishlarda,  tupni  egallab  olishda,  ayniksa,  erlatib 

tepilgan zarbalarni olishda uncha chaqqon emaslar. 

  Darvozabonning  vazni  buyiga  mutanosib  bulishi  lozim.  Jismonan  kuchli 

darvozabon uz darvozasi oldida buladigan kurashish paytida rakib xujumchilarida 

«xurmat kilish xissini uygotadi» 

Agar  futbolchining  epchilligini  belgilovchi  harakatlarga  diqqat  bilan 

qaraydigan  bo‘lsak  bu  harakatlar  sportchilarning  kuchini  vaqt  va  joy  vaziyatiga 

moslashtira  bilish  qobiliyatini  talab  qilishni  payqash  mumkin(10,13,19,24). 

Boshqacha aytganda, epchillik harakatlari muayya qisqa vaqt oralig‘idagi harakatni 

joyda juda ham aniq bajartirish uchun paydo buladigan tezkor kuchni talab qiladi. 

Demak, epchillik deb — kuch va tezkorlikni uygunlashganiga aytilar ekan. 

Epchilliki  tarbiyalashda  xuddi  kuch  va  tezkorlikni  tarbiyalagan  paytdagidek, 

kishi  tezda  toliqadi,  buni  unutmaslik  kerak.  Shu  bilan  birga  epchillikni 

rivojlantirishga  oid  mashqlarni  bajarish  muskullar  harakati  aniq  bo‘lishini  talab 

qiladi,  toliqish  paytidagi  mashqlar kam  samara  beradi.  Shuning  uchun  epchillikni 

tarbiyalashda,  xuddi  tezkorlik  va  kuchni  tarbiyalagan  paytdagidek,  organizm  va 

qayta  batamom  tiklanib  olguncha,  muayya  vaqt  oralig‘ida  dam  olishni  tashkil 

qilishi  lozim.  Mashqlar  oldingi  mashg‘ulotdan  toliqish  asorati  deyarlik  kolmagan 

xolda bajariladi. 

Futbolchida  "Portlovchi"  kuchi,  tezkorlikni  va  epchillikni  xosil  qilish  kiyin 

ish,  shuning  uchun  bu  sifatlari  sportchi  butun  sport  xayoti  davomida  tarbiyalab 

borishi  zarur.  Ularning  tarbiyalanib  borishiga  aloxida  diqqat  bilan  qarash  kerak. 

Chunki    futbolchi  o‘yin  faoliyatining  samarasini  belgilaydigan  sifatlar  xuddi  ana 

Shulardir(18,19,27).

 

Bu-uch  uziga  xos  jihat  ko‘rsatilgan  sifatlarni  yagona  qilib  birlashtiradi  va 



ularni bir mashg‘ulotda bir vaqtning uzida kompleks ravishda takomillashtiradi. 

Epchillik-  bu  murakkab  kompleks  sifat  bo‘lib,  uni  baxolash  uchun  yagona 

mezon topish qiyin. V.M.Zatsiorskiyning fikricha, qo‘yidagilar epchillikni ulchash 

imkonini  berishi  mumkin:  vazifalarning  murakkabligi,  uni  aniq  va  uz  vaqtida 




 

40 


bajarilishi  (futbolda  bu  vaqt  vaziyatni  uzgarishidan  to  javob  harakati  boshlangan 

daqiqagacha bo‘lgan eng kam vaqtdir). 

Futbolchiing  chaqqonligi  avvalo  futbol  maydonida  doimo  uzgarib  turuvchi 

vaziyatda  to‘pni  olib  yurgandan  keyin  to‘psiz  qilgan  harakatlaridan  namoyon 

bo‘ladi. 

To‘pni  olib  yurish,  kimga  uzatishni  tanlash  va  to‘p  tepish  o‘yinchidan  juda 

keng  koordinatsion  imkoniyatlarni  ko‘rsatishni  talab  etadi.  Agar  bunga 

futbolchining  harakat  va  texnik  faoliyati  yakkama  —yakka  oliShuvlar  va  turli 

dastlabki xolatlar asnosida o‘tishni (uzidan oshirib urishi, dumalatib urishi, sakrab 

turib  bosh  bilan  urib  yuborishi  va  xokazolar)ni  kursak  va  o‘yin  Shart  — 

Sharoitining  doimo  o‘zgarib  turishi  (yomg‘ir,  issik,  o‘tli,  erli  maydon,  tabiiy  va 

sun’iy  ravishda  yoritilishi)ni  xam  ko‘payadiga  bo‘lsak,  unda  o‘yin  faoliyatining 

samarali bo‘lishi uchun rivojlangan epchillik sifatlarining yuqori bo‘lishi futbolchi 

uchun qanchalik muxim ekaligi uz —uzidan tuShunarlidir. 

Priyomlarni  qanchalik  tez,  aniq  va  uz  vaqtida  bajara  olish  o‘yinchining 

uzidagi  harakatlantiruvchi  apparatni  qanchalik  boshqara  olishi  va  harakat 

qobiliyatining qanchalik rivojlaganligiga bog‘liqdir. 

Epchillik sifatlarini takomillashtirishga pag-barag yangi harakatlar turkumini 

egallab  olish  kerak,  shundagina  ma’lum  malakalar  bazasidan  noma’lumlari  oson 

uzlashtiriladi. 

Sport  nazariyasida  "ekstrapolyasiya"  ("tadbik  etish"),  ya’ni  (ma’lum  harakat 

malakalariga asoslanib) tusatdan paydo bo‘lgan Sharoitga javoban harakatni darxol 

tuza olish qobiliyati tushunchasi keng qo‘llaniladi. Futbolda uzidan oshirib tepish 

bu tuShunchaga misol bo‘lishi mumkin. Odatda trenirovka chog‘ida bu elementga 

ko‘p  e’tibor  berilmaydi.  Biroq  boshqa  chora  qolmagan  vaziyatlarda  futbolchilar 

ko‘pincha  uzida  oshirib  tepishni  qo‘llaydilar.  O‘yinchilarda  boshqa  harakat 

malakalari turkumi serob bo‘lganligi uchun yuzaga kelgan vaziyatga boglik holda 

bu harakatdan foydalanishlari mumkin. 

Shaxsning  koordinatsion  imkoniyatlari  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  ta’kib  qilish 

qam 


Shunchalik 

darajada 

yuqori 

bo‘ladi. 

Tabiiyki, 

muvofiklashish 




 

41 


imkoniyatlarining  ko‘pchiligi  bolalik  va  usmirlik  yoshlarida  yaratilishi  kerak.  Bu 

gapdan,  hujumchi  futbolchilarda  epchillikni  rivojlantirib  va  takomillashtirib 

o‘tirishning hojati yuk ekanda, degan ma’no chikmaydi. Birok, Shuni esda to‘tish 

lozimki,  epchillikni  o‘rgatish  qiyin,  chunki  u  har  kimning  uziga  xos  sifatdir. 

Futbolchi trenirovka paytida to‘pni oyoq bilan, bosh va gavda bilan ming oxanga 

solib o‘ynatishini qurish va ayni chog‘da o‘yinda u eng oddiy vaziyatlarda nochor 

axvolda  bo‘lib  qolgan  vaziyatlarni  xam  uchratish  mumkin.  Shunga  ko‘ra, 

epchillikni  Shunday      vositalar      yordamida      rivojlantirish      ma’kulki,      ular 

futbolchining  o‘yin  faoliyatida  "orttirgan"  malakalari  kumagida  foydalanish 

imkonini bersin.(24,25,26) 

Sportchilarning  harakatni  aniq  ilg‘ab  olish  va  yana  uni  qaytada  bajarish 

qobiliyati  qanchalik  yuqori  bulsa,  yangi  malakalarni  Shunchalik  yaxshi  egallab 

oladilar.  Epchillikni  takomillashtirish  uchun  shunday  mashqlar  zarurki,  ular 

harakat,  vestibulyar,  qurish  analizatorlariga  bab  —barobar  ta’sir  etsin.  V.B. 

Pagiev,  A.I.  Talibdjanov,  G.M.  Sergeevlar  tezlik-kuch  sifatlarini  rivojlantirishga 

oid  mashqlarni  futbolchilar  tayyorlash  jarayonining  turli  bosqichlarida  o‘ziga  xos 

ravishda taqsimlash va qo‘llash kerakligi xakida so‘z yuritadilar. 

Ularning  fikricha,  tayyorgarlik  davrining  umumiy  jismoniy  tayyorgarlik 

bosqichida tezlik – kuch sifatlarini aloxida rivojlantiruvchi sof standart mashqlarni 

qo‘llash ma’qul. Maxsus va musobaqa oldi bosqichlarda barcha mashqlar mazmuni 

ixtisoslik  yo‘nalishiga  aylantirilishi  lozim  (to‘psiz  va  to‘p  bilan  yakka,  guruh  va 

jamoa  bo‘lib  mashqlar  bajarish).  Mashqlar  mazmuni  va  nisbatini  qayd  etilgan 

tartibda  rejalashtirish  va  qo‘llash  futbolchilar  mahoratini  samarali  Shakllanishiga 

olib kelishi isbotlangan. 

 


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish