O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


II bob.Salavkiylar tarkibida O'rta Osiyo



Download 191,5 Kb.
bet4/5
Sana12.07.2022
Hajmi191,5 Kb.
#781699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Salavkiylar davlati

II bob.Salavkiylar tarkibida O'rta Osiyo
2.1 Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan O'rta Osiyo

Strabon bergan malumotlarga qaraganda Antiox Marg’iyonada o’z nomiga qurdirgan shahar − Antioxiyaning ko’chmanchilarning tinimsiz xujumidan himoya qilish maqsadida Murg’op voxasi atrofini 250 km devor bilan o’rab olgan. Ammo ko’chmanchilarning hujumlari bu bilan to’xtamagan. Ular u yoki bu shahar devorlar ustida yoki ekinzor, dalalr hamda voha bog’larida kutilmaganda paydo bo’lar va yana tezda ko’zdan g’oyib bo’lar edilar. Ana shunday og’ir bir vaziyatda Salavka I Hindistonga qarshi urush boshlaydi.Bu urush uning mag’lubiyati bilan yakunlanadi.Natijada Salavkiylarning O’rta Osiyodagi obro’siga putur yetadi, ularga qarshi qo’zg’olonlar boshlanadi.Salavkiylar og’ir axvolga tushib qoladilar.Antiox mahalliy aslzodalarga bir qadar yon bosib, og’ir vaziyatning oldini oladi.U Baqtriyada Sharqiy viloyatlar uchun davlatning o’z pullarini zarb etishga kirishadi.Antiox nomi bilan Baqtriyada pul zarb etilishi uning mustahkam davlat siyosatini olib borayotganligini ko’rsatar edi.Miloddan avvalgi 280-yilda Salavka I vafot etadi.Salavkiylar davlatiga Antiox I bosh bo’ladi.Ana shu davrdan boshlab sharqiy viloyatlar Antiox I faoliyatidan chetda qoladi.Chunki g’arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo’shini bilan birga bo’lishini taqozo etar edi.5
Ayni paytda g’arbiy viloyatlarda ham vaziyat ko’ngildagidek emas edi.Xullas, Salavka I vafotidan so’ng davlatning zaminiga putur yetadi.Sharqiy viloyatlar oltin, fil lazuritlar bilan doim jarima to’lab tursalar-da, ularning mustaqillikka intilayotganliklari sezilib turardi. Bu jarayon, xususan, miladdan avvalgi III asr o’rtalariga kelganda ko’zga yaqqol tashlana boshladi.
Bu davrda Baqtrita va Sug’diyonada aholi daxqonchilik bilan shug’ullanardi. Shaharlarning o’sishi, hunarmandchilik va suv xo’jaligining taraqqiyotiga ta’sir etgan. O’rta osiyoning Salavkiylar davlati tarkibida bo’lishi so’zsiz sur’atda Ellin madaniyati ta’sirining o’lka xalqlari orasida tarqalishiga sabab bo’lgan omildir.
Miloddan avvalgi III asrning o’rtalarida Salavkiylar saltanati inqiroz sari yuzlandi.Sharqiy satrapliklar markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizishga intildilar.
Miloddan avval taxminan 250-yillarda saklarning ko’chmanchi parnlar (dahlar) qabilasi Arshak boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan Parfiyona yoki Parfiya satrapiyasiga bostirib kirganlar va Parfiyani so’ngra qo’shni Go’rkaniya viloyatini ishg’ol etganlar. Parfiya milodiy 3-asrning 20-yillarigacha mavjud bo’lgan. Salavka II o’z hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir necha muvaffaqiyatsiz urunishlar miloddan avval 230-227-yillardan so’ng Parfiyada Arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur bo’lgan. Salavkiylar podshohi Antiox III Parfiyani 209-yilda bosib oladi.Biroq salavkiylar davlatining zaiflashgandan foydalanib, Parfiya tezda o’z mustaqilligini tiklab olgan.
Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida Baqtriya, So’g’diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo’ldi, Qora va Kaspiy dengizlari oralig’ida Armaniston davlati, Midiyaning Shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylardan ajralib chiqib, Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga keldi (Yunon-Baqtriya er. avv. 130 yillargacha, Parfiya davlati esa eramizning 227 yiligacha mavjud bo’ldi.). Antiox III bu davlatlarni bo’ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo’shinlari Hindikush tog’laridan o’tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo’ldi.
Ellin davrining (mil.avv. III–I asrlar) eng muhim merosi madaniyat bo‘lib, bu madaniyat ellin dunyosining barcha hududlariga keng tarqalib, Rim madaniyatining rivojlanishiga hamda o‘rta asrlar madaniyatiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘z navbatida qadimgi Sharqning 4 ming yillik ilm-fan va madaniy yutuqlari mil.avv. III asrdan boshlab g‘arb dunyosi tomonidan o‘zlashtirildi. Sharqning bu yutuqlari Yunon-Rim dunyosi madaniyati, Rimga qaram bo‘lgan boshqa o‘lkalarning madaniy-ma’naviy, siyosiy taraqqiyotida sezilarli o‘rinni egalladi. Chunki bu davrdan boshlab sharq va g‘arbning savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy aloqalari kuchaydi. Misr, Mesopotamiya,O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy g‘arb dunyosi bilan yaqin aloqa o‘rnatdilar. Sharq madaniyati, diniy e’tiqodlari Britaniya orollarigacha kirib bordi. Parfiya, Kushonlar davlati, Xitoy va Hindiston g‘arb dunyosi tomonidan ochildi. Shu sababli ilmiy adabiyotda Ellin madaniyati deb nomlangan mil.avv. III–I asrlardagi madaniyat bir xil bo‘lmay, har bir hududda mahalliy barqaror madaniyat an’analari va boshqa madaniyatlar unsurlarining o‘zaro qo‘shilishi natijasida shakllandi. Mil.avv III–I asrlarda O‘rtayer dengizi havzasining madaniy-ma’naviy shakllanishida davlatlarning ulkan hududlari, cheklanmagan podsho hokimiyatining mavjudligi, shaharlarning amaldagi mustaqilligining yo‘qolishi o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor bo‘lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi.Ellinizm davrida yunon dunyosi Sharq diniy tasavvurlarini qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig‘inish avj oldi. Misr ma’budasi Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi (Kibela – yerning onasi) bosh ma’buda sifatida qabul qilina boshlandi. Ellinlashgan Sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi.6
Ellin davlatlarida turli xudolar, turli xalqlarning diniy e’tiqodlari keng tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda din-mning universalligini namoyish qilishga intilib, barcha xudolarga atab ibodatxona – Panteon qurila boshlandi. Ana shunday Panteon Aleksandriyada qurildi. Yunonistonda yahudiy dini tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar «prozelitlar» deb ataldi.Turli hududlarda turli xudolarga e’tiqod qilish saqlanib qolsa-da, ayrim xudolarga e’tiqod qilish keng tarqaldi. Zevs, Dionis, Osiris hamda Kichik Osiyo ma’budlari Sabaziy va Adonisga, ayol ma’budalardan Misr Isidasiga sig‘inish keng yoyildi. Sharqda shakllangan sinkretik e’tiqodlar Kichik Osiyo, Yunoniston va Makedoniya, keyinchalik esa G‘arbiy O‘rtayer dengiziga kirib bordi. Ellin madaniyatining tarqalishidagi eng muhim omil an’anaviy va yangi paydo bo‘lgan ko‘plab bayramlar bo‘ldi. Xudolar sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar bir qatorda homiy podsholar sharafiga diniy markazlar va poytaxtlarda o‘tkaziladigan maxsus bayramlar paydo bo‘ldi. Misol uchun, ana shunday bayramlardan biri mil.avv. 165-yil poytaxt Antioxiya yaqinida salavkiy sulolasi hukmdori Antiox IV (mil.avv. 175–160-yillar) tomonidan o‘tkazilgan bayramni ko‘rsatish mumkin. Bu bayramning ochilishida 50 mingga yaqin piyoda va otliq askarlar, jang aravalari va fillar, oltin gulchambar kiygan 800 o‘smir va oltin hamda kumush bilan bezalgan taxtiravonlarda o‘tirgan 580 ta ayollar; xudolar va qahramonlarning son-sanoqsiz boy bezalgan haykallari; yuzlab qullar oltin va kumush buyumlar, fil suyagini olib borar edilar. Manbada 300 qurbonlik dastur-
xonlari va minglab boqilgan buqalar ko‘rsatiladi. Bayram 30 kun davom etib, bayram davomida turli xil gimnastika o‘yinlari, bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga mo‘ljallangan bazmlar va ov uyushtiriladi. Ptolemeylar Misrda qadimgi fir’avnlar davrida bo‘lganidek, podsho hokimiyatining mavqeyi kuchayib ketdi va ellin sharqidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga sig‘inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o‘zi va o‘z singlisi Arsinoyaga sig‘inishga farmon berib, o‘zi va singlisi sharafiga ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va uning xotini Berenikaga sig‘inish keng yoyildi.
Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa yurishlari vaqtidan boshlab, O’rtayer dengizining katta qismi Misr, Kichik va Old Osiyo, uning atrofidagi hududlar, O’rta Osiyoning janubiy va markaziy Osiyoning bir qismi, Hind daryosining quyi oqimigacha ularning tarixiy taraqqiyotini yangi Ellin davri boshlandi. “Ellin” tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi I. Droyzen tomonidan kiritildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik Iskandarning bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan qo’lladi va uni mazmunini madaniy soha bilan chekladi.
XX asrning 50-yillar boshlaridan ko’pchilik tarixchilar Elliniz davrini siyosiy-iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy sohalarda Ellin (g’arb) va mahalliy (sharq) hayotining sintezi deb qabul qildilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko’pgina hududlarini yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amalga oshdi.
Ellin davrinini uch yuzlik xronologik davri uch tizimli izchil bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich Iskandarning Sharqqa yurishlari, uning bepoyon davlatining tashkil topishi va diadoxlar urushlari natijasida bu davlatni yemirilishi (er. avv. 334-281-yillar)ni o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich (er. avv. 280- er. avv. II asr o’rtalari)-yunon-sharq davlatchiligi, iqtisodiyot va madaniyatning gullab-yashnash davri, Ellin davrini yetuklik bosqichi. Uchinchi bosqich er. avv. II asr o’rtalaridan ellin davlatchiligini oxir-oqibatda yemirishga olib kelgan tushkunlik belgilarini yaqqol ko’rinishi, so’ngi Ellin davlati ptolemeylar Misrining er. avv. 30-yilda halokatga uchrashi va uning Rim davlati tarkibiga qo’shib olinishhi bilan belgilanadi. Bu vaqt Ellin tafakkurini yaqqol so’nish davri edi. Ilgari Ellin davlatlariga qarashli butun hudud g’arbda Rim sharqda Parfiya davlatlari tomonidan bo’lib olindi.Iskandarning safdoshlaridan biri Salavk er. avv. 321-yilda satraplar o’rtasidagi shartnomaga ko’ra Bobilni egalladi. Ammo diadoxlar o’rtasida kurash natijasida Eron O’rta Osiyo satrapliklari ustidan nazorat o’rnatgan Osiyoning oliy hokimi Antigon tez orada Salavkdan Bobilni tortib oldi(er. avv. 315-yil). Antigon bilan boshqa satraplar o’rtasidagi kuchayib ketgan raqobatdan foydalangan Salavk Misr hukmdori Ptolemey yordami bilan er. avv. 312-yilda Bobilda o’z hokimiyatini tikladi. Aynan shu yildan boshlab Salavk sulolasining er. avv. 64-yilgacha hukmronligi boshlandi.
Salavk g’arbda diadoxlar o’rtasida davom etayotgan urushdan foydalanib Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida u Eron va O’rta Osiyo satrapliklarini qo’lga kiritdi.
Yurish oxirida Salavk Hindistonda Maur’ilar davlatining asoschisi Chandragupta bilan to’qnashdi. Urush Salavkni ilgari Iskandar davlati tarkibiga kirgan barcha hind mulklaridan voz kechishga, buning evaziga Chandragupta tomonidan 300 jangovar fillarni Salavkaga sovg’a qilishi bilan tugadi. Salavk er. avv. 305-304-yillar atrofida o’zini podsho deb e’lon qildi. Shundan sal o’tgach shimoliy Suriyani, er. avv. 281-yilda Kichik Osiyoning katta qismini bosib oldi; shu yildayoq Makedoniyani egallash uchun bo’lgan yurishda halok bo’ldi.

Salavk davlati gullab-yashnagan davrida Iskandarning Osiyodagi sobiq mulklarini katta qismini o’z tarkibiga olgan edi. Bu bepoyon hududda turli iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida turgan etnik va til jihatidan olaquroq bo’lgan xalqlar joylashgan edi. Salavk davlatida yunon va makedonlar podsho boshchiligida hukmron tabaqaga aylandilar, ular barcha oliy hokimiyat lavozimlarini egallab oldilar hamda qo’shinning asosiy qismini tashkil etdilar. Mahalliy zodagonlar hokimiyat boshqaruvida deyarli ishtirok etmadilar. Faqat Bobil shaharlarining fuqaro-ibodatxona jamoalari ma’lum bir imtiyozlardan foydalandilar.


Salavkiylar davlati aholisining asosiy qismi jamoachi dehqonlardan iborat edi. Bu jamoalar podsho foydasiga pul va natural majburiyatlarni o’tar edilar. Jamoachi dehqonlar shaxsan erkin edilar, lekin davlat hokimiyati dehqonlarni asta-sekin qaram qila boshladi. Bu ularni yerga biriktirib qo’yishda ko’rinadi. Davlat yerlari ikki qismga bo’lingan edi. Bir qism yerlar podshoning shaxsan o’ziga tegishli yerlar, ikkinchi qismi shaharlar, mahalliy zodagon-hokimlar, qabilalar va jamoalarga tegishli bo’lib podsho tomonidan nazorat qilinar edi.
Davlatning butun hududi satrapliklarga bo’lingan bo’lib, undan kichik mamuriy birliklar yeparxiya va giparxiyalar edi. Satraplik boshida satrap(Antiox III davrida-Strateg) turib, u fuqarolik va harbiy hokimiyatni amalga oshirar edi. Moliya muassasi esa mustaqil edi.
Salavkiylar davlatida O’rta Osiyo va Eron hududlari muhim o’rin tutar edi. Salavk I davrida uning o’g’li va merosxo’ri Antiox I (er. avv. 280-261-yillar.) bu hududlarni boshqarar edi. Antiox Slavkni Spitamenning qizidan bo’lgan o’g’li edi. O’rta Osiyoda sulola hokimiyatini mustahkamlash uchun yangi shaharlar va harbiy manzilgohlar qurildi, eskilari qayta tiklandi (Marv vohasi devor bilan to’liq o’rab olindi).
Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida Baqtriya, So’g’diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo’ldi, Qora va Kaspiy dengizlari oralig’ida Armaniston davlati, Midiyaning Shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylardan ajralib chiqib, Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga keldi (Yunon-Baqtriya er. avv. 130 yillargacha, Parfiya davlati esa eramizning 227 yiligacha mavjud bo’ldi.). Antiox III bu davlatlarni bo’ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo’shinlari Hindikush tog’laridan o’tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo’ldi.
Antioxning bu yurishi salavkiylar davlatining yemirilishini vaqtincha to’xtatdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta qismi bosib olindi va Kelesiriyani Misrdan batamom tortib oldi. Kuchayib ketgan Salavkiylar davlati Pergam va Rodosni xavfsizligiga jiddiy xavf sola boshladi. Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, Rimdan yordam so’radi. Rim ham Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo’mondoni Gannibalni maslahatchi bo’lib turganidan norozi edi. Er. avv. II asr boshlarida Salavkiylar bilan Rim respublikasi o’rtasida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Er. avv. 189-yilda Rim bilan bo’lgan urushda Antiox III qo’shinlari yengildi. Mamlakat hududlarida norozilik Salavkiylarning zulmiga qarshi qo’zg’olon va isyonlar boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya va Parfiya o’z mustaqilliklarini qayta tikladilar va Parfiya g’arbga tomon yurish qilib Salavkiylar hududlarini bosib ola boshladi. Midiyada satrap Timarxning isyon ko’tarishi bu viloyatni parfiyaliklar tomonidan bosib olinishiga yordam berdi. Bundan tashqari parfiyaliklar fors va Elamni egalladilar.
Antiox III ning o’g’illaridan biri Antiox IV (Er. avv. 175-yilda) shijoatli hukmdor bo’lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi.
Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o’tmishdagi kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududini kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib olish uchun kuchli qo’shin bilan yurish boshladi. Yo’lda uni Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy Lena to’xtatadi. Aytishlaricha Salavkiylardan ko’ra qudratli bo’lgan Rim elchisi Antiox IV o’tirgan joyni atrofida doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha (Misrga yurishni to’xtatish) Antiox IVni doira ichidan chiqib ketishini taqiqladi. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to’xtatiladi.
Salavkiylar davlatining yemirilish jarayoni tezlashib ketdi. Er. avv. I asr boshlarida Yahudiya o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Natijada Salavkiylar davlati hududi Suriya, Finikiya va Klikiyaning bir qismi bilan chegaralanib qoldi. Er. avv. 64-yilda Salavkiylar davlatining qoldiqlari Rimga Suriya provinsiyasi sifatida qo’shib olindi. Sharqiy Pont, Paflagoniya, Galatiya, Kappadokiya, Armaniston va Kommagen rimliklarga vassal bo’lgan mahalliy hokimlar qo’lida qoldi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,Salavk g’arbda diadoxlar o’rtasida davom etayotgan urushdan foydalanib Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida u Eron va O’rta Osiyo satrapliklarini qo’lga kiritdi.Yurish oxirida Salavk Hindistonda Maur’ilar davlatining asoschisi Chandragupta bilan to’qnashdi. Urush Salavkni ilgari Iskandar davlati tarkibiga kirgan barcha hind mulklaridan voz kechishga, buning evaziga Chandragupta tomonidan 300 jangovar fillarni Salavkaga sovg’a qilishi bilan tugadi. Salavk er. avv. 305-304-yillar atrofida o’zini podsho deb e’lon qildi. Shundan sal o’tgach shimoliy Suriyani, er. avv. 281-yilda Kichik Osiyoning katta qismini bosib oldi; shu yildayoq Makedoniyani egallash uchun bo’lgan yurishda halok bo’ldi.




Download 191,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish