O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


I bob.Salavkiylar davlati tarixiga nazar



Download 191,5 Kb.
bet2/5
Sana12.07.2022
Hajmi191,5 Kb.
#781699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Salavkiylar davlati

I bob.Salavkiylar davlati tarixiga nazar
1.1.Salavkiylar davlatiga asos solinishi

Aleksandr o‘z vorisini rasmiy jihatdan tayinlashga ulgurmadi. Bu uning lashkarboshilari o‘rtasida Aleksandr merosi uchun uzoq kurash davom etishiga olib keldi. Bu kurash bir necha o‘n yillarga cho‘zilib, juda ko‘p qon to‘kishlarga sabab bo‘ldi. Aleksandrning o‘limi vaqtida makedon taxtiga qonuniy da’vogarlar bo‘lmay, Aleksandrning xotini bo‘lgan so‘g‘d ma-likasi Roksana hali homilador edi. Pergamda Aleksandrga asir tushgan fors satrapi Artabazning qizi Barsinadan 4 yoshli noqonuniy o‘g‘li Gerakl qolgan edi. Taxtga Filipp II ning aqli zaif, noqonuniy o‘g‘li Arridey ham da’vo qilishi mumkin edi. Makedoniyada Aleksandrning yaqinlari Roksana agar o‘g‘il tuqsa, uni podsho deb e’lon qilish, uning go‘dakligi davrida hokimiyatni tajribali sarkarda Perdikka boshchigidagi davlat kengashiga topshirish lozim, deb hisobladilar. Harbiy boshliqlar va saroy a’yonlarining boshqa bir guruhi Arridey nomzodini yo‘qlab chiqdilar. Obro‘li lashkarboshi Nearx makedon taxtiga birdan-bir da’vogar Gerakl bo‘lishi mumkin, dedilar. Aleksandrning safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana bir guruh podshoni saylash kerak emas, chunki Aleksandrning o‘g‘illarini onalari Sharq ayollari, uning asiralaridir, oqibatda, bunday da’vogarlarni taxtga chiqarish hamma vaqt noqonuniy bo‘ladi, deb hisobladilar.Taxt vorisi to‘g‘risidagi munozaralar Perdikka regentligi bilan Filipp II ning noqonuniy o‘g‘li Arrideyni podsho deb e’lon qilish bilan tugadi. Xuddi shu vaqtda Aleksandrning bevasi Roksana o‘g‘il tug‘di va unga Aleksandr deb nom berildi. Makedon taxtiga birdaniga Arridey Filipp III nomi bilan, Roksananing o‘g‘li Aleksandr IV nomi bilan podsho deb e’lon qilindi. Osiyodagi qo‘shinlar qo‘mondonligini o‘ziga olgan Perdikka yana regent etib tayinlandi. Shunday qilib, u Aleksandr davlatining amaldagi hokimiga aylandi. Aleksandrning vafotidan keyin yagona davlatning amalda oliy hokimi bo‘lgan Perdikka Bobilda makedon podshosining eng yaqinlari o‘rtasida satrapliklarni taqsimladi. Yunoniston va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr Ptolemeyga, Kappadokiya va Paflagoniya Yevmenga, Gellespont Frigiyasi Leonardga, Buyuk Frigiya Antigonga, Suriya Laomedontga va Midiya Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar qo‘shinlari bilan o‘z mulklariga jo‘nab ketdilar.1 Aleksandrning aynan ana shu sobiq safdoshlari (diadoxlar) o‘zlariga berilgan hududlarga qanoat qilmay hamda boshqalarning mulkiga ega-lik qilish uchun Aleksandr merosini talashib, qonli kurashni boshladilar.Aleksandr o‘limidan keyingi ikki yil davomida Yunoniston makedon zulmidan ozod bo‘lishga urindi. Yunoniston va Makedoniya hokimi Antipatr yunon qo‘shinlarini tor-mor qilib, bu yerga makedon garnizonlarini joylashtirdi. Mil.avv. 321-yilda Misrda o‘rnashib olgan Ptolemey Perdikkaning regentligini tan olmadi. Antigon, Ptolemey va Antipatrga Perdikka juda qudratli ko‘rindi. Perdikkaga qarshi fitna uyushtirdilar. Perdikka Misrga qo‘shin tortdi, yurish paytida Perdikka Memfis yaqinidagi qarorgohda g‘animlari yuborgan qotillar – o‘z suvoriylari tomonidan o‘ldirildi. Shundan so‘ng davlat regenti qilib Yunoniston va Makedoniyaning hokimi keksa Antipatr saylandi. Uning buyrug‘i bilan podsho oilasi Makedoniyaga ko‘chirildi. Antipatr topshirig‘i bilan mil.avv. 321-yilda satrapliklar qisman qayta taqsimlandi. Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi Salavk Bobilni o‘z qo‘liga oldi. Shundan ikki yil keyin mil.avv. 319-yilda Antipatr vafot etdi. U regentlikka voris qilib keksa va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni tayinlashga ulgurgan edi. Ammo yuzaga kelgan bu vaziyat Aleksandrning yaqinlari bo‘lgan yosh va g‘ayratli lashkarboshilarni qanoatlantirmadi.Diadoxlar o‘rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo va Mesopotamiya asosiy jang maydonlariga aylandi. Mil.avv. 306-yilda Antigonning o‘g‘li Dimetriy Poliorket («shaharlarni qamal qiluvchi») makedon garnizonlarini Yunonistondan haydab yubordi. Afina va Megarada erkinlik va demokratiya e’lon qilindi. Mil.avv. 306-yilda Antigon, keyinroq Ptolemey, Lisimax, Salavk va Kassandr o‘zlarini podsho deb e’lon qildilar. Yuzaga kelgan bu vaziyat diadoxlarni o‘z hududlarida o‘z podsholik hokimiyatlarini o‘rnatishga intilishlari uchun hech qanday rasmiy to‘siq qolmaganini bildirar edi.Antigon bilan Plolemey o‘rtasida Yunonistonda urush boshlandi. Antigonning o‘g‘li Dimitriy Kipr yonidagi dengiz jangida Ptolemey flotini batamom yanchib tashladi. Shundan so‘ng Antigon barchaga xat yozib, o‘zini podsho deb atashlarini talab qildi. Dimitriy Afinadan Kassandrning makedon qo‘shinlarini haydab chiqardi. Qachonlardir Filipp va Aleksandrdek u ham yunonlarni Korinfga to‘plab, ularni o‘zini Makedoniyaga qarshi yo‘lboshchi deb e’lon qilishga majbur qildi. Ptolemey, Salavk va Lisimax 80 yoshli Antigon va uning o‘g‘li Dimitriyga qarshi ittifoq tuzdilar, ittifoqchilar bilan birga Salavk 100 jang aravasi va 480 ta jangovar fillar bilan Frigiyadagi Ips yonida (mil.avv. 301-yil) Antigon va Dimitriyga qarshi jang qildilar. Jangda Aleksandrning eng qudratli vorislaridan biri Osiyo hukmdori 80 yoshli Antigon o‘ldirildi. Uning o‘g‘li Dimitriy qolgan-qutgan askarlari bilan qochishga ulgurdi. Lisimax butun Kichik Osiyoni egalladi, Salavk Tavr tog‘laridan Hindistongacha bo‘lgan yerlarni Suriya va Finikiya bilan birga egalladi. Mil.avv. 301-yilda Antigon, 297-yilda Kassandr, 284-yilda Dimitriy Poliorket, 281-yilda Lisimax, 283-yilda Ptolemey Lag va 281-yilda Salavk vafot etdi. Aleksandrning safdoshlari va bevosita merosxo‘rlaridan so‘nggi diadox bo‘lgan Salavkning halokati bilan diadoxlar davri tugadi. Ularning o‘rniga Ellin podsholari (Epigonlar) avlodi keldi.Aleksandr vafotidan so‘ng uning eng yaqinlari diadoxlar o‘rtasidagi 40 yillik urush natijasida Aleksandr davlati xarobalarida 3 asosiy va eng yirik podsholiklar: Makedoniya (unga bo‘ysundirilgan Yunoniston), Misr (Suriyaning janubiy qismi va Kichik Osiyoning ba’zi viloyatlari) va Salavkiylar davlati (Osiyo mulklarining asosiy qismi) tashkil topdi. Ulardan tashqari, ellin davrida bir qancha katta-kichik davlat birlashmalari: Pergam vujudga keldi.Yaqin va Oʻrta Sharkdagi yirik davlat (mil. av. 312—64). Aleksandr tuzgan saltanat tanazzulga uchragach paydo boʻlgan. Asoschisi Salavk I. Poytaxtlari — Dajla daryosi boʻyidagi Salavkiya (300-y. gacha), 300-y. dan — Oront daryosi boʻyidagi Antioxiya boʻlgan. Davlatning nomi hukmronlik qilgan sulola nomidan olingan. Baʼzan, asosiy hududining nomi bilan Suriya podsholigi deb ham yuritilgan.


Download 191,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish