2.3. Kasallik tarqatuvchi va noyob turlari
6.O’zb. R va Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan sut emizuvchilar
|
Odamlarning hisobicha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sut emizuvchi hayvonlar yer yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yana y qolib ketish xavfi b lmasiigi uchun 1966-yilda jamoatchilikning tashabbusi bilan Xalqaro "Qizilkitob" tashkil qilingan. Keyinchalik (1983-yilda) esa O’zbekiston "Qizil kitobi" chop etildi. O’zbekistonning yangi "Qizil kitobi" 2003-yilda chop etilgan bo’lib, unga sut emizuvchilarning 23 ta turi kiritilgan. Ular ichida ko’k sug'ur, tyanshon qo’ng'ir ayig'i, O’rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, qor qoploni, Buxoro bug'usi, jayron, morxo’r, yovoyi qo’ylar diqqatga sazovordir. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya qilishning eng samarali tadbirlariga q riqxonalar va buyurtmaxonalar barpo qilish kiradi. Hozirgi vaqtda zbekistonda 6 ta tog'(Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), 3 ta cho’l —to’qay Qizilqum, Boday—To’qay, Zarafshon q riqxonalari va 2 ta milliy bog‘ (Zomin, Ugom —Chotqol) faoliyat yurgizmoqda. O’zbekistonga Amerika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.
Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 - tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi qizil kitobga kiritildi.
«Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) O`zbekiston faunasida sut emizuvchilar-108,
Yangi «Qizil kitob» (2009) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 24 turi. Bu yerda Osiyo hayvonlarining ko’pgina vakillari uchraydi. Ularning ichida: bo’ri, tikquloq tipratikon, tulki, qursoq, quyon, jayron, sayg’oq, yovvoyi cho’chqa, morxo’r, tog’ qo’yi, bo’rsiq, toshli tulki, ayiq, qoplon, gornostay, Sibir tog’ echkisi, Hind kalamushi, chiyabo’ri, Buxoro bug’usi, yumronqoziq, tovushqon, to’qay mushugi, yo’lbars kiritilgan.
35-rasm qizil kitobga kiritilgan hayvonlar
1.Sut emizuvchilar umurtqali hayvonlarning eng takomillashgan sinfidir. Umurtqali hayvonlarning boshqa sinflariga solishtirsak, sut emizuvchilarning nisbatan yuqori darajada rivojlanganini ko’rishimiz mumkin. Ularning turli muhit sharoitida yashashga moslashishi, xilma- xil tuzilishga ega ekanligi, kelib chiqishining uzoq davrlarga taqalishi shular jumlasidandir.
2.Sut emizuvchilar tuzilishiga e’tibor bersak, bir qancha o’ziga xos xususiyatlarni ko’rishimiz mumkin. Tanasining jun bilan qoplangani tashqi muhit noqulayliklaridan ximoya qiladi, sezgi organlarining kuchli rivojlanganligi ularga ov qilishda, xavfni sezishda,yaqinlarini tanishda asosiy omil hisoblanadi. Skeleti tuzilishi jihatidan ham faol harakatlanishga moslashgan, tishlarining tuzilishi kuchli ixtisoslashganligi oziqlanish turi bilan bog’liq. Yuksak darajada rivojlanganligi yer yuzida shiddat bilan tarqalishiga imkon berdi.
3.Sut emizuvchilar sinfi evolyutsion nuqtai nazaridan ancha avval paydo bo’lgan bo’lib, ularning bu darajada xilma-xil ko’rinishga ega ekanligi bundan dalolat beradi. Bu esa ularning rivojlanish bosqichida har xil sharoitga moslashishidan yuzaga keladi. Xususan morfologik nuqtai nazardan qaraganda, bu yurakning 4 kameraga bo’linishi, arterial va venoz qonning qo’shilishiga imkon bermaydigan o’ng aorta yoyi paydo bo’lishi, oziqni yutish vaqtida ham nafas olishga imkon beruvchi ikkilamchi tanglay hosil bo’lishi, termoregulyatsiya katta rol o’ynaydigan teri qoplamining murakkablashuvi va ikkilamchi miya gumbazi hosil bo’lishida ko’rinadi.
|
4.Umuman olganda inson hayotini sut emizuvchilarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Qadimdan insoniyat sut emizuvchilardan turli ehtiyojlari uchun foydalangan. Bir qancha turlarini xonakilashtirib, xo’jalik ishlarida foydalanib kelinmoqda. Sut emizuvchilar asosan sut, go’sht-yog’, mo’yna-teri, ishchi kuchi sifatida va boshqa maqsadlarda inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Shu o’rinda ularni ko’paytirish, yangi zot yaratish va mahsuldorligini oshirish, kamyob turlarni muhofaza qilish, zararkunanda sut emizuvchilar sonini cheklash va shu kabi ishlar orqali ulardan oqilona foydalanish mumkin.
|
Xulosa
Umuman olganda, Ko’pchilik sutemizuvchilar u yoki bu tarzda insonga, tabiatga katta foyda keltiradi. MDH da 350 tur sut emizuvchilardan 150 turi ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi o’rinda turadi. Eng Ko’p ovlanadigan sut emizuvchilarga kemiruvchilar (35 tur), yirtqichlar(41 tur), juft tuyoqlilar (20 tur), kurakoyoqlilar (13 tur), tovushqonlar (5 — 8 tur) va hasharotx rlar (5 tur) turkumlarining vakillari kiradi.
Eng qimmatbaho mo’yna olish uchun tiyin, tulki, "oq tulki (peses),quyon, sassiqq zon, ko’k suvsar, latcha, sobol, norka, qunduz, bobr,sug'ur, ondarta, yenotsimon it, suvchayqar yenotlar ovlanadi va bu hayvonar mo’ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi. MDH da mo’ynachalikdan tashqari tuyoqli sut emizuvchilarni tutish yaxshi rivojlangan. Go’sht, teri va dorivor mahsulotlar olish uchun haryili 500 — 600 ming bosh atrofida tuyoqli sut emizuvchilar ovlanadi. Masalan, los, t ng'iz, elik, maral, shimol bug'usi va sayg'oqlar shular jumlasiga kiradi. Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sut emizuvchilar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Maxsus m ynachilik fermalarida sobol, norka, oq tulki, nutriya va shinshillalar m yna uchun k paytiriladi.Qoramollardan zbekistonda qora —ola, qizil dasht, bushuyev, simmental, shvis, Qozog'iston oqboshi, santa—gertruda, shortgom zotlari boqiladi. Bundan tashqari, Kostroma sutli va g shtli zotlari, Yaroslavl tUtli zoti, Xolmogor sutli zoti, Olatov sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziq — ovqat manbai sifatida inson tomonidan keng loylaniladi. Inson hayot faoliyatida sut emizuvchilarning ayrim turlari (ol, eshak, ho’kiz, it, fil) ish hayvonlari,sport va qo’riqchi hayvonlar sifatida katta ahamiyatga ega.
Bizning mamlakatimizda zararli sut emizuvchilar qatoriga asosan kalamushlar, sichqonlar va yumronqoziqlar kiradi. Kalamushlar uy vaomborlarda iste!mol qilinadigan ozuqa mahsulotlarini yeb q yishdah tashqari, parrandachilik va ch chqachiMkfennalaridatuxum, jo’ja, tovuq va cho’chqa bolalarini qirib, xo’jaliklarga katta zarar keltiradi.Janubiy tumanlarda kalamush va uy sichqonlari yoz paytlari qishloq Xo’jalik ekinlariga katta zarar keltiradi. Oddiy dala sichqoni, jamoatchi dala sichqoni, rmon sichqoni, yumronqoziqlar, ayniqsa g'alla ekinlariga zarar yetkazadi.Bunday kemiruchilarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik, mexanik va kimyoviy kurash usullaridan foydalaniladi. Sut emizuvchilarda uchraydigan k pgina yuqumli kasalliklar odam uchun ham xavflidir. Bunday kasalliklar tabiiy manbali kasalliklar deb ataladi va bularga lat (chuma), tulyaremiya, kana ensefahti, mavsumiy leyshmaniya va boshqalar kiradi.Sug'urlar, yumronqoziqlar, qumsichqonlar va kalamushlar eng xavfh bo’lgan lat kasalligini tarqatuvchilar hisoblanadi. KasallikniQo’zg'atuvchi bakteriyalar hayvonlardan odamga bevosita tashuvchilar orqali tadi. Tulyaremiya odamga qon s ruvchi hasharotlar (pashsha,burga, bit) va kanalar orqali o’tadi. Mikrob tashuvchisi asosan sichqonlardir. Nerv sistemasini ishdan chiqaradigan eng og'ir xavfli ensefalit kasalhgini q zg'atuvchisi viruslar hisoblanadi. Virus tashuvchisi esa kemiruvchilar va hasharotx rlardir. Virus odamga kanalar va chivinlar orqali o’tadi.
|
34-rasm. Foydali va zararli sut emizuvchilar
|
Sut emizuvchilarning keng grografik va biotropik tarqalishi ularning bilogik protsessini ko’rsatadi. Ularning turli hayot sharoitida yashashi, yana ham ko’rsatkichlidir. Faqat shu sinfda yerda hayot kechiruvchi turlar bilan bir qatorda havoda aktiv uchuvchi, hech quruqlikka chiqmaydigan, haqiqiy suv hayvonlari, butun hayotin tuproq ostida o’tkazadigan turlari ham mavjud.
Namlikning sut emizuvchilar tarqalishiga ta’siri kam. Faqat ayrim junsiz yoki kam junli turlargina qurg’oqchilikdan zarar ko’radi. Faqat nam, tropik zonalarda yashovchi suv ayg’irlari va buyvollar bunga misol bo’ladi. Nam yog’inning bilvosita ta’siri katta. Krotning Rossiya Yevropa qismidagi tarqalish chegarasi yiliga 40 sm dan kam yog’in bo’ladigan zonaga to’g’ri keladi. Bu holatda yerdagi oziq krotga yetishmaydi.
Aksariyat sut emizuvchilar tuproq va orografik sharoitga nihoyatda talabchandir. Masalan, qo’shoyoqlarning ayrim turlari faqat sochiluvchi qumlarda yashaydi. Shunga o’xshash sharoit ingichka barmoqli yumronqoziqlar uchun kam kerak. Katta qo’shoyoq esa faqat zich tuproqli yerda yashaydi. Krotlar, ko’rsichqonlar qattiq yerda yo’l qazishi qiyin bo’lganligi uchun bunday joylarda uchramaydi. Qo’ylar keng yaylov va ochiq joylari bo’lgan xilma-xil landshaftli joylarni egallaydi. Qiya tog’ landshaftli joylarda yashaydigan echkilar relyefga nihoyatda talabchan. To’ng’izlar uchun yumshoq, nam, sero’simlik joylar ancha qulay. Otlar, antilopalar, tuyalar uchun kengliklar qulay.
|
5. Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson tuhfalarini ko’r- ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-talonj qilishga hech kimning haqqi yo’q.
Tabiat haqida qayğurish- insoniyat o’zi haqida qayğurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun etkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi.Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi- bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi-sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
6. Odamlarning hisobicha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sut emizuvchi hayvonlar yer yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yana y qolib ketish xavfi b lmasiigi uchun 1966-yilda jamoatchilikning tashabbusi bilan Xalqaro "Qizilkitob" tashkil qilingan. Keyinchalik (1983-yilda) esa O’zbekiston "Qizil kitobi" chop etildi. O’zbekistonning yangi "Qizil kitobi" 2003-yilda chop etilgan bo’lib, unga sut emizuvchilarning 23 ta turi kiritilgan. Ular ichida ko’k sug'ur, tyanshon qo’ng'ir ayig'i, O’rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, qor qoploni, Buxoro bug'usi, jayron, morxo’r, yovoyi qo’ylar diqqatga sazovordir. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya qilishning eng samarali tadbirlariga q riqxonalar va buyurtmaxonalar barpo qilish kiradi. Hozirgi vaqtda zbekistonda 6 ta tog'(Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), 3 ta cho’l —to’qay Qizilqum, Boday—To’qay, Zarafshon q riqxonalari va 2 ta milliy bog‘ (Zomin, Ugom —Chotqol) faoliyat yurgizmoqda. O’zbekistonga Amerika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.
«Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) O`zbekiston faunasida sut emizuvchilar-108,
Yangi «Qizil kitob» (2009) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 24 turi. Bu yerda Osiyo hayvonlarining ko’pgina vakillari uchraydi. Ularning ichida: bo’ri, tikquloq tipratikon, tulki, qursoq, quyon, jayron, sayg’oq, yovvoyi cho’chqa, morxo’r, tog’ qo’yi, bo’rsiq, toshli tulki, ayiq, qoplon, gornostay, Sibir tog’ echkisi, Hind kalamushi, chiyabo’ri, Buxoro bug’usi, yumronqoziq, tovushqon, to’qay mushugi, yo’lbars kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |