I-Bob: Adabiyotlar sharhi
O`simliklarni tasnifot (klassiffikatsiya) qilish soxasidagi urinishlar kishilik jamiyatining ilk davridan boshlandi. Dastlab, kishilar o`simlik turlarini foydali belgilariga qarab har hil guruxlarga- oziq-ovqat bo`ladigan, dorivor va bo`yoq uchun ishlatiladigan hamda zaxarlilarga bo`lgan. O`simliklar tasnifotiga doir yozma holdagi dastlabki ma`lumotlar qadimgi Gretsiyada, Rimda yashagan tabiatshunos olimlarning asarlarida uchraydi.
Mashxur grek filosofi va tabiatshunos olimi Aristotel’ (eram. Avval 384-322 y) o`simliklarni o`rganish bilan ham shug’ullangan. Keyinchalik uning shogirdi Teofrast (eram.avv. 371-286y) o`z ustozi ishini davom ettirdi. U o`simliklar haqidagi ma`lumotlarni to`plab, ularni o`rganib, o`zining 10-tomli «O`simliklarning tabiiy tarixi» degan kitobida 450 ga yakin o`simlik turlarini tasvirlagan. Ularni daraxt, buta, chala buta va o`t o`smliklarga bo`ladi. O`t o`simliklarni esa yana bir, ikki va ko`p yillik o`simliklarga ajratadi. Teofrast o`z sistemasida ekologiya printsipini asos qilib oldi.
Rim olimlaridan Pliniy Starshiy (eram.avv. 24-79 y) o`zining «Tabiat tarixi» degan 9 tomli asarining 6 tomini o`simliklarga bag’ishladi. U taxminan 1000ga yakin o`simlik haqida ma`lumot berdi.
O`rta asrda yashagan va jaxon faniga juda katta xissa qo`shgan buYuk mutaffakkir va mashxur olim Abu-Ali Ibn Sinoning (989-1037) dastlab 1020 yilda nashr etilgan, Alkonun fit tib, ya`ni «Meditsina qonunlari» nomli asari fanning rivojlanishiga katta xissa qo`shdi. CHunki bu asarda dorivor o`simliklar tug’risida xam fikr Yuritilgan.
2. XVI-XVII asrlarga kelib tasviriy botanikaning rivojlangan davri bo`ldi. CHunki shu davrdagi botaniklar asosiy diqqatini o`simliklarni tasvirlashga qaratdilar. O`simliklarga oid juda ko`p materiallar tuplandi. Agarda Teofrast yashagan davrda o`simliklarning 450 turi ma`lum bo`lgan bo`lsa. 17-asrga kelib ularning soni 6 mingga etdi. Bu tuplangan ma`lumotlarni aniqlab ma`lum bir tizimga solish ishlari boshlandi. O`simliklar tizimlarini yaratish ustida qilingan ilk urinishlardan eng ko`zga ko`ringani (1583) Ital’yan botanigi Andreo TSezal’pin (1519-1603) tizimidir. U o`zining «O`simliklar haqida 16 kitob» nomli asarida 1500 tur o`simlikni tasvirlaydi.
A. TSezal’pin o`z tizimida o`simliklar olamini avvalo ikki bo`limga:
I. Daraxt va butalar. II.CHala butalar va o`tlarga ajratdi. Ularni o`z navbatida 15 ta ajdodga bo`ldi. Ajdodlarga bo`lganda mevaning tuzilishiga, meva uyalariga, uruglar soniga, gulning tuzilishiga, tugunchaning ostki va ustki bo`lishiga ham e`tibor berdi. A.TSezal’pin ajratgan ba`zi bir ajdodlar hozirgi zamonda mavjud bo`lgan tabiiy guruxlarga tug’ri kelsa. M: X-ajdod g’avzobondoshlar va labguldoshlar. Ayrimlari esa keskin farq qiladi. M: VII- ajdodga atirguldoshlar, ruyandoshlar va ituzumdoshlar oilasi kiritilgan. Bu uning sistemasi sun`iy sistema ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo`lsa ham sistematikaning tarixiy rivojlanish taraqqiyotida muhim axamiyatga ega bo`ldi.
Ingliz botaniklaridan Jon Rey (1623-1705) «O`simliklar tarixi» nomli asarida (1686y) birinchi marta o`simliklar dunyosini sporali va gulli o`simliklarga bo`lib, gulli
Do'stlaringiz bilan baham: |