II-Bob: ASOSIY QISM. 2.1 Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif
Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi.
Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, k rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojiangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig'ida uchta uzangi, sandon va bolg'acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stlog'ida juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug'adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi, Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag'ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g'on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug'u, t ng'iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg'u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qisrnida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan.
2.2. Sutemizuvchilarninng ovlanadigan vakillari
Albatta ko'plab tur sutemizuvchilar -
u yoki bu tarzda insonga va tabiatga katta foyda keltiradi. M D H da 350 tur sutemizuvchilardan 150 turi ovlanadi va bu jihatdan dunyoda birinchi o ‘rinda turadi. Eng ko‘p ovlanadigan sutemizuvchilarga kemiruvchilar (35 tur), yirtqichlar (41 tur), jufttuyoklilar (20 tur), kurakoyoqlilar (13 tur), tovushqonsimonlar (58 tur) va hasharotxo‘rlar (5 tur) turkum larining vakillari kiradi. Olmaxon, tulki, oq tulki (pesets), quyon, sassiqqo‘zan, suvsar, latcha, sobol, norka, qunduz, bobyor, sug‘ur, ondatra, yenotsimon it va suvchayqar yenotlar qim matbaho m o‘ynasi uchun ovlanadi, bu hayvonlar m o‘ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi. M D H d a m o ‘ynachiliqdan tashqari tuyoqli sutemizuvchilarni ovlash ham yaxshi yo‘lga qo'yilgan. G o ‘sht, teri va har xil dorivor mahsulotlar olish uchun har yili 600 ming bosh atrofida tuyoqli sutemizuvchilar ovlanadi. Masalan: los, to ‘ng‘iz, yelik, maral, shimol bug‘usi va sayg‘oqlar shular jumlasiga kiradi.Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar. Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Maxsus m o‘ynachilik fermalarida sobol, norka, oq tulki, tulki, nutriya va shinshillalar m o‘ynasi uchun ko‘paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |