O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi


Metallarni ikkilamchi kristallanishi



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/114
Sana09.07.2022
Hajmi3,88 Mb.
#761469
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

2.Metallarni ikkilamchi kristallanishi 
Suyuq holatdan qattiq (kristall) holatga o‘tish kristallanish deb ataladi. 
Kristallanish protsessi temperaturaga bog‘liq bo‘lib, ma’lum vaqt ichida sodir 
bo‘ladi. Shuning uchun sovish egri chiziqlari temperatura-vaqt koordinatalarida 
quriladi (3-rasm) Metallning o‘ta sovimasdan nazariy, ya’ni ideal kristallanishi 
protsessi TS ga erishilgach, temperatura pasayishi to‘xtaydi. Bu kristall 
panjaralarning shakllanishida atomlarning qayta gruppalanishi issiqlik ajralib 
chiqishi hisobiga sodir bo‘lishi (kristallanishning yashirin issiqligi ajralib chiqadi) 
bilan tushuntiriladi. Har bir toza metall (qotishma emas) qat’iy o‘zgarmas ma’lum 
temperaturasi yana pasayadi.
Amalda kristallanish pastroq temperaturada, ya’ni metallning T, Tn1, Tn2 
temperaturalargacha o‘ta sovishda sodir bo‘ladi (masalan. 1,2 egri chiziqlar). O‘ta 
sovish darajasi (∆T= TS-Tn) metallning tabiati va tozaligi hamda sovish tezligiga 
bog‘liq. Suyuq metall qancha toza bo‘lsa, u o‘ta sovishga shuncha moyildir. Sovish 
tezligi ortishi bilan o‘ta sovish darajasi ko‘tariladi, metall zarrachalari esa mayda 
bo‘lib qoladi, bu esa uning sifatini yaxshilaydi. Ishlab chiqarish sharoitida 
kristallanishning o‘ta sovish darajasi ko‘pgina metallar uchun 10 dan 300 S gacha 
yetadi. Sovish tezligi katta bo‘lganda u yuz gradusgacha yetishi mumkin. 
Kristallanish protsessi ikki bosqichdan iborat: kristallarning paydo bo‘lishi 
(kristallanish murtagi yoki markazlari paydo bo‘ladi) va bu markazlardan 
kristallarning o‘sib chiqishi. Qotishmaning o‘ta sovish darajasi Tn dan past 
bo‘lganida suyuq metallning ko‘p uchastkalarida o‘sishga moyil bo‘lgan kristall 
murtaklari hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kristallar avvaliga erkin o‘sadi va u yoki bu 
darajada to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘ladi. Keyin o‘sayotgan kristallar bir-biri 
uchrashganda ularning to‘g‘ri shakli bo‘ziladi, chunki uchastkalarda yoqlarning 
o‘sishi to‘xtaydi. Subq metall erkin kirishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlaridagina 


36 
kristall o‘sishi mumkin. Natijada avvalgi to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lgan 
kristallar qotgandan so‘ng ngoto‘g‘ri shaklni oladi. Ular kristallitlar yoki zarralar 
deb ataladi.
Kristallanish paytida hosil bo‘ladigan zarradarning o‘lchami faqat o‘z-
o‘zidan paydo bo‘ladigan kristallanish markazlari soniga bog‘liq bo‘libgina 
qolmay, suyuq metallda doim mavjud bo‘ladigan erimagan aralashmalar miqdoriga 
ham bog‘liq bo‘ladi. Bunday erimagan aralashmalar kristallanishning tayyor 
markazlari bo‘lib hisoblanadi. Ularga oksidlar (masalan, Al2 O3) , nitridlar, 
sulfidlar va boshqa birikmalar kiradi. Ushbu metallda yoki qotishmada asosiy 
metall atomlarining o‘lchamlariga teng bo‘lgan qattiq zarrachalarnigina 
kristallanish markazlari bo‘la oladi. Bunday qattiq zarrachalarning kristall 
panjarasi tuzilishi va parametrlariga ko‘ra kristallanayotgan metall panjarasiga 
yaqin bo‘lishi kerak. Bunday zarrachalar qancha ko‘p bo‘lsa, kristallanayotgan 
metall zarralari shuncha mayda bo‘ladi.
Kristallanish markazlari hosil bo‘lishiga sovish tezligi ham ta’sir etadi. 
Sovish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, kristallanish markazlari shuncha ko‘p paydo 
bo‘ladi va demak, metall zarralar ham paydo bo‘ladi.
Mayda zarralar oli uchun sun’iy kristallanish markazlari hosil qilinadi. 
Buning uchun suyultirilgan metallga (eritmaga) modifikatorlar deb ataladigan 
maxsus moddalar kiritiladi. Masalan, magniyli qotishmalarni modifikatsiya 
qilinganda uning zarralari 0,2-0,3 dan 0,01-0,02 mm gacha, ya’ni 15-20 marta 
kichiklashadi. Qumalarni modifikatsiya qilish uchun qotishmaga qiyin eriydigan 
birikmalar (karbidlar, oksidlar) hosil qiluvchi qo‘shimchalar kiritiladi. Masalan, 
po‘latni modifikatsiya qilishda alyuminiy, titan, vanadiy, alyuminiyli qotishmalarni 
modifikatsiya qilganda esa marganets, titan, vanadiydan foydalaniladi.
Ba’zan modifikatorlar sifatida sirtqi aktiv moddalar ham ishlatiladi. Ular 
suyuq metallda eriydi. Bu qatlam kristallning yanada o‘sishiga to‘sqinlik qilib, 
metallning tuzilishini mayda zarrali qiladi.


37 
Metall quymaning tuzilishi. O‘suvchi kristallarning shakli ularning bir-biriga 
tegish shartlari bilangina emas, balki qotishmaning tarkibi, qo‘shilmalar borligi va 
sovish rejimi bilan ham belgilanadi. Odatda, kristallar hosil bo‘lishi mexanizmi 
dendrit (daraxtsimon) xarakterga ega.
Dendrit 
kristallanish 
zarralarning 
notekis 
tezlikda 
o‘sishi 
bilan 
xarakterlanadi. Zarralar hosil bo‘lgach, ularning rivojlanish atomlar joylashishining 
zichligi katta va ular orasidagi masofa kichik bo‘lgan tekislik hamda panjara 
yo‘nalishlarida sodir bo‘ladi. Bu yo‘nalishlarda bo‘lg‘usi kristallning birinchi 
tartibli o‘qlari (1) deb ataluvchi uzun shoxchalar paydo bo‘ladi. (5-rasm) 
Keyinchalik birinchi tartibli o‘qlardan yangi ikkinchi tartibli o‘qlar (2), ikkinchi 
tartibli o‘qlardan esa uchinchi tartibli o‘qlar (3) o‘sib chiqadi va h.k. kristallana 
borish davomida yuqori tartibli o‘qlar hosil bo‘lib, ular asta-sekin suyuq metall 
egallab turgan oraliqlarni to‘ldira boradi.
Po‘lat quyma olishning real protsessini qo‘rib chiqamiz. Po‘lat quymalar 
metall qoliplarla (izlojnitsalarda) yoki uzluksiz po‘lat quyish qurilmalarida sovitish 
yo‘li bilan olinadi. Issiqlikning bir xil tezlikda chiqishini ta’minlash mumkin 
bo‘lmaganligi uchun qolipda po‘lat butun hajm bo‘yicha bir vaqtda qota olmaydi. 
Shuning uchun po‘lat qolipning sovuq devori va tubida kristallana boshlaydi, 
so‘ngra suyuq metallning ichi tomon yoyiladi.
Suyuq metall qolip devorlari 1 ga tekkanda dastlabki paytda o‘qlari teng bo‘lgan 
mayda kristallar zonasi 2 hosil bo‘ladi. (6-rasm) 
Qattiq metall hajmi suyuq metall hajmidan kichik bo‘lganligidan qolip 
devori bilan qotgan metall orasida havo qatlami hosil bo‘ladi hamda metall 
devoriga tegishi natijasida devor qiziydi, shuning uchun metallning sovish tezligi 
kamayadi va kristallar issiqlik chiqayotgan ustunsimon kristallardan tashkil topgan 
zona 3 hosil bo‘ladi. Quymaning ichki zonasi 4 da sekin sovish oqibatida teng o‘qli 
oriyentirlanmagan katta o‘lchamli kristallar hosil bo‘ladi.


38 
Quymaning eng oxirida soviydigan yuqori qismida sovish jarayonida metall 
hajmining kichrayishi oqibatida cho‘kish chuqurchasi 6 paydo bo‘ladi. CHo‘kish 
chuqurchasi ostidagi zona 5 da metall cho‘kish g‘ovaklari ko‘p bo‘lganligidan 
quymada zichligi past bo‘lgan qismi olib tashlanadi. Olib tashlangan qismi qayta 
eritishda foydalaniladi.
Quyma bir jinsli bo‘lmagan ximiyaviy tarkibga ega bo‘lib, u qancha katta 
bo‘lsa, quyma shuncha yirik bo‘ladi. Masalan, po‘lat quymada oltingugurt va 
fosfor konsentratsiyasi quyma sirtidan markazga tomon va pastdan yuqori tomon 
ko‘payib boradi. Quymaning ayrim zonalar bo‘yicha ximiyaviy bir jinslimasligi 
zonallikvatsiya deb ataladi. U metallning mexanik xossalariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish