1.3. ELEKTRON CHIQINDILARNING TABIATGA ZARARLI TA’SIRI
Fan-texnikaning rivoji ekologiyaga jiddiy zarar yetkazayotgan chiqindining yangi turi — elek¬tron chiqindilarni yuzaga keltirdi. Shveytsariyada 1998 yilda elektron chiqindilarni oddiy axlatxonaga tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi.
Uyali aloqa telefonlari, kompyuterlar, printerlar, fotoapparatlarning yangi rusumlari chiqqani sari eskilari chiqitga chiqaveradi. Birgina Xitoyda har yili 500 000 tonna muzlatkich, 1,3 million tonna televizor va 300 000 tonna kompyuter yaroqsizga chiqadi.
AQShning 80 foiz va Yevropa Ittifoqining 75 foiz elektron chiqindilari rivojlanayotgan mamlakatlarga keltirilib, qayta sotiladi. Ulardagi toksik moddalar umumiy chiqindixonalarga tashlanishi natijasida tuproq va suvga aralashib, ko‘pgina tirik organizmlar, jumladan, inson tanasiga ham kirib, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Yer yuzida 48,9 million tonna elektron chiqindi chiqarilgan.
Elektron chiqindilar tarkibida xavfli birikmalar mavjud. Kompyuter monitorlari va televizorlarning har birida 4 kilogrammcha qo‘rg‘oshin mavjud. Shuningdek, ularda 70 foizgacha simob va kadmiydan iborat og‘ir metallar bor. Qo‘rg‘oshin insonning asab tizimi va buyraklariga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, kadmiy o‘pkani ishdan chiqaradi. Suyuq kris¬talli monitorlar tarkibida simob bo‘lgan panellar bilan qoplangan. Bundan tash¬qari, ulardagi xrom, litiy va uglevodorod atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi.
Ayni paytda yurtimizda ham qog‘oz, metall, plastikni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda. 2002 yilda respublikamizda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinib, uning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘¬lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanishni ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek, qo¬nun¬da chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari etib O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekis¬ton Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘z¬kom¬mun¬xiz¬mat” agentligi belgilangan edi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish masalalaridagi ayrim huqu¬qiy normalarni yanada takomillashtirish talab etiladi. Jumladan, chiqindilarni istifoda qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining vakolatlarini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini zararsizlantirish, ulardan qayta foydalanish, ushbu masalalarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay imkoniyatlarni yaratib berish, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishni ko‘zda tutuvchi normalarni joriy etish lozim. Shuningdek, amaldagi qonunga chiqitsiz texnologiyalar joriy etilishini, chiqindilar qayta ishlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan aniq normalar kiritilishi zarur.
Chiqindi muammosi yechimi ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotlarini sotuv nuqtalarida mahsulotlar qadoqlarini qaytarib olishni va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishi, chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar sonini ko‘paytirish, maishiy chiqindidan qishloq joylarda biogaz ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatish va bu borada tadbirkorlarga imtiyozlar berish, shuningdek, aholining bu boradagi ekologik madaniyatini oshirish, chiqindini saralash va ularni maqsadli qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishda ko‘rinadi. Birgina biogazning ishlab chiqarish miqdorini ko‘paytirish atrof-muhitni ifloslanishdan saqlaydi, joylarda aholining gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish muammosini hal etadi.
Aholining bu boradagi savodxonligini oshirish va madaniyatini shakllantirishda tashviqot ishlarini kuchaytirish bilan birgalikda joylarda ekologik jamoatchi ins¬pektorlar faoliyatini takomillashtirish zarur. Shuning¬dek, aholi gavjum joylarda axlat qutilarini ko‘paytirish, ko‘chaga chiqindi tashlagan fuqarolarga katta miqdorda jarima ko‘rinishida ma’muriy jazo qo‘llash ham shubhasiz, shahar va qishloqlarimiz tozaligini, soy va ariqlarda, kanallarda toza suv oqishini ta’minlaydi. Masalan, Ispaniyada mashina oynasidan axlat uloqtirish 200 yevro, sigaret qoldig‘ini yo‘lakka tashlash 90 yevro miqdorda jarimaga asos bo‘ladi. Germaniyada axloqsiz fuqarolarni “chiqindi izquvarlari” tutib oladi.Ko‘chalarda o‘rnatilgan videokameralarda qayd etilgan xatti-harakat maxsus qutiga tashlanmagan axlat uchun 100 yevrogacha jarima to‘lashga sabab bo‘ladi. Sigaret qoldig‘i, muzqaymoq yoki konfet qog‘ozi, ichimlik shishasini yerga tashlash 20 yevro, saqich, qoldiq ovqatlarni tashlash 35 yevro, eski mebel, elektron texnikani tashlaganlik uchun 150 dan 600 yevrogacha jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shvetsiyada yerga tashlangan qog‘oz uning egasiga 90 yevro, Singapurda esa 300 dan 1000 dollarga tushadi.
Hozirgi vaqtda Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat Qo`mitasi, shuningdek tabiatni muhofaza qilish viloyatlar Qo`mitalari huzurida ekologik ekspertiza xizmati tashkil qilingan bo`lib, u yangi quriladigan yoki rekonstruktsiya qilinadigan korxonalarning qurilish loyihalarini ekspertiza qiladi. Bunda asosiy e'tibor bo`lajak korxona chiqindilarning turlari va miqdoriga, ularni zararsizlantirish uskunalarining yetarli darajada loyihalashtirilganligiga va shuningdek korxona quriladigan joyning aholi sog`ligiga zarari bor-yo`qligiga qaratiladi. Ana shunday ekologik talablarga javob bermaydigan korxonaning qurilishga ruxsat berilmaydi.
Sanitariya-gigiyena normalarini ishlab chiqish
Atrof muhitning va uni ifloslovchi manbalarning monitoringi natijalariga ko`ra sog`likni saqlash organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalari ishlab chiqiladi va u yoki bu turdagi chiqindining ruxsat etiladigan miqdori (REM) belgilab beriladi.
Dastlabki REM 1939 yilda ichimlik suvining sifati bo`yicha tasdiqlangan, suv tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori belgilab berilgan edi.1972 yilda suvdagi zararli moddalarning REM i 420 xil modda buyicha belgilandi. Hozirgi vaqtda esa suvning qaysi maqsadlarda foydalanishiga ko`ra 1625 ta modda bo`yicha REM belgilangan.
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi bo`yicha 1991 yilda 479 ta REM belgilangan. Tuproqdagi zararli moddalarning REM miqdori 1980 yildan beri aniqlanib kelmoqda. Hozirgi davrda tuproqdagi REM 109 ta modda bo`yicha aniqlangan.
Aytilganlardan tashqari atrof muhitning monitoringi to`g`risidagi yetarli ma'lumotlarni to`plash asosida havo va suvga tashlanadigan zararli chiqindilarning chiqarilish miqdori bo`yicha ilmiy-texnik normativlar ham ishlab chiqilgan. Ana shu normativlarga ko`ra tabiatni muhofaza qilish qo`mitalari korxonalarga har yili atmosferaga chiqariladigan moddalar (bunday korxonalar 1500 ta) va suvga tashlanadigan oqavalar (bunday korxonalar 502 ta) bo`yicha maxsus ruxsatnomalar beradi.
Atrof muhit tabiatni nozirlik (inspektsiya) yo`li bilan muhofaza qilish
O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo`mitasi huzurida va uning barcha viloyatlar Qo`mitalari huzurida tabiatdan foydalanishning konunga muvofiqligini tekshirib boruvchi nazorat inspektsiyalari tuzilgan. Bu inspektsiyalar yer, suv, havo, o`simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishni joylarda tekshirib boradi va qonun buzilishi hollarida tegishli choralarni belgilaydi. Nazoratchi inspektorlarning lavozimi huquqlari «Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Qonuni» bilan mustahkamlangan bo`lib, ular o`z vakolatlari doirasida harakat qiladilar.
Atrof-muhit monitoringi
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini belgilashni ta’minlash maqsadida atrof-muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi.
Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek faoliyati atrof tabiiy muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek aytib o‘tilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘z kuzatuvlariga doir materiallarni tegishli davlat idoralariga bepul berishlari shart.
Atrof-muhitning monitoringini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash; mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash; atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilishtabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |