O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mog'ul qabilalari haqidagi tarixiy ma'lumotlar



Download 271,5 Kb.
bet2/6
Sana06.07.2022
Hajmi271,5 Kb.
#750846
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Chingizxon davlati tashkil topishi

1.1.Mog'ul qabilalari haqidagi tarixiy ma'lumotlar
Mo'g'ullar mavzusi yuzasidan bir qator tarixiy manbalar mavjud. Jumladan, ular orasida Xitoy solnomalaridan ―Yuani-shi ―Shen u sin chjen lu, Szyu ―Tan-shu, o'rta asr sharqi mualliflaridan Ibn al-Asir, an-Nasaviy, Juvayniy, Rashididdin, Abul Fido, Ibn Bibi asarlari muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, XIII asr I-yarmi voqeligining shaxsan guvohi bo'lmish tarixchi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviyning arab tilida yozilgan ―Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankburni‖ (―Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti‖) asari XIII asr birinchi yarmida ro'y bеrgan siyosiy jarayonlar, voqeliklarning batafsil ma'lumoti bilan alohida ajralib turadi. XX asr tarixshunosligida mo'g'ullar istilosi bilan bog'liq voqelik va jarayonlar g'arbda M.Persheron, R.Krausset, A.Makkenzi, D.Martin, J.Dyupon, X.Lamba, L.Gambis, P.Rachnеvskiy, J.A.Boyl, rus va sovet tarixchilaridan V.V.Bartolid, L.L.Viktorova, B.Ya.Vladimirsev, I.P.Petrushevskiy, N.S.Munkuev, Z.M.Bunyodov, Е.I.Kichanov va boshqalar tomonidan chop etilgan turli xarakterdagi adabiyotlarda o'z aksini topgan.Shu bilan bir vaqtda pokistonlik olim X.Xon, Iroq olimi al-Ubid, turkiyalk I.Kafes o'g'li, eronlik D.Siyoqiy, iordaniyalik E.A.Latif, hind olimi R.Mahapandita va boshqalar asarlarida mo'g'ul istilosining sharqdagi holati, Jaloliddin Manguberdining ozodlik kurashi ko'proq darajada aks etgan. Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning tashabbusi va sa'y-harakatlari natijasida nomi unut bo'lgan ko'plab buyuk tarixiy siymolarning nomlari qayta tiklanib, tarixiy adolat qaror topdi. Bu esa o'rta asr tarixini yanada chuqur o'rganishga imkoniyat yaratdi. Mustaqillik yillarida chop etilgan darslik va adabiyotlarda mazkur davr voqealigi to'liq o'z aksini topa boshladi. Jumladan, o'zbek olimlaridan B.Ahmеdov, A.Ahmedov, A.Muhammadjonov va boshqalar masalarning turli qirralarini yoritib berdilar. Mustaqillik yillarida an-Nasaviyning mashhur asari hamda tarixchi olim Z.M.Bunyodovning kitoblari o'zbеk tiliga o'girilib, keng kitobxonlar ommasiga havola etildi. 1998 yili Jaloliddin Manguberdining 800 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda esa mavzuni ko'plab o'rganilmagan qirralari ma'lum qilindi. Mo'g'ullar haqida ko'plab ma'lumotlar mavjud bo'lib, ular mеnu(menva) nomi ostida Xitoyning Tan sulolasi (618-908) solnomasida ilk bora tilga olinadi. Ta'kidlash joizki, mo'g'ul atamasi haligacha o'zining ilmiy isbotiga ega emas. Ular Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalarga yaqin va qondosh bo'lganliklari ehtimoldan xoli emas. Bu xususda olimlar turli fikrlarni bildiradilar. Mo'g'ul etnogenezi ham murakkab masala bo'lib, har holda elat sifatida ular XIII asrda yuzaga kelgan bo'lishi kerak. X-XI asrlarda esa asli Amur daryosi bo'ylarida yashagan 16 ta urug'-aymoqlarga bo'lingan tatan (tatar)larning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urug'idan alohida, moxe (mo'g'ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi. Bu qabila tezda kuchayib 1135-39 yillari Xitoyga qator yurishlarni amalga oshirishadi. Hatto Xitoy imperatorlari 1147 yili mo'g'ullar bilan ittifoq tuzishga ham majbur bo'lishadi. XII asr o'rtalariga kеlib Baykal ko'li atrofi, hozirgi Mo'g'uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko'pchiligi mo'g'ullar rahnamosi Еsugay bahodir ta'siriga o'ta boshlaydilar. Lekin, unga qarshi turgan tatar, markit qabilalarni bo'ysundirish osonlik bilan kechmaydi. Еsugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonatkorona o'ldirishgandan so'ng, uning o'g'li bo'lmish Temuchinning ta'siri mo'g'ullar ichida ko'tarila boshlaydi. Temuchin (1155-1227) (mo'g'ulcha, temir ustasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bo'lib, parokanda qabilalarni turli yo'llar bilan o'z qo'li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi.Mo'g'ullarni birlashtirish chog'ida Temuchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil etdi. Unga ko'ra mo'g'ul qabilalari mingliklarga bo'lingan bo'lib, u butun bir boshli harbiy okrug vazifasiga to'g'ri kеlar edi. Okruglar tepasiga sadoqatli kishilar qo'yilar edi. Temuchin juda intizomli, sadoqatli va o'ta jangovar harbiy tuzilmalarni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Ularni boshqarishni esa avvalo, o'z o'g'illari-Jo'chi, Chig'atoy, O'gedey, Tuli, nufuzli xotini Burte-fujen, safdoshlari Subutoy, Jebelarga topshirdi. O'z hokimiyatini to'liq mustahkamlab olgach Tеmuchin 1206 yili mo'g'ullarning umum qurultoyi (qurultoy halq hohishi - mo'g'ulcha)ni chaqiradi. Qurultoyda u oliy mo'g'ul hukmdori-xon deb tantanali e'lon qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy ―Chingizxon‖ dеgan faxriy nom beradi. Chingiz so'zi tarixchi Rashididdinning ѐzishicha, ―kuchli‖, ―buyuk‖ degan ma'noni anglatadi.Qurultoyda odat bo'yicha Chingizxon o'z tug'i-bayrog'ini ko'tardi, 10 ta lavozim joriy etib uni o'z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahrini markaziy poytaxt dеb belgiladi. O'z qo'li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bo'lib, ularga aniq vazifalarni bo'lib bеrdi. Ularga Boorgu, Muxali, Nayaa ma'sul bo'ldilar. U o'z qo'shinlarini ham isloh etdi. Butun Mo'g'uliston 95 ta harbiy-ma'muriy birlikka bo'lindi. Yangi mo'g'ul davlati-Еkе Mo'ng'ol ulus (buyuk mo'g'ul davlati) deb atala boshlandi. Qurultoydan avvalroq 1203 yildayoq hali bir tizimga ega bo'lmagan qonunlar to'plami vujudga kеlib, u o'z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihat)larni olgan edi. ―Yasoq― bizgacha to'liq yetib kelmagan bo'lib, u turli ko'rinishlarda, manbalarda qayd etiladi. ―Yasoq o'z ichiga quyidagilarni kiritgan: xalqaro, shaxsiy, savdo va sud huquqlari. Chingizxon tayin etgan davlat bosh hakami Shiki Xutuxuga ―Yasoq‖qa qarab ish tutishni qat'iy belgilab bergan edi. ―Yasoq qonunlari mo'g'ullarning qadimiy urf-odatlari, an'analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq ohangda, patriarxal harbiy tuzumni o'zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. ―Yasoq‖ qonunlarining asosiy yo'nalishlari quyidagicha bo'lgan:1. Hukmdor (xon) ―Yasoqqa qat'iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmagudek bo'lsa xonni umrbod qamash mumkin bo'ladi;2. Chingizxon mo'g'ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to'la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi;3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo'lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim.XI-XII asrlarda mo’g’ullar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xayotda qoloq xisoblanar edi. Ularda xali urug’-aymoqchilik munosabatlari kuchli bo’lib, asosan chorvachilik, ovchilik va o’zaro tovar ayirboshlash, savdo-sotiq bilan shug’ullanib kelishgan.



Download 271,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish