4. Jismoniy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash ko’nikmalari.
Tayanch harakat a’zolari faoliyati buzilgan bolalar psixologiyasi.
Har qanday inson o‘z oilasida sog‘lom farzandni, jismonan baquvvat, ruhan tetik, fikrlash qobiliyati sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, har tomonlama barkamol bo‘lishini Harakattayanch a’zolari jarohatlangan bolalarserebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat tayanch a’zolarining turli
tug‘ma va orttirilgan deformatsiyasi –artrogripoz, oyoq-qo‘llarning
majruhligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin,
boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoq-qo‘l suyaklario‘sishiningorqada qolishi, miopatiya – mushak to‘qimalarida
modda almashinuvi bilan bog‘lib bo‘lgan irsiy kasallikda mushaklar
yaxshi qisqarmaydi, kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira olmaydi
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchi-
ligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib bo‘lmagan miyaning kasalligidir. Onaning homiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish vaqtidagi patologik o‘zgarishlar, tug‘ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va
buziladi. Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi Nutqning rivojlanmasligi esa intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy funksiyalari nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning
qisqarishi natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi.
Aniq maqsadni ko‘zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson xattiharakati, hissiyirodaviy qobiliyati, bilish faoliyati, xulqining shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzilishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi. Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd qilingan:
spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemiplegiya,
paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Bolalar miya
falajining eng keng tarqalgan shakli spastik diplegiya. Bu shakldagi
kasallik qo‘l va oyoq harakatlarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bunda ayniqsa oyoq qo‘lga nisbatan ko‘proq jarohatlangan bo‘ladi. Qo‘l va oyoqlarning erkin harakatining chegaralanishi yoki butunlay harakatsizlanishi mushaklarning kuchsizlanishi bilan birga kechadi. Bola qo‘llarini tepaga ko‘tarishga qiynaladi yoki umuman ko‘tara olmaydi, oldinga, chetga uzata olmaydi, oyoqlarini bukolmaydi,yozolmaydi.
Har qanday harakat sodir bo‘lishi uchun mushak tonusi normal bo‘lishi shart Bolalar serebral falajida mushak tonusi juda baland bo‘ladi, natijada bola o‘ziga xos holatni qabul qiladi: tizzadan bukilgan oyoq barmoqlarga tiraladi, tirsaklar bukilib, qo‘llar tanaga yopishganday bo‘ladi; qo‘l barmoqlari bukilib, mushtlar hosil qiladi.
Shartsiz majburiy harakat giperkinezlar shartli harakatlarni bajarilishini keskin qiyinlashtiradi yoki mutlaqo bajara olmasligiga olib keladi. Muvozanat harakatning buzilishi o‘tirish, turish, yurishni qiyinlashtiradi yoki butunlay bajar olmaydigan holatga olib keladi. Kinesteziya tana yoki tana qismlari harakatinisezish demakdir. Kinesteziya maxsus sezuvchi to‘qimalar proprioretseptorlar orqali sodir bo‘ladi. Bu to‘qimalar mushak, pay, bo‘g‘imlarda joylashgan
bo‘ladi. Ular oliy asab sistemasiga tana, qo‘l, oyoqlarning holati haqida, mushaklarning qisqarishi haqida ma’lumot beradi. Spastik diplegiya shaklidagi miya falaji bilan kasallangan bolalar intellekti, fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ular umumta’lim maktablari dasturini a’lo baholar bilan o‘zlashtira olishlari mumkin. Biroq bunday bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari, qiyinchiliklari ular uchun maxsus yordamning tashkil etilishini talab etadi. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun O‘z be- kistonda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bog‘ cha va maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus maktab internatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ayrim bolalar umumta’lim ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda integratsiyalashgan inkluziv ta’limga jalb etilmoqda. Maxsus muassasalarda barcha ta’lim-tarbiya ishlari korreksionyo‘na lishda amalga oshiriladi.
Ko‘proq harakat funksiyalarini korrek siyalashga e’tibor beriladi.[5.76]
Harakattayanch a’zolari jarohatlangan bolalar bilan maxsus muassasalarda harakat funksiyasini korreksiyalash ishlari kompleks tarzda, ya’ni bolaga har tomonlama ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga tibbiy dori-darmonlar bilan davolash, fizioterapevtik, ortopedik, uqalashmassaj, davolovchigimnastika, jismoniy tarbiya, mehnatga o‘rgatish ishlari kiradi. Tibbiy dori-darmonlar bilan davolash ishlari mushak tonusini pasaytirish, giperkinez majburiy harakatlarni kamaytirish, asab sistemasidagi kompensator jarayonining faolligini kuchaytirishga yo‘naltiriladi.
Fizioterapevtik muolajalar mushak tonusini pasaytirishga, mushaklardagi qon aylanishini yaxshilashga qaratiladi. Ortopedik tadbirlar harakat-tayanch a’zolari, bo‘yin, gavda hara katini yaxshilash, kerak bo‘lsa ortopedik moslamalardan foyda lanishni, har bir bola shaxsiy ortopedik rejimga rioya
qilishga o‘rgatishga qaratiladi. Mushakdagi giperkinezlar bolaning nafaqat umumiy, balki nutqiy motorikasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutq apparatining kam harakatlanishi (til, lab, jag‘, un paychalari, kichik til harakati buziladi) nutqning fonetik tomondan buzilishiga, ya’ni tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarga olib keladi. Mushaklardagi giperkinezlar dizartriya yoki anartriya kabi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Diafragma, qovurg‘a orasidagi mushaklar giperkinezi nutqiy nafas olishni, un paychalarining tebranishi, nutq maromining buzilishiga olib keladi. Nisbatan ko‘proq
uchraydigan dizartriyaning psevdobulbar shaklida artikulatsion tonus baland bo‘ladi. Lab, til, kichik til, pastki jag‘, un paychalari harakatchanligi buziladi va natijada tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq sur’ati nuqsonlari kuzatiladi. So‘lak bezlari atrofidagi mushaklar qisqarmaganligi tufayli bola so‘lagi oqib turadi.
Bunday bola yaxshi chaynay olmaydi, yutolmaydi. Dizartrik bolaning nutqi noaniq, chuchmal, xirillagan, monoton bo‘ladi.
Dizartriya qanchalik barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korreksiyalash ham shunchalik oson bo‘ladi. Uzoq muddat ichida sabrtoqat bilan olib borilgan logopedik ishlar natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Nutq apparatining inervatsiyasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan kalla suyak asab tolalarining jarohatlari ko‘p hollarda ko‘z harakati asab tolalarining jarohatlanishi bilan birga kuzatilganko‘rinishda bo‘ladi. Natijada bola g‘ilay, ko‘zi olaygan, ko‘z harakati buzilga ko‘rinishda bo‘ladi. Bolalar o‘z ko‘z harakatlarini bir maromda bajara olmaydilar mo‘ljalga nigoh tashlay olmaydilar. Bunday kamchiliklar logo pedik ishni to‘g‘riolib borishga to‘sqinlik qiladi. Bola artikulatsion apparat a’zolari harakatini kuzata olmaydi, rasmga qarab ishlash, o‘qish va yozishni o‘zlashtirishda qiynaladi.
Medikopedagogik komissiyaning xulosasiga binoan, ha rakattayanch a’zolari jarohatlangan bolalar inkluziv ta’lim olishga yoki maxsus maktabgacha yoshdagi bola lar muassasasiga – maktabinternatlarga yuboriladi. Bu muas sasalarga o‘zlari
yoki aravachada yura oladigan, o‘zgalarning qaroviga muhtoj bo‘lmagan bolala qabul qilinadi. Sog‘liqlarini tiklagach tibbiypedagogik komissiyaning xulosasiga binoan o‘quvchilarni umumta’lim bog‘cha yoki maktabiga o‘tkaziladi.
Maxsus maktabinternat pedagogik kengashi bitiruvchilariga ishga joylashishuchun tavsiyanoma beradi. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar
I–II guruh nogironlari hisoblanib, ularni
ishga joylashtirish ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga topshiriladi.
Izoh
Nuqsonli bolalarni turli xil sotsial ahamiyatga bo‘lgan faoliyatga jalb qilish. Birorta sеzgi organi o‘z vazifasini bajara olmasa, boshqa organ bu ishni bajarishga harakat qiladi, garchi ilgari bajarilmagan bo‘lsa ham kar odamda ko‘rish qobiliyati, ko‘zi ojiz insonda esa sеzgi qobiliyati kuchli rivojlanadi. Bolalar bilan ishlashning mohiyati shundan iboratki, «nuqsonli», masalan: sеnsor doirada qolgan organlarni rivojlantirish emas, bolalar tajribasining aktiv ijodiy shakllarini topishdir.
Xulosa
. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq respublikamizda
sog‘lom avlodni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. «Barkamol» avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu masalaga ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Mustaqil Vatanimizning birinchi ordeni «Sog‘lom avlod uchun» deb atalgan, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining tuzilganligi, 2000- yilni «Sog‘lom avlod yili», 2001-yilni «Ona va bola yili» deb e’lon
qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Birinchi Prezidentimiz tomonidan
«Sog‘lom avlod» ruknidagi, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom kishilar qatoriga qo‘shish, ijtimoiy, moddiy jihatdan himoyalash, mehnatga, ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalariga doir qator qarorlar, hujjatlar chiqarilmoqda, qabul qilinmoqda. Respublikamizda so‘nggi paytlarda bolalarning sog‘lom tug‘ilishini ta’minlash, anomaliyalarning oldini olish hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kamchiliklari bo‘lgan bolalarni ertaroqaniqlash choratadbirlari ustida talaygina ishlar olib borilmoqda.
Bu masalaning tez vasamarali hal bo‘lishini ta’minlashmaqsadida, onaning homiladorlik davridan boshlab tobola voyaga yetgunga qadr uning rivojlanishi tibbiyot xodimlari, o‘qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, defektologlar tomonidan nazorat qilinib, «Sog‘lom avlod» dasturini to‘g‘ri amalga oshirilishin ta’minlash choratadbirlari ishla chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. Natijada, harakattayanch a’zolari jarohatlangan bolalar ham aniqlanib ularga maxsus yordam ko‘rsatilmoqda.
Harakattayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchiligiga nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog‘cha va maktablarga qatnay boshladilar.
Harakattayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat-tayanch a’zolarinin turl tug‘mava orttirilgan deformatsiyasi – artrogripoz, oyoq-qo‘llarning majruhligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin,
boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoqqo‘l suyaklari o‘sishining orqada qolishi, miopatiya mushak to‘qimalarida modda almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo‘loyoqni harakatga keltira olmaydi
Foydalangan adabiyotlar ro’yhati
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –T: “O’zbekiston” NMIU, 2018.-88 b.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 104 b.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 32 b.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat - engilmas kuch. T.-Ma’naviyat. 2008.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan Sammiti yalpi majlisidagi nutqi//Xalq so‘zi, 2010yil 22sentyabr.Karimov I.A. Asarlar tuplami. 1-22 jildlar. T. Uzbekiston. 1996- 2013.Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: Uzbekiston. 2011.-440 b. Defektologicheskiy slovar. M., Pedagogika, 1970
Oilada serebral falaj bo‘lgan ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion pedagogik ishlar. RTM, T., 1998 R.Shomaxmudova., G.A.Sodiqova , Fayziyeva U.YU
Shipisыna L.M.Zashyeujnskaya O.V i dr. Azbuka obshyeniya SPb. 1998.. V.A.Lapshin, B.P.Puzanov. Osnovi defektologii. M., Prosvesheniye, 1990 A.I.Mesheryakov. Slepogluxonemiye deti. M.,1974
K.A.Semyonova, M.M.Maxmudova. Meditsinskaya reabilitatsiya i sotsialnaya adaptatsiya bolnыx detskim serebralnim paralichem. T., 1979
L.O.Badalyan, L.T.Jurba, O.V.Timonina. Detskiy serebralniy paralich. Kiyev, Zdorovye, 1988
G.V.Dedyuxina, L.D.Moguchaya, T.A.Yanishena. Logopedicheskiy massaj i lichebnaya fizkultura s detmi 3-5 let, stradayushimi detskim serebralnim paralichom. M., Gnom-Press, 1999 Karimov I.A. “Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni. 1997. Karimov I.A. O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent. O`zbekiston. 1992. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. O`zbekiston. 1995. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 1998. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqrirozi, O`zbekiston sharoitida uni barataraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. 2009. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-Toshkent: O`zbekiston. 1999. Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.- Toshkent: O`zbekiston. 1998. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili.- Toshkent. O`zbekiston. 1995.
Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo`lida.-T., “O`zbekiston”, 1998. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri savollariga javoblar, 2-son, 1998.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan). Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent: O`zbekiston. 1997.
O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” / Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni. 1997.
“Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-“Uzinkomsentr”-2002 yil.
Aminova V.Yu. Integrirovannoye obrazovaniye dlya detey s osobыmi nujdami v doshkolnыx i shkolnыx uchrejdeniyax massovogo tipa (Metodicheskiye rekomendatsii) MNO RTsO Resursno’y sentr YuNESKO Tashkent 2002
“Dakarskiye ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Fransiyada chop etilgan. Kislitsina I.K. «Inklyuzivnoye obrazovaniye-obrazovaniye dlya vsex»(osnovnыye ponyatiya i kratkiy obzor mejdunarodnogo opыta) sozdano pri podderjke Yevropeyskogo Soyuza. Tashkent, 2004
Ko’rishida muammosi bo’lgan bolalar inklyuziv ta'limi. «Inklyuziv ta’lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil. Imkoniyati chyeklangan bolalar va o`smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish to’g’risida muvaqqat NIZOM. O`RXTV T.,19 syentyabr, 2005.
“Maktablar hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” -2002 yil.
“Maktablarin olqishlab-inklyuziv maktablardagi nogiron o’quvchilar”-YuNESKO - 1999 yil.
Muminova L.R., Ayupova M.Yu. Logopyediya. T., 1995
Yuneskoning 2003 yil O’zbekistonda 2 – 4 oktyabr kunlaridagi «Inklyuziv ta’lim» ga oid seminarii xujjatlari.
“Problemы v klyucheniya detey so spesalnыmi obrazovatelnыmi potrebnostyami v obsheobrazovatelnыy prosese” Materialы respublikanskogo seminara Almatы.- Almatы «Raritet» 2002 yil.
Roy Mark Konki ”Inklyuziv sinflarda o’quvchilar ehtiyojlarini anglash va bu ehtiyojlarni qondirish” Toshkent-YuNESKO-2004yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma. Raxmanova V.S Maxsus pyedagogika G’ofur G’ulom nashriyoti, Toshkyent, 2004
Sodiqova G.A., Nurkyeldiyeva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar diagnostikasi (ma'ruzalar matni) T.,
Internet resurslari:
www.koob.ru
www.Psychology.ru
www.flogiston.ru
www.testotika.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |