O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

Faoliyat turiga ko„ra: 
1. 
Ommaviy bozor turoperatorlari
. Ular ommaviy turizm joylariga charter 
aviareyslardan foydalangan holda turpaketlar sotadilar. 
2. 
Maxsuslashgan turoperatorlar
- bozorning ma‘lum segmenti yoki mahsulotiga 
maxsuslashgan turoperatorlardir. Bular o‗z navbatida quyidagilar bo‗lishi mumkin: 

maxsus qiziqishlar turoperatorlari (masalan, sport-sarguzasht turizmi, Afrikada 
safari uyushtirish va boshqalar); 

maxsus boriladigan joylar turoperatorlari (masalan, Angliya, Fransiya va 
boshqa joylarga safarlar); 




ma‘lum mijozlar guruhi turoperatorlari (yoshlar, oilalar, ish odamlari va 
boshqalar); 

maxsus joylashtirish joylari turoperatorlari (dam olish uylari, turbazalar va 
hokazo); 

ma‘lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar (teploxod, poyezd 
va boshqalar). 
Faoliyat joyiga ko„ra: 
1.
Mahalliy (ichki) turoperatorlar
. Ular o‗zi yashayotgan mamlakat chegaralari 
doirasida yo‗nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar. 
2.
Chiqish turoperatorlari
turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo‗naltiradilar. 
3.
Qabul qiluvchi turoperatorlar
. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda 
joylashgan bo‗ladi va ularga xizmat ko‗rsatishadi. 
Bundan tashqari, turoperatorlarni 
Initsiativ
va 
Reseptiv 
turoperatorlarga ham 
bo‗lish qabul qilingan. 
Initsiativ turoperatorlar - bular turistlarni qabul qiluvchi (Reseptiv) operatorlar 
yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshqa 
regionlarga jo‗natadigan operatorlardir. Bu operatorlarning faqat o‗zgalar turlarini sotish 
bilan shug‗ullanadigan turagentlardan farqli tomoni ular BTT me‘yorlari bo‗yicha 
kamida uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi va yuqoridagi 
ikkitasidan boshqa istalgan xizmat turi) tashkil topadigan turmahsulot komplektatsiyasi 
bilan shug‗ullanishadi. Klassik Initsiativ turoperator turli joylardagi mahalliy 
turoperatorlar xizmatlaridan foydaianib, murakkab yo‗nalishli turlarni shakllantiradi
sayohat boshlanadigan joyga borishni va u yerdan qaytib kelishni ta‘minlaydi. Shu bilan 
birgalikda yo‗nalish ichida transport xizmati ko‗rsatilishini tashkil etadi. Reseptiv 
turoperatorlar - qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir. 
Real turizm tadbirkorligida, ko‗pincha, turizm bozori uchun harakterli bo‗lgan 
vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma o‗zining ba‘zi mahsulotlariga 
nisbatan ham Reseptiv, ham Initsiativ turoperator, ba‘zi hollarda esa boshqa turoperator 
tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo‗yicha turagent sifatida ham kelishi 
mumkin. 
"Turizm to‗g‗risida"gi Qonun bo‗yicha o‗z turistik mahsulotini shakllantiradigan 
va unga o‗z yo‗llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. 
Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‗llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy 
ilovadir (xizmat ko‗rsatish joyiga ko‗rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir).
Reseptiv turoperator qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug‗ullanadi. 
Initsiativ maxsuslashgan turoperator, qoida bo‗yicha, bir necha punktlarda qabul 
qilishlardan mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Bunga misol qilib ijaraga olingan 
maxsuslashtirilgan transportdagi transturlami olish mumkin. 
Turoperator buyurtma yoki inklyuziv tur bo‗lishi mumkin bo‗lgan (sotish chog‗ida 
o‗zgarmaydigan, oldindan aniq bo‗lgan xizmatlar to‗plami) dasturlar paketi, turpaket 
(pekidj-tur) tuzadi. Mos ravishda birinchisi xizmat ko‗rsatish variantlari bilan, ikkinchisi 
- variantlarsiz, xizmatlar kompleksning to‗plami bilan sotiladi. Bu qabul qilish 
imkoniyatlari va sayohatlar yo‗nalishiga bog‗liq. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish