56
sazovor joylari bilan tanishishni, shuningdek dengiz va daryo laynerlari bortida dam
olishni o‗z ichiga oladi.
Jahonda kruiz kompaniyalari juda ko‗p (100 dan ortiq) bo‗lib, ularning bir qismi
Kruiz kompaniyalari xalqaro uyushmasiga a‘zodir. Kruiz biznesi sohasidagi eng mashhur
tashuvchilar qatoriga «Carnival Cruise Lines», «Celebrate Cruises», «Royal
Caribbean
International», «Princess Cruises», «Costa Cruises», «Norwegian Cruise Lines»
kompaniyalari kiradi.
7.5. Turistlarni hayvonlar yordamida tashish.
Sizlar bilan ma‘ruzada harakat usullari bo‗yicha hayvonlarning yordami bilan
turistlarni tashish mumkin ekanligi haqida aytib o‗tilgan edi, shulardan biri, it yovvoyi
bo‗ridan tarqalgan bo‗lib, inson uni qo‗lga o‗rgatgan. Itdan qo‗riqlash, poda boqish, ov
qilish, yo‗lovchi va yuk tashish maqsadlarida foydalaniladi. Shimolda itlar chana tortadi.
Bir chanaga 10-20 it qo‗shiladi. Shu holatda itlar qorli hududlar bo‗ylab ancha og‗ir (200
kg gacha va undan ortiq) yuklarni chanada tashishga qodir. Chekka Shimolda yo‗llar
bo‗lmagan sharoitlarda itlar qo‗shilgan chana qorli hududlar bo‗ylab
harakatlanishning
birdan-bir yagona usulidir. Alyaska bo‗ylab it qo‗shilgan chanalarda sayohat qilish Jek
London asarlarida tavsif etilgan. Itlar sayohatchilarga Janubiy va Shimoliy qutbni zabt
etishga ko‗maklashgan. Bunday sayohatlarni tashkil etishda o‗z yukidan tashqari itlarga
oziqani ham rejalashtirish zarur. Bu ham chanada ma‘lum joyni egallaydi va yuk bo‗ladi.
Bugungi kunda qorli hududlar bo‗ylab it qo‗shilgan chanada sayohat qilish ekzotika
hisoblanadi. Ekstremal turizm guruhlari uchun ko‗p kunlik sayohatlar tashkil etiladi.
Qutbga yaqin joylarda, masalan, Finlyandiya, Norvegiya, Kanada va Alyaskadagi turistik
markazlarda turistlar uchun ko‗ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.
Mahalliy aholi turistlar
uchun tashkil etadigan milliy bayramlarda va ko‗rgazmali namoyishlarda it qo‗shilgan
chanalardan faol foydalaniladi. It qo‗shilgan chanalarda safari — Finlyandiyaning qishki
kurortlarida, ayniqsa, Laplandiyada turistlar uchun o‗tkaziladigan ko‗ngilochar
tadbirlarning muhim turi. Bu yerda turistlarga itlarni chanaga qo‗shish, it qo‗shilgan
chanani boshqarish o‗rgatiladi. Har xil uzunlikdagi manzilni it qo‗shilgan chanada bosib
o‗tish yoki hatto 300-400 km ga sayohat qilish ko‗zda tutilgan turlar ham bor. Safar
oxirida turistlarga (tabiiyki, ma‘lum haq evaziga) it qo‗shilgan chana haydovchi
sertifikati beriladi.
Tuyoqlilar turkumi vakillari — bug‗u, eshak, xachir, ot, ho‗kiz, qo‗tos va tuyadan
inson qadim zamonlardan beri yuklarni va sayohatchilarni
tashish uchun ham, turli yuk
ortilgan aravalarni tortish uchun ham foydalanib keladi.
Otliq turistik marshrutlardan tashqari otlardan milliy parklarda, mehmonxonalar
yaqinidagi
maxsus hududlarda, klublarda ham faol foydalaniladi. Ot bilan muomala
qilish insonning holatiga, uning ruhiyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: