O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Mavzuni mustahkamlash uchun amaliy mashg„ulotlar



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

Mavzuni mustahkamlash uchun amaliy mashg„ulotlar: 
 
1.
Turoperatorlar reklama e‘lonlarini tahlil qiling va ular o‗rtasida inklyuziv turlarni 
ajrating. O‗z qaroringizni tushuntirib bering. 
2.
Biror bir inklyuziv turning asosiy xizmatlar to‗plamini tuzing (qo‗shimcha 
xizmatlarni inobatga olgan holda). 
Tayanch so‘z va iboralar

turistik xizmatlar, xizmat ko‗rsatish darajasi, xizmatlar 
paketi, buyurtmali turlar, inklyuziv turlar, xizmat ko‗rsatish dasturi. 
 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
 
1. Turistik xizmatlarning xususiyatlarini aytib o‗ting? 
2. Xizmat ko‗rsatish darajalarini aytib o‗ting? 
3. Xizmatlar paketini xususiyatlari nimada? 
4. Xizmat ko‗rsatish dasturi deganda nimani tushunasiz? 
5.Xizmat ko‗rsatish dasturini tuzish tartibi haqida so‗zlab bering? 
6. Turlarni tashkil qilish texnologiyasi nima bilan aniqlanadi? 
7. Optimal xizmat ko‗rsatish dasturi deganda nimani tushunasiz? 
 
V.Mavzu.Turistlarga xizmat ko„rsatishni tashkil etish 
 
Reja: 
5.1. Turxizmatlarni loyihalash. 
5.2. Xizmat ko‗rsatish strategiyasi va menejmenti. 
5.3. Xizmat ko‗rsatish animatsiyasi. 
5.4. Xizmat ko‗rsatish sifati va uni boshqarish yo‗llari.
 
5.1.Turxizmatlarni loyihalash. 
Xizmatlarni loyihalash uchun asos bo‗lib uning qisqacha ta‘rifi xizmatlar bozorini
tadqiq qilish natijasida olingan va xizmatlar ijrochisining imkoniyatlarini inobatga olgan 
holda buyurtmachi bilan kelishilgan talablar to‗plami hisoblanadi. Xizmatlar tavsifi 
tegishli xizmat turiga bo‗lgan davlat standarti talablaridan past bo‗lmasligi lozim. 
Loyihaga xizmatlar iste‘molchilari va ularning mulklariga bo‗lgan xavf xatarni 
kamaytirish, ularning xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha konkret talablarni kiritish lozim. 
Har qanday xizmatlarga bo‗lgan turistlar talabining ifodalovchi hujjatlar o‗zida
qo‗yidagilarni saqlashi lozim: 


33 

turistlarga xizmat ko‗rsatish usullari, shakllari va jarayonlarining bayoni; 

turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayonlarining tavsifi; 

zarur xodimlar soni va ularning kasbiy tayyorgarligi; 

xizmat ko‗rsatishni ta‘minlashning kafolati; 

rekreatsion resurslar mulkdorlari, sanitar-epidemiologik nazorat organlari,
yong‗in nazorati va h.k. lar bilan kelishuv. 
Xizmat ko‗rsatish jarayonini loyihalash xizmatlarni taqdim etishning alohida 
bosqichlari va ularning har biri uchun alohida texnologik haritalarni tuzish bo‗yicha 
amalga oshiriladi. 
Turni loyihalashning natijasi bo‗lib, texnologik hujjatlashtirish hisoblanadi. 
(texnologik haritalar, yo‗riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va h.k.) 
―Turistik sayohat‖ xizmatini loyihalash 2 bosqichni ko‗zda to‗tadi. 
1) Turistlarga xizmat ko‗rsatish dasturiga muvofiq ―turistik sayohat‖ xizmatiga 
kiruvchi har bir turni loyihalash. 
2) ―Turistik sayohat‖ xizmatini umumiy ravishda loyihalash. 
Turist talablariga binoan xizmatlarni loyihalashda xizmatni ijro etuvchi 
tashkilotlarning imkoniyatlari inobatga olinishi lozim. ―Turistik sayohat‖ xizmatining 
qisqacha tavsifi ma‘lum hududdagi rekreatsion resurslar imkoniyatlarini o‗rganish, aholi 
ehtiyojlari va to‗lov qobiliyatini, hamda turistik sayohatlar turiga bo‗lgan talabni 
o‗rganish asosida tuziladi. Tavsif turistlarga xizmat ko‗rsatish dasturi loyihasida 
aniqlashtiriladi. Xizmat ko‗rsatish dasturini ishlab chiqishda qo‗yidagilar aniqlab 
olinadi: 

sayohat marshruti; 

xizmatlar ijrochilari-turistik tashkilotlar ruyxati; 

har bir xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotning xizmatlarni taqdim etish davri; 

ekskursiyalar va diqqatga sazovar ob‘ektlar tarkibi; 

bo‗sh vaqt tadbirlari kompleksi; 

marshrut har bir punktiga tashrifning davomiyligi

sayohatda ishtirok etuvchi turistlar soni; 

ichki tashuvlarga mo‗ljallangan transport turlari; 

gidlar, ekskursiyachilar, chet ellik vakillar yo‗riqchilar, tarjimonlar shuningdek 
ularning tayyorgarligiga bo‗lgan talab; 

transport vositalarining zaruriy miqdori; 

reklama axborot vositalarini tayyorlash tartibi. 
Turni loyihalashning natijalari bo‗lib: 

turistik sayohatning texnologik haritasi

tashkilotning yuklanish grafigi;

turistlarga xizmat ko‗rsatish dasturi. 
Turistik xizmatlarga bo‗lgan talablar: 
Majburiy xayot va sog‗liq, mol-mulk xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi; 
Tavsiya etiladigan vazifaga muvofiqlik, bajarishda tezkorlik va aniqlik, 
komplekslik xizmat ko‗rsatuvchi persanalning aholi qo‗laylik erganomlik, estetiklik. 
Vazifaga muvofiqlik.
Turistik xizmatlar ular yo‗naltirilgan iste‘molchilarning 
jismoniy imkoniyatlari va umidlariga muvofiq kelishi lozim. 
Bajarishda tezkorlik va aniqlik. Taqdim etilayotgan xizmatlar xajmi, muddati va 
xizmat ko‗rsatish shartlari yo‗llanma chipta, kvitansiya va h.k. ko‗rsatilganlarga muvofiq 
bo‗lishi kerak. 


34 
Komplekslik.
Xizmatlarni taqdim etish turistlarning normal xayot kechirish uchun 
qo‗shimcha xizmatlar (maishiy, aloqa, savdo va h.k.) olish imkonini ta‘minlash lozim. 
Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning ahloqi. Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar xulq 
atvorning ahloqiy normalariga rioya qilish lozim. Iste‘molchiga xizmat ko‗rsatish 
xodimning xushmuomila, do‗stona va kommunikabellik munosabatlari kafolatlanishi 
lozim. 
Qulaylik.
Turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun yaratilgan qo‗lay sharoitlarda 
taqdim etilishi lozim. 
Estetiklik turistik tashkilotlar xududi, turistik maqsadlarda foydalaniladigan 
ob‘ektlar, binolarning ko‗rkamligi dizaynining mukammalligi. Xizmat ko‗rsatuvchi 
binolar intererining ko‗rkamligi, hamda xizmat ko‗rsatuvchi xodimning tashqi ko‗rinishi 
va muomala madaniyati estetik talablarga javob berish lozim. 
Erganomiklik xizmat ko‗rsatish davomiylik turistik va ekskursion marshrutlarning 
murakkabligi, turistlarga taqdim etiladigan asbob-anjomlar, foydalaniladigan transport 
vositalari, mebel va h.k. turistlarning fiziologik va psixologik imkoniyatlariga muvofiq 
kelishi lozim. Xizmatlarni loyihalashda turistlarga xizmat ko‗rsatish sifatini nazorat qilish 
usullarini inobatga olish lozim. 
Sifat nazoratini loyihalash o‘z ichiga
:

xizmatlar tavsifining xatolarini tuzatish usullarini aniqlash, 

nazorat qilinayotgan tavsiflarni baholash usullarini aniqlash,

nazorat usullari: vizual (marshrutlar va ob‘ektlarni ko‗zdan kechirish); analitik 
(hujjatlar tahlili); ijtimoiy (turistlar so‗rovi) va h.k. 
Xizmatni loyihalashning yakunlovchi bosqichi bo‗lib, loyihani tahlil qilish va 
buning natijasida xatolarni topish va bartaraf etish hisoblanadi. 
Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni va loyihalangan turistik xizmatlar hujjatlarini 
turistik tashkilot rahbari buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Loyihada 
o‗zgarishlar faqat buyurtmachi bilan kelishilgan holda va faqat asoslangan hollardagina 
tur tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish