O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ArXiteKTURAVIY LOYIHALASH fanidan (2020 qabul yili 2-kurs IV semestr)
MA’RIFIY-MADANIY MARKAZ (KLUB) MAVZUSINI LOYIHALASH BO`YICHA TOPSHIRIQ
Ta’lim yo’nalishlari: 5340100 Arxitektura
Urganch – 2022 y. MA’RIFIY- MADANIY MARKAZ mavzusi bo’yicha loyiha ishini bajarish uchun topshiriq Madaniyat Markazi (MM) yil davomida xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining iqlim va seysmik sharoitlarida aholi soni 30000 kishigacha bo‘lgan kichik shaharlari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, yirik shaharlarda esa yashash dahalari (rayonlari)da xuddi shunday sondagi aholiga xizmat ko‘rsatish uchun quriladi. Kompozionli (kompoziyali) asosiy bino bu 450 o‘ringa mo‘ljallangan universal vazifani bajaradigan tomosha kompleksi bo‘lib hisoblanadi, unda filmlarni elektron – raqamli ko‘rsatish (namoyish etish)dan tortib gastrolli guruhlar va alohida (yakkaxon)solistlarni qabul qilishgacha bo‘lgan hamma keng masshtabli madaniy tadbirlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bu maqsadlar uchun sahna tomonidan joylashgan lokalli kirish joyiga ega bo‘lgan xonalarning sahnali kompleksi (majmuasi) xizmat qiladi. Aholi bilan bajariladigan kundalik madaniy ishlar xonalarning to‘g‘arakli majmua (kompleks)larida amalga oshiriladi. Hamma madaniy tadbirlarni koordinatsiyalash (bir nuqtaga joylash) va ularni texnologik ta’minlash uchun MM xonalarining xo‘jalik – xizmat ko‘rsatish kompleksi (majmuasi) xizmat qiladi.
2. Topshiriqning mazmuni va tarkibi. O‘zbekiston Respublikasi iqlim va seysmik (7-9 ball) sharoitlari uchun lokalli yer uchastkasida joylashadigan Madaniyat Markazi (MM) binosini for eskizli stadiya (bosqich)da loyihalash tavsiya etiladi.
2.1. Qurilish uchastkasi: MM ning uchastkasi shaharning jamoat markazi yoki yashash rayonining yashil (ko‘kalamzor) zonasida qizil chiziqda joylashgan ko‘chalardan kamida 12m masofada (uzoqlikda) 0,5ga dan ko‘p bo‘lmagan umumiy maydonga ega bo‘lgan holda quriladi. Uchastkada quyidagilar joylashadi: MM majmuasi (kompleksi); mehmonlar uchun 20 – 25 j/m (20 – 25 joy / mashina)li avtoturar joyi; MM atrofida eni 3,0m dan kam bo‘lmagan halqali yurish yo‘li; d = 6m, chuqurligi h = 2,4m bo‘lgan yong‘in xavfsizligi uchun suv sig‘imi (havzasi) – favvora; kursilar o‘rnatilgan dam olish zonasi – atrium tipidagi MM kompleksiga qo‘shib quriladigan ichki hovlining tashkil etilishi ham ko‘zda tutilishi mumkin; ishlab chiqarish ustaxonasi va 4 j/m li garajga (shu qatorda Samarqand avtobus zavodida ishlab chiqariladigan ikkita avtobus) ega bo‘lgan xo‘jalik hovlisi; qolgan hudud yashil zonalar bilan quriladi va suv oqimi yo‘liga qo‘shiladi. Bino oldiga favvoralarga, gulzorlarga, uzun kursilar qo‘yilgan kutish va dam olish maydonlariga ega bo‘lgan tantanavor avan maydonning tashkil etilmog‘i albatta lozimdir, bundan tashqari 5 – 10 j/m ga mo‘ljallangan avtomobil va avtobuslar uchun vaqtinchalik turar joylar ham (shahar ko‘chalari tomoniga tegishli bo‘lgan yashil zona polosasiga ko‘ndalang profilda) ko‘zda tutilishi taqazo etiladi.