(D. Brown, Handbook of Basketball Fundamentals and Drills, 2010 U.S. A. 54-55, 59-60)
Guruh harakatlari
Himoyadagi guruh harakatlari deganda o’yin vaziyatida hujumchilarga qarshi harakat uchun yo’nalgan ikki yoki uch o’yinchining o’zaro harakati ko’zda tutiladi. Ikki o’yinchining o’zaro harakati usullariga straxovka qilish, o’yinchi almashish, sirg’anib o’tish, chekinish (sherigiga yo’l berish); uch o’yinchining o’zaro harakat usullariga maxsus tashkil etilgan ikki o’yinchiga to’qnashtirishga qarshi qaratilgan, ikki basketbolchi qo’ygan to’siqqa qarshi harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”, “kesib chiqish”ga qarshi o’zaro harakatlar kiradi. Shchitdan sapchigan to’p uchun qarshi texnika masalasi alohida ko’riladi.
Ikki o’yinchining o’zaro harakati. Himoyachilarning o’zaro yordam usullaridan biri – straxovka qilish. O’yinchilar doim bir-biriga yordam berishga hamda himoyachini aldab o’tish, savatga xavf solayotgan hujumchini ta’qib qilishga tayyor turishlari kerak. Straxovka qilish to’pni savatga aniq ota oladigan, tez o’tib keta oladigan, har xil chalg’ituvchi harakatlarni qullay biladigan, tezkor hujumchilarga qarshi qo’llaniladi.
Huddi shunga o’xshash raqibning yaqindagi baland bo’yli markaziy o’yinchisi to’pni egallab olmasligi uchun ta’qib etib yurgan himoyachiga ham yordam beriladi.
Agar to’p markaziy o’yinchiga tekkan taqdirda straxovka qilayotgan o’yinchi to’pni uning qo’lidan urib chiqarishga yoki to’p bilan oldinga o’tishga, to’pni savatga otishga halaqit berishga urinib ko’rishi kerak. Odatda straxovkani savatga xavf solaolmaydigan masofada turgan o’yinchini ta’qib qilishni bo’shashtiriboq yoki raqibning savatga juda kam va beqaror xavf solayotgan kamroq ta’qib etish bilan amalga oshiriladi.
Chekinish va sirg’alib o’tish. Tez almashish hech qachon ham himoyalanoyatgan jamoa uchun foydali emas, chunki ba’zi hollarda u yakka kurashdagi kuchlar muvozanatini buzatadi (baland bo’yli hujumchi past bo’lib himoyachi bilan, tez hujumchi esa, tezligi kichik o’yinchiga qarshi bo’lib qolishi va h.k.), raqib jamoa o’yinchilariga chalg’ituvchi va aldovchi harakat o’tkazish imkonini beradi. Shuning uchun himoyachilar bor kuch va bilimlarini blokirovka qilish va har xil harakatlar qilish yo’rdamida raqibning o’zaro harakat qilishini mushkullashtirishga, to’siq qo’yishga yo’l qo’ymaslikka sarflashlari kerak. Va faqat shchitga to’g’ridan-t’g’ri xavf tug’dirilayotgan paiytdagina o’yinchilarni almashishlari kerak.
Hujumchilar o’zaro harakatlari maydonda ko’ndalang bo’lib to’psiz yoki savatga uzoqdan harakat qilayotganda to’siq qo’yilgan himoyachilar ta’qib qilayotgan o’yinchilarni almashtirish o’rniga himoyachi tez chekinib, to’siq o’yinchini aylanib o’tib sherigi bilan yaqinlashib olishi kerak. To’siq shchit yaqinidagi to’pli o’yinchiga qo’yilganda, chekinish qisman xavf bilan bog’liq – bu vaqtda hujumchi hech qanday to’siqsiz to’pni savatga otishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |