O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat unversiteti fizika- matematika fakulteti“Fizika” ta’lim yo’nalishi 173-guruh talabasi O’rinbayeva Zarifa Optika fanidan yozgan


Kerr hodisasining davom etish vaqti.Kerr yacheykasining ba’zi tadbiqlari



Download 1,48 Mb.
bet7/9
Sana17.06.2021
Hajmi1,48 Mb.
#68580
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi tayyor

Kerr hodisasining davom etish vaqti.Kerr yacheykasining ba’zi tadbiqlari.

Kerr hodisasining tabiatini tadbiq, etish uchun elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasining paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga sabab bo’ladigan propesslarning davom etish vaqti to’g’risidagi masalaning hal etilishi muhim ahamiyatga ega.

Kerr hodisasining qancha vaqt davom etishini dastlab Abragam bilan Lemuan (1899 y.) o’lchab ko’rdilar, keyinchalik bu ish 1939-yilgacha bir necha marta takrorlandi. Bu ishlarning hammasida izlanayotgan vaqtni qoniqarli aniqlikda o’lchab bo’lmadi, biroq bu vaqt s dan kichik, ba’zi hollarda esa s dan kichik deb aytish mumkin bo’ldi, halos.Kerr hodisasining davom etish vaqti lazer yorug’ligining kuchli va qisqa impulslari ishlatilganda miqdor jihatidan aniqlandi. Tajribaning sxemasi 16-rasmda ko’rsatilgan. To’lqin uzunligi = 1,06 mkm (1) va davom etish vaqti s tartibida bo’lgan kuchli yorug’lik impulsi kaliy digidrofosfat K R (KDP) kristalidan o’tkaziladi, bu impulsning ozroq qismi kristallda ikkilangan chastotali yorug’likka, ya’ni to’lqin uzunligi λ = 0,53 mkm (2) bo’lgan yorug’likka aylanadi. ko’zgu infraqizil yorug’likni o’tkazib, yashil yorug’likni qaytaradi, ko’zgu esa yashilni o’tkazib, infraqizil yorug’likni qaytaradi. ko’zgudan keyinda ichiga tekshiriladigan modda solingan yacheyka turadi, uning ikki tomonida ayqashtirilgan va polyarizatorlar bor. polyarizatordan keyin F svetofiltr turibdi, bu filtr infraqizil yorug’likni tutib qolib, FEK fotoko’paytirgichga faqat yashil yorug’likni o’tkazadi. Bu qurilmaning detallarini yashil va infraqizil nurlarning optik yo’li bir xil bo’ladigan qilib o’rnatish mumkin. Yacheykaga yashil nurning kelib tushishini qalinligi turlicha bo’lgan D shisha plastinkalar yordamida turli vaqtga kechiktirish mumkin.Bir signalning kelib tushish vaqtini ikkinchi signalga nisbatan kechiktirishga imkon beradigan turli xil konstruksiyali qurilmalar kechiktirish liniyalari deb ataladi.Infraqizil nurlanishning kuchli impulsi yacheykada nurning ikkiga ajralib sinish hodisasini yuzaga keltiradi, buning oqibatida yashil yorug’lik ham butun sistemadan o’tib kelib, fotoko’paytirgichga tushadi.

Agar yashil yorug’lik yacheykaga kuchli impulsdan oldin yoki undan ko’p keyin yetib kelsa, u holda yashil yorug’lik fotoko’paytirgichga yetolmaydi.

Kechiktirish kattaligini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan hamma oraliq hollarda fotoko’paytirgichga tobora orta boruvchi yorug’lik miqdori tushadi, bu yorug’lik miqdori maksimumga erishgandan so’ng kamaya boshlaydi.Hisobning ko’rsatishicha, Kerr hodisasining davom etish vaqtini (ya’ni anizotro- piyaning relaksatsiya vaqtini) yashil yorug’lik impulsi intensivligining ikkala impulsning kelib tushish vaqtlari orasidagi ayirmaga bog’liq ravishda kamayish grafigidan aniqlash mumkin.Bunday tajribalarning ko’rsatishicha, uglerod sulfidda anizotropiyaning relaksatsiya vaqti 2 s, nitrobenzolda 50 s ekan. Bu usul bilan topilgan ma’lumotlar bu miqdorlarni o’lchashning bilvosita usullari bilan topilgan ma’lumotlarga juda yaxshi to’g’ri keladi. Kuchli yorug’likning qisqa impulsi elektr maydonida ishlayotgan Kerr yacheykasi fotografik zatvor sifatida qo’llanishi mumkin, bu zatvor ekspozitsiya vaqtini s tartibidagi vaqtga yetkazishga imkon beradi. Kerr yacheykasi lyuminessensiya va boshqa molekulyar protsesslarning davom etish vaqtini o’rganishda samarali ravishda tadbiq etiladi. 1-rasmda ko’rsatilganga o’xshagan Kerr yacheykasi yorug’lik intensivligini modulyatsiya qilishda ishlatiladi; Bunda kondensatorga kuchlanishni faqat yuksak chastotali manbadan berib turish zarur.

Agar Kerr kondensatorining plastinkalariga kuchlanish impulslari berib turilsa, yacheyka zatvor vazifasini bajaradi, bu zatvorning ishlab turish vaqti elektr impulsining davom etish vaqti bilan aniqlanadi.

Kerr yacheykasi optik kvant generatorlarining ish rejimini boshqarishda modulyator va zatvor sifatida ishlatiladi.

Kerr effekti nihoyatda tez qaror topishi va yo’qolishi tufayli ko’pgina ilmiy va texnik maqsadlarda qo’llaniladigan bo’lib qoldi. ⦋3⦌.




Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish