3-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Fonetik tahlil. Shevalarga oid matnlarning fonetik xususiyatlari
O‘zbek shevalarida uchraydigan fonetik qonuniyatlar ustida ishlash
(2 soat)
Amaliy mashg‘ulotdan topshiriqlar.
Adabiy til va shevalarni o‘rganish ilmiy nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham unli tovushlar tarkibi bilan mustahkam bog’langan. Tilshunoslikning hamma bo‘limlarini bir biriga bog‘ lab o‘rgangandgina ularning taraqqiyot qonunlarini to‘g‘ri tushunish mumkin morfologiyadan egalik kategoriyalari, ularning turlanish so‘z yasash, leksikada esa so‘zlarning manolarini o‘rganish, so‘zlarning turli tuman shakllarinini aniqlash kabi masalalarini fonetik qonunlarini xisobga olmasdan turib tasavvur etish qiyin. Bu hol, ayniqsa, shevalar uchun muhimdir.
Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasida unli tovush uyg‘unligi yoki ohngdoshlik xodisasi uchramaydi. Shuning uchun ham ulardagi unlilar miqdori ko‘p emas, unlilar fonemasining soni 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevalarida oltita ( ъ е у о с е ) Namangan shevasida sakkizta (e c a o y e ъ ь ) Marg‘ilon shevasida yettita unli fonema bor. Bu shevadagi unli fonemalar sifat jihatidan farqlanadi. O‘zlariga xos xususiyatlar alohida qayd etiladi. Buxoro, Urgut, Qarshi, Xo‘jand, Chist shevalarining unlilar tarkibida ham oltitadan unli fonema bo‘lib, ular miqdor jihatidan Toshkent va Samarqand shevalaridagi xolatga tengdir. Vodil va Jizzax shevalari, Toshkent atrofidagi ayrim ( Parkent, Piskent, Chinoz) va Karnob shevalarida unlilar Toshkent shevasidagi singaridir. Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida esa unli fonemalarning soni yuqorida keltirilgan shevalardan bitta ortiqdir. Unda a fonemasi ham ishlatiladi.
Yuqorida qayd etilgan shahar shevalaridagi unlilarning ko‘plari g‘arbiy Samarqand qarluq-chigil-uyg‘ur shevalarida ham qo’llaniladi, bazilari esa uchramaydi.
a) bu guruh shevalaridagi e,c fonemalarining qo’llanilishi Toshkent shevasidagi fonemalarning qo’llanilishiga mos keladi;
b) yuqoridagi guruhni tashkil etuvchi shevalardagi ikki unli fonema o’rnida Marg’ilon shevasida uch fonema (e, c a ) qo’llaniladi;
v) ъ у о е fonemalari yuqoridagi shevalarning hammasida ham bir xilda ishlatiladi.
g) Namangan shevasidagi olti unli fonemasi g’arbiy Samarqand, Toshkent, Marg’ilon shevalarida uchramaydi.
Qipchoq shevalarida 10ta unli fonema qo’llaniladi: a-e, o-e, y-y, ы-и, c-e. Bu shevalarda unlilar ohangdoshligi hodisasi saqlangan, lab va qisman tanglay ohangdoshligi mavjud. Shunga ko‘ra , unli fonemalarning sakkiztasi juft holda qo’llaniladi. Bu o’zbek tilining hamma qipchoq shevalari uchun umumiy hususiytga ega. Bunda ularning bazilarida hali c fonemasining to’la shakllanib etmaganligini qayd etish mumkin. Natijada c va a unlilarning almashinib qo’llanilish holatlari ko’zga tashlanib turadi.
Shunday qilib, shevalarning materiallarida tovushlarning o’zgarishi jaranglashish yoki jarangsizlanish, tushib qolish yoki orttirilish, o’rin almashishi, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, qo’sh undosh kabilarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |