O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Morfologik birliklarining pragmatik tabiati



Download 150,5 Kb.
bet5/8
Sana25.02.2022
Hajmi150,5 Kb.
#463647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gulshan 2

Morfologik birliklarining pragmatik tabiati
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Ch.Pirs, U.U.Djems, D.Dyun, Ch.Morris5 asarlarida oʻrtaga tashlangan pragmatik yoʻnalish gʻoyalari keyingi yillarda yanada rivojlantirildi. Jumladan, oʻzbek tilshunosligida oʻtgan asrdan boshlab pragmatik tadqiqotlarga qoʻl urildi va bu yoʻnalishda Mahmudov, A.Nurmonov, M.Hakimov, U.Rahimov, D.Lutfullayeva, Sh.Safarov, M.Haynazarova, Negmatov H., Vohidova N., Toirova G., Z.Burhonovlarning u yoki bu yoʻnalishdagi pragmatik tadqiqotlari yuzaga keldi.6
Pragmatik tadqiqotlarda asosiy e’tibor til birligining kontekst, nutq vaziyati, til egalarining voqelik haqidagi umumiy bilimlari va til koʻnikmalari kabi nolisoniy omillar bilan bogʻliq jihatiga qaratiladi. Hatto kishilar oʻrtasidagi munosabatni ifoda etuvchi nutqiy etiketlar, nutqning ijtimoiy xoslanishi, ifodaning subyektiv modal aspektiga aloqador kirish, baho bildiruvchi soʻz va vositalar, insonning ichki subyektiv ruhiyatini ifoda etuvchi diskurs hamda presuppozitsiya hodisasi ham pragmatikaning oʻrganish ob’ekti hisoblanadi7. Anglashiladiki, pragmatik tadqiqotlar til birligining nolisoniy omillar bilan bogʻliq bevosita kuzatishda berilmagan imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi.
Pragmatik tadqiqotlarning barcha til sathi birliklariga tatbiq etilishi til tizimi va uning birliklariga xos koʻzga koʻrinmas jihatlarni aniqlash imkonini tugʻdiradi. Hozirgi kunda oʻz tadqiq obyektiga ega fonopragmatika, morfopragmatika, leksopragmatika, sintaktik pragmatika yoʻnalishlari pragmatik xususiyatlarning barcha til sathi birliklarida namoyon boʻlishidan dalolat beradi.
Lisoniy birliklarning pragmatik xususiyatlari toʻgʻrisida soʻz ochishdan avval “Pragmalingvistika nima?”, ‘Pragmalingvistikaning predmeti va tadqiq obyekti nima?” kabi savollarga berish oʻrinli. “Pragmatika” (yunoncha pragma-ish-harakat) aslida falsafiy tushuncha boʻlib, uni tilshunoslikka dastlab Ch.Morris kiritadi. Pragmalingvistikaning predmeti ilk bor tilshunos olim G.Klaus tomonidan aniqlashga harakat qilingan. Olimning fikricha, “belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar oʻrtasidagi munosabatni oʻrganuvchi fan bu –pragmalingvistikadir”.Ushbu ta’rifdan koʻrinib turibdiki, G.Klaus ham pragmatikaning predmetini belgilashda soʻzlovchi va tinglovchidan, ularning umumiy bilish fondidan uzoqlashmaydi. Demak, soʻzlovchi oʻz nutqida qanday birliklardan foydalandi, tinglovchi tomonidan qanday qabul qilindi, nutq egasining maqsadi va uning tinglovchiga ta’sirini oʻrganish pragmalingvistikaning vazifasi sanaladi. Sh.Safarov pragmalingvistikaga berilgan ta’riflarni umumlashtirib, tadqiqotchilarning bu boradagi asosiy gʻoyalarini quyidagicha tasniflaydi:
-kommunikativ faoliyat tavsifining tayanch nuqtasi faoliyat tushunchasidir;
-lison muloqot ishtirokchilarining oʻzaro munosabatini harakatga keltiruvchi vositadir;
-lisoniy faoliyat voqelanishi bevosita muloqot muhiti bilan bogʻliq hodisadir.
Ma’lumki, bevosita muloqot muhiti, asosan, matnda oʻzining bor imkoniyatlari va xususiyatlarini namoyon etadi. Shunga koʻra lingvistik birliklarning pragmatik xususiyatlarini oʻrganish matn lingvistikasini chuqur oʻrganishni talab etadi. Zero, soʻzlovchining axborot uzatishdan maqsadi, tinglovchining axborotni qanday qabul qilganligini matnda yanada aniqroq bilishimiz mumkin. Bugungi kunda matnni tadqiq etish pragmalingvistika yoʻnalishiga boʻlgan e’tiborning kuchayishi bilan yanada avj oldi. Qator tadqiqotlar matn qurilishi, unda oʻz imkoniyatlarini topgan kategoriyalar, matnning kognitiv xususiyatlariga bagʻishlandi. Jumladan, S.Boymirzayevaning «Matn modalligi», “Matn mazmunida temporallik semantikasi” nomli monografiyasi, Sh.Turniyozovaning “Hozirgi oʻzbek tilida matn shakllanishining derivatsion xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi, M.Yoʻldoshevning “Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari” nomli oʻquv qoʻllanmasi oʻzbek tilida matn tilshunosligi oldidagi qator muammolarning yechilishiga turtki boʻldi.
Til birliklarini, xususan, sifat turkumidagi soʻzlarni pragmatik yoʻnalishda tadqiq etish bu soʻz turkumining tilshunoslikda shu kunga qadar e’tiborga olinmagan nutq vaziyati, kontekst, soʻzlovchi va tinglovchilarning nutq ob’ekti haqidagi umumiy bilimlari, ularning til koʻnikmalari bilan bogʻliq jihatlariga aniqlik kiritishi shubhasiz. Sifatlarni pragmatik yoʻnalishda tadqiq etish gapda sifat orqali yuzaga chiquvchi presuppozitsiya hodisasini oʻrganish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish