Ta’lim prinsiplari mohiyati
Didaktlar ta’lim prinsiplari mohiyatini yoritishda turli nuqtai nazarlarni asos qilib olishgan. K. Sosinitskiyning fikricha. Ta’lim prinsiplari umumiy qonuniniyatlar bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonida qat’iy rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uning fikricha, har bir prinsip ta’lim jarayonining muayyan komponentiga taaluqli: ko’rsatmalilik prinsipi ta’lim vositalariga, bola shaxsini rivojlantirish prinsipi ta’lim maqsadiga bog’liq.
Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni komponentlariga bog’lab bayon etish tendensiyasi- moyilligi Y. K. Babanskiy tadqiqotlarida ham uchraydi: ta’limning ilmiyligi, hayot va ishlab chiqarish bilan bog’liqligi, sistemalilik, izchillik, tushunarlilik prinsiplari ma’lumot mazmuniga ko’ra, onglilik va faollik ta’lim metodlari, vositalarini o’zaro uyg’unlashtirish prinsiplari ta’lm metodlari hamda vositalariga ko’ra, o’quvchilarning indivudial guruh va frontal ishlarini qo’shib olib borish prinsipi ta’lim turlariga ko’ra, bilim va maalakalarning puxtaliga prinsipi ta’lim natijalariga ko’ra belgilanadi.
Ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni komponentlari mohiyatidan kelib chiqib belgilash g’oyasi ularga yangicha yondashishdir. Ammo ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni komponentlari asosida belgilash ularning umumiy qodalar ekanligini inkor qilishga olib keladi. Zero, ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga, barcha o’quv predmetlarini o’qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qodalardir.
Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlari asosida belgilash g’oyasi ham mavjud. N.A. Sorokni ta’limning rivojlantiruvchanlik va tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi. V.I Zagvyazinskiy ham o’quv-tarbiya jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va ta’lim prinsiplari o’rtasidagi aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi.
Prinsiplarni ta’lim jarayoni qonuniyatlaridan kelib chiqib belgilash, garchand bu ularga yangicha yondashish bo’lsa-da, u mohiyat bilan bilan zaruriyatgi tenglashtirishga hatto almashtirishga olib keladi. Zotan qonuniyatlar kishiga, uning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud.Boshqacha aytganda, ular narsaning o’zida, o’rganilayotgan jarayonining tarkibiga amal qiladi. Faning vazifasi shu qonuniyatlarni izlash, topish va izohlashdan iborat. Ta’lim prinsiplari, birinchi navbatda, amaliyotga, binobarin, zaruriyatga daxldor. SHu tufayli ular ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat etish mezonlari sifatida amal qiladi.
Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari (individul, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang’ich, o’rta, professional, oliy), sub’ektlari (o’qituvchi, o’quvchilar kollektivi), o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponntlari (ta’limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir. SHuningdek. Ular maktab rahbarlari, metodis va inspektorlar, ilmiy-pedagogik izlanishlar olib boruvchi shaxslar, talabalar uchun ham zarur. Bulardan, ta’lim prinsiplarini pedagogik faoliyat bilan mashg’ul kishilarning barchasi o’rganishlari lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Ta`lim prinsiplarini takomillashtirish bo`yicha olib borilgan islohotlarni eslaymiz.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hali davlat mustaqilligini qo’lga kiritmasdanoq Kadrlar Tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi: -"aytish kerakki kadrlarni puxtaroq qilib tarbiyalamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qullab quvvatlamasdan, o’ylanmanki, birorbir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o’zgartirib bo’lmaydi", degan edi.
Ta’lim sohasining isloh qilinishi arafasida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov o’tgan davr mobaynida amalga oshilgan tadbirlarni zamon talab qilayotgan darajada emasligiga alohida to’xtalib o’tgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |