Bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish. Bu
jarayon ma’nosiga tushunadigan so‘zlar to‘plamini kengaytirish
bo‘lib, uning mazmuniga quyidagilar kiradi: 1) o‘z ismini, yaqin
kishilari ismini; 2) kiyim-kechaklar, mebellar, idish-tovoqlar
nomini; 3) bir joydan ikkinchi joyga borishda transport vositalari
nomini; 4) o‘ziga tanish bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar nomini;
5) o‘z tanasining, o‘yinchoq-hayvonlar tanasining ayrim qismlari
(qo‘l-oyoqlar, bosh, og‘iz, ko‘z, quloq) nomini bilib olishi.
Faol nutqni o‘stirishga bola tomonidan tez-tez eshitib
turiladigan tovush birikmalari va so‘zlarga taqlid qilish orqali
erishiladi.
1 yoshdan 1 yosh-u 6 oylikkacha bo‘lgan bola ajablanish,
shodlik, norozilik, xafalik va shu kabilarni ifodalovchi ba’zibir
intonatsiyalarni takrorlay bilishi, yaqin kishilarni (oyi, dada, opa,
aka va hokazolar) hamda tanish buyumlar va o‘yinchoqlarni
(payola, karavot, stol, ayiqcha, qo‘g‘irchoq va boshqalar), tanish
ish-harakatlarni (o‘tir, tur, menga ber, qo‘yib yubor va boshqalar)
bildiruvchi so‘zlarni aytib, o‘z lug‘atini faollashtirib boradi.
1 yosh-u 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan davr nutq
o‘sishining ikkinchi davri hisoblanadi. Bu davrda nutqni tushunish
qobiliyatlari ularning faol nutqi taraqqiyotidan ancha o‘zib ketadi.
Taqlid qilishning o‘sishi natijasida ikki yoshga qadam qo‘ygan
bolalarning talaffuz etadigan so‘zlari soni ortib, 200 – 300 taga
yetadi; ularning lug‘atidagi so‘zlar tarkibida tevarak-atrofdagi
kishilarni anglatadigan so‘zlar (qiz bola, o‘g‘il bola, xola, amma,
tog‘a, amaki, buvi, buva), uyda va uydan tashqarida (bog‘da,
hovlida, ko‘chada) bo‘ladigan narsalarni anglatuvchi so‘zlar, ba’zi
bir hayvonlar va o‘simliklarni, kunda ko‘rib turadigan xatti-
harakatlarini anglatuvchi so‘zlar mavjud bo‘lib, ular lug‘at
to‘plamini kengaytirib boradi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar
iboralar (kosa stol ustida turibdi; sut kosada; u yerda; bu yerda)
ma’nosini to‘g‘ri tushunish qobiliyatiga ega bo‘ladilar va ularni
o‘z o‘rnida ishlata olish ko‘nikmasi sekin-asta shakllana boradi
Shunday qilib, 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalar nutqining
o‘sishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, “Maktabgacha ta’lim
10
muassasasida
ta’lim-tarbiya
dasturi”
bolalarda
tevarak-
atrofdagilar bilan asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutqni o‘stirishga;
bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga turli munosabatlar bilan
murojaat qilishga undash, savollar bera olishga, o‘zining
istaklarini va iltimoslarini, ko‘rgan-bilganlarini 2 – 3 gap bilan
ifodalashga, atrofdagilarning gapiga diqqat bilan quloq solishga,
ularning so‘z bilan ifodalangan talablarini bajarishga, savollarga
(Bu kim?, Bu nima? va hokazo) javob berish qobiliyatini
o‘stirishga alohida o‘rin ajratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |