II.BOB. Qoraxitoylarning Mavaraunnahrga hujumlari va ularning bu yerda olib borgan faoliyati
2.1 Qoraxitoylarning Mavaraunnahrga hujumlari
Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'sha davrda Qoraxoniylar sulolasining boshqaruvi ostida bo’lib, ular allaqachon ko'plab maxsus okruglarga bo'lingan edi. Hatto G'arbiy Qoraxoniylarning oliy xonlari va Sharqiy Qoraxoniy xoqonlari hokimiyat uchun kurashda yetarlicha mablag'ga ega bo’lmaganlar. Urushlar tufayli G'arbiy Qoraxoniylar zaiflashdi va Saljuqiylar sulolasi hukmdori Sulton Sanjarga bo'ysunishga majbur bo'ldilar. Sulton Sanjar bu davrda musulmon Sharqning barcha hukmdorlarining eng kuchli hukmdori bo'lgan. Sanjar, Saljuqiylar sulolasining hukmdori hisoblanib, katta siyosiy maqsadga ega edi. Ye-lu Dashi Qoraxoniylarning dastlabki poytaxti bo'lgan Balasagun shahrini egallab olgan. Bir muncha vaqt o'tgach Ye-lu Dashi Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonning yashash joylarini muntazam ravishda bosib oldi. Bir muncha vaqt o'tgach, u Markaziy Osiyoda Movarounnahr, Xorazm va boshqalar o’z mol-mulklarni qoraxitoylarga topshirdi. Fathlar natijasida Yelu Dashi Kaspiy dengizi (G'arb chegarasi) dan Gobi cho'liga (Sharqiy chegarasi) cha cho'zilgan keng mintaqaviy hududni yaratishga muvaffaq bo'ldi. 1137-yilda ikki qo'shin tomon o’rtasida Xo’jant shahri yaqinidagi jang bo’lib o’tadi. Ye-lu-Dashi boshchiligidagi qoraxitoy qo'shinlari Samarqand hukmdori Rukn ad-Din Mahmudxon boshchiligidagi g'arbiy Qoraxoniylar sulolasi qo’shinlarini mag'lub qilib tashlashadi. G'arbiy Qoraxoniylar o'sha paytda Saljuqiy hukmdorlarining vassallari edi. Shuning uchun, Qoraxoniylarning urushga kirib mag’lub bo’lganidan xabar topgan saljuqiylar sultoni Sanjar Qoraxoniylarga yordam uchun kuch jo’natadi. Sulton Sanjar Qoraxitoylarning Mavaraunnahrga hujumini jiddiy qabul qilib ularga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Musulmon dunyosidagi Saljuqiylarga tobe barcha vassal mulklarining askarlari ular atrofida to’planishadi. Bu qo’shin 1141-yilning iyulida sulton Sanjar boshchiligida 100 ming qo’shin ( ba’zi manbalarda 70 ming) Amudaryodan o’tib Samarqandga yo’l oladi. 1141-yili Saljuqiylar armiyasi yig'ilib, Karakoyaga yaqin joyga joylashadilar. Sulton Sanjar armiyasida Saljuqiylar sultonligi harbiy kuchlariga qo'shimcha ravishda Seiston, Xuroson, G'azna, Mozandaron va Gur hokimlari tomonidan yuborilgan harbiy qismlarini ham o'z ichiga olgan. Saljuqiylar armiyasining kuchi taxminan 100 ming otliq atrofida bo’lgan. Bu qo’shin Sulton Sanjar o'z hayotida to'plangan eng katta armiya edi. Bu qo'shinlarnin Saljuqiylar yevropa bilan urushish uchun to’plamagandilar. Afsuski, manbalar Y-Lu Dashi qo'shinining hajmi haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Ammo ayrim manbalarda Gurxon Ye-lu Dashining qo’shini kidan, xitoy va turkiy qavmlardan ( 50 ming kishilik qarluqlar qo’shini ular tomoniga o’tgan edi) tashkil topgan 100 mingdan ziyod jangchilardan iborat bo’lgan (O’z Milliy ensiklopediyasi). Urush 1141 yil 9-sentabrda Qatvon tekisligida boshlangan. Urush Samarqand bilan Xo'jand o'rtasida bo'ldi.
Ye-lyuy Dashi ko'chmanchi taktikalardan foydalangan ya’ni raqib qo’shinini yon tomondan aylanib o’tib qo’qisdan zarba berish taktikasini qo’llashgan. Go’rxon qo'shinni uch qismga ajratgan. Ularning har biriga raqib tomon qo’shinini o’rab olishni bosh vazifa qilib qo’yadi. Sulton Sanjar qo’shinining jangovar tartibini ikki qanot va bir markazdan iborat qilib tuzib, markazga o’zi boshchilik qiladi. Jangda qoraxitoylarning qanot qismlari ittifoqchilar qo’shinining orqa tomoniga yorib o’tib uni qurshab olgan. Sanjar qo’shini tartibsiz chekinib, Darg’om bo’yidagi bir daraga siqib qo’yilgan, yuzlab jangchilar daryo suvi yoki kanalda cho’kib ketgan. Sanjar yonidagi uch yuz otliq va shaxsiy qo’riqchilari bilan qurshovni yorib chiqib Termizga ketishga erishgan. Saljuqiylar sultoni Sulton Sanjar asirlikdan zo’rg’a qochib qutulgan, ammo uning xotini, ko'plab hamkasblari va do'stlari qo'lga olindi. Saljuqiylar armiyasidagi yo'qotishlar o'rta asrlar qo’shini uchun ota dahshatli edi. Saljuqiylar qo'shinidan taxminan 30 ming kishi urush maydonida vafot etdi [1]. Gurxon jang maydonida uch oyga yaqin turadi, so’ngra Karmanaga yo’l olgan. Bu yerda u yangi davlat Qoraxitoylar davlati (G’arbiy Lyao) barpo etilganini e’lon qilgan. Qatvan jangi ko’chmanchilarning Markaziy Osiyoga kirib kelish yo’llarini ochib bergan. Evroosiyo tarixida XII asrning eng katta urushlaridan biri bo'ldi. Qatvon jangi g'oliblikdan so'ng, Ye-lu Dashi yo'lini to’sishga qodir bironta kuch qolmaydi. Qoraxitoylar armiyasi hech qanday qarshiliksiz Buxoro va Samarqandni bosib oladi. Mavaraunnahrning butun hududi Qoraxitoylar tomonidan qo'lga kiritiladi. Qoraxoniylar davlati qoraxitoylar davlatining vassaliga aylangan, qoraxitoylar boshlig’i-Gurxonga soliq to’lab turishlari lozim bo’lgan. Qoraxitoylar qoraxoniylarning ichki ishlariga aralashmaganlar, ularning poytaxti ilgarigidek Bolasag’un davlati hisoblangan.
1137-yildan boshlab kidanlar Qoraxoniylar yerlarini ishg‘ol eta boshlashdi.1141-yili 9-sentyabr kuni Samarqand yonidagi Katavon cho‘lida kidanlar bilan Sulton Sanjar qo‘mondonlik qilgan qoraxoniylar va saljuqiylarning qo‘shini o‘rtasida katta jang bo‘ldi. Manbalarda keltirishicha, tarixga “Katavon jangi” nomi bilan kirgan mashhur to‘qnashuvda qo‘shinlar ikki tarafdan kelgan shiddatli sel oqimlari kabi bir-biriga kelib urilishdi.
2.2. Qoraxitoylar davlatining tugatilishi
Xitoy imperiyalarining ulkan armiyalarini parchalab tashlash hadisini olgan kidanlar musulmonlar lashkarining zaif tomonlarini tezda ilg‘ashdi. Qoraxitoylar jang uslubida rang-baranglik ko‘p edi. Ular xitoy bayramlarida ishlatiladigan, qattiq ovoz chiqarib portlaydigan mushaklarga ega edilar. Garchi arzimasdek tuyulsada, bu davrda paqqillab otlarni hurkitadigan, bexabar raqibni o‘takasini yoradigan bu xil vositalarning qo‘llanilishi o‘z zamoni uchun katta voqea edi.
Gurxon Elyuy Tosh qo‘shini Samarqandni egalladi. Biroq shaharda talonchilik yoki zo‘ravonlik yuz bermaydi. Bu masalada arab tarixchisi Ibn al-Asir bergan ma’lumot ahamiyatlidir: “Qachon u (Gurxon-M. E.) Xitoydan Turkiston tomon yurishni boshlaganda uning qo‘shiniga turk-xitoy jangchilari kelib qo‘shilishdi. Ular Xitoydan undan oldin chiqishgan bo‘lib, Turkiston hukmdorlarining xonligida xizmat qilar edi… Ular Turkiston mamlakatini hukmdori bo‘lishgach, biror kentni egallashganlarida uning aholisi uchun hech narsani o‘zgartirmas edi. Faqat shahar va qishloqdagi har uydan bir dinordan o‘lpon olishar edi, xolos. Ekin-tekin uchun ular aholiga sharoit yaratishar edi.” Bu musulmon tarixchisining e’tirofi. Gurxon Elyuy Tosh tanti va mard edi. U qo‘lga olingan bir qancha beklarga, amir Qumg‘achga, Samarqandning oldingi hokimi Arslonxonning qizi bo‘lgan Sulton Sanjar xotiniga, mashhur fiqh olimi, hanafiy mazhabining yetakchilaridan Husam ibn Abdulaziz al-Buxoriy kabilarga zarar yetkazmasdan hammasiga erkinlik berdi. Vaholanki, Gurxon musulmon emas edi, boshqa din vakillariga qarashmaganda ham uni balki tushunish mumkin edi. Eluy Tosh Turonning boshqa boy o‘lkalariga yurish qilmadi, Samarqand va Buxoro bilan qanoatlandi, xolos.” Dahshatga tushgan Xorazmshoh tezda Gurxonning oldiga odam yuborib, uning hokimiyatini tan olganligini va yiliga 30 ming oltin dinor to‘lab turish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Kidanlar davlatining g‘arbiy chegarasi Amudaryoning ustidan o‘tar edi. Eng janubiy hududlar Balx, Termiz va Xutan edi. Sharqda vassal bo‘lgan Sharqiy Turkiston, shimolda Balxash ko‘li va Chu daryosi bilan chegaralanar edi. 1219 yili Turonga kelgan Eluy Chutsay Kidanlar davlati “bir necha ming li (1li-500 metr)” hududda bo‘lganligi, uning zamondoshi Chan Chun esa “barcha tomonlari 10 ming li” bo‘lganligi, xitoy tarixchisi Din Syan qoraxitoy gurxonlari “eni” 6 ming li, “uzunligi” 7 ming li bo‘lgan hududni o‘z nazoratida ushlaganliklarini keltirishgan. Turkiston kidanlarga begona emas edi, xitoylashgan turkiylarni bu yerda qoraxitoylar deb atashardi.Amalda “G‘arbiy Lyao”ning “uzunligi” 6 ming li, “eni” 3 ming li bo‘lgani haqiqatga yaqinroq.Vaqti soati yetgan Eluy Tosh vasiyatida o‘g‘li – yosh shahzoda ulg‘aygunga qadar uning onasi Gurxon vazifasini bajarishini qonunlashtirdi. Kidanlarning xotin boshqaruvidan norozi bo‘lgan asosiy qismi hoqonlikdan chiqib, dovon ortiga o‘tib ketadi va mahalliy qabila bilan birlashib, u yerda alohida elning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladilar”9.
___________________________________
9.wikipedia.org
Bu ulus tomirlarida Buyuk Xitoy imperatorlarini bo‘y egdirgan g‘olib hoqonlar qoni oqayotganligini juda yaxshi bilgan nayman deb ataluvchi kuchli el bo‘ldi. Kidanlar an’anasiga binoan sakkiz el birlashmasidan iborat bo‘lganligi uchun naymanlarni ayrimlar “sakkiz o‘g‘uz” eli deb ham atashdi. 1143- yili bosh shahri Qayloq shahri bo‘lgan Nayman davlatining ilk xoqoni Inonch Bilkabug‘axon bo‘ldi. o‘arb missionerlarining tan olishlaricha, Qayloq shahrida nasroniy cherkovi, musulmon masjidi va buddaviy butxona bir vaqtning o‘zida faoliyat olib borgan ekan.Bu ulus tomirlarida Buyuk Xitoy imperatorlarini bo‘y egdirgan g‘olib hoqonlar qoni oqayotganligini juda yaxshi bilgan nayman deb ataluvchi kuchli el bo‘ldi. Kidanlar an’anasiga binoan sakkiz el birlashmasidan iborat bo‘lganligi uchun naymanlarni ayrimlar “sakkiz o‘g‘uz” eli deb ham atashdi. 1143- yili bosh shahri Qayloq shahri bo‘lgan Nayman davlatining ilk xoqoni Inonch Bilkabug‘axon bo‘ldi. o‘arb missionerlarining tan olishlaricha, Qayloq shahrida nasroniy cherkovi, musulmon masjidi va buddaviy butxona bir vaqtning o‘zida faoliyat olib borgan ekan.
“O’z davrida Movaraunahr va O’rta Osiyo Qoraxitoylarning siyosiy tazyiqi ostida bo’lgan.Qoraxitoylar bilan ayniqsa Xorazmshohlar nomi uzviy bog’liq,sababi bilamizki Xorazmshox El-Arslonning ikki o’g’li ham ulardan yordam olib turishgan.Sulton Takash Qoraxitoylar qo’shini yordami bilan ukasi Sultonshoh Mahmuddan Xorazm taxtini qaytarib olgan”10.”Oradan vaqt o’tgach Sultonshox Mahmud akasidan Xorazmshoxlar taxtini qaytarib olish uchun Qoraxitoylardan qo’shin so’raydi.Qoraxitoylar maliksi uni iltimosini rad qilmaydi va Sarkarda Fuma boshcholigida qo’shinni uning ixtiyoriga topshiradi.Lekin bundan xabar topgan Sulton Takash Amudayo to’g’onlarini buzib,Xorazmga keladigan yo’llarni suvga botiradi”11.
Natijada Qoraxitoylar va Sultonshox Mahmud Xorazmga yetmay ortga qaytishga
___________________________
10.Ziyo Musa o’g’li Bunyatov”Xorazmshox Anushtegeniylar tarixi”,Toshknt,2012-yil,163-b,
11.O’sha kitob 165-166-b,
majbur bo’lishadi.”Keyinchalik Xorazmshoh Alouddin Muhammad davrida 1210-yilning fevralida Talos vodiysida Qoraxitoylar bilan qaqshatgich jang bo’ladi.Jangda Xorazm askarlari katta talofat ko’rsada jangda Qoraxitoylar ustidan g’alabaga erishadi.Bu jangda Xorazmliklarga Qarluqlarning birlashgan qo’shini yordam beradi.Jang oxirida Qoraxitoylar qo’mondoni Tayangu asir olinadi.Qoraxitoylar shu jangdan so’ng o’zini qayta o’nglay olmaydi.Ayrim manbalarga ko’ra Qoraxitoylar imperiyasi 1213-yilgacha faoliyat yuritgan.Mo’g’ullarning kuchayishi bilan Qoraxitoylar imperiyasi inqirozga yuz tutadi”12.
___________________________
12.R.shamsutdinov,Sh.Karimov”Vatan tarixi”,2010yil,216-217-b,
Xulosa
Ushbu kurs ishimda Qoraxitoylar Davlatining tashkil topishi va ularning mavaraunnahrga istilochilik yurishlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tdim.Ayniqsa ularning Xorazmshoxlar bilan munosabatlari haqida to’xtalib o’tdim.Qoraxitoylar davlati o’z davrining yirik imperiyalaridan biri bo’lgan.Qoraxitoylar davlatining zaiflashuvi,Xorazmshox Alouddin Muhammadning ularga bergan zarbasi ularni qayta tiklanmas darajada zaiflashuviga olib keldi.Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra Xorazmshohning bu qilgan ishi Xorazmshoxlar davlatining inqirozi bo’lgan sababi o’sha paytda Qoraxitoylarning yonginasida kuchayayotgan mo’g’ular balosidan saqlovchi yagona kuch bu – Qoraxitoylar edi.Sababi Qoraxitoylar o’sha paytda hali endi rivojlanayotgan Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ulardan Xorazmni himoya qiladigan tog’ fazifasini bajarib turgan edi.Aloudin Muhammadning noto’g’ri siyosati ufayli ikkala davlat ham inqirozga yuz tutdi Xulosa qilib aytganda Qoraxitoylar davlati o’z davrida katta hududlarni birlashtirgan.Uning hududlari g’arbiy Xitoy,qisman Mo’guliston,Sharqiy Turkiston,Movaraunnahr hududlari kirgan.Inqirozga yuz tutgan Qoraxitoylarning qismatiga 1213-yilda nuqta qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |