O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti «tarbiyaviy ishlar metodikasi»


Ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishda individual ta’lim prinsiplari



Download 231 Kb.
bet6/7
Sana06.02.2022
Hajmi231 Kb.
#433638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya tizimida samaradorlikga erishish usullari(Ozoda)

Ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishda individual ta’lim prinsiplari.
Har qanday ta’lim o`quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xohish istagiga, ehtiyojiga qaratilmog`i kerak. Ya’ni ta’limni individuallashtirishga qaratilmog`i talab etiladi.
Endi ta’limni individuallashtirish nima? Degan savolga javob beraylik:
- ta’lim jarayonini individuallashtirish shunday o`qitish usuliki, bunda har bir o`quvchi o`quv jarayonida faol ishtirok etib, o`quv-biluv jarayoniga shaxsiy hissa qo`shishi hisobga olinadi;
- ta’lim jarayonini tashkil eishda o`qituvchining uslubiy yondashuvi, tezkorligi, o`quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi;
- o`quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib borishda o`quvchi shaxsi o`quv-biluv markazida bo`ladi.
• Individual yondashuv nima?
1. Guruhlarda ishlaganda, o`quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etganda har bir o`quvchi bilan yakkama-yakka ishlaganda ularning shaxsiy xususiyatlari doimo o`qituvchi diqqat markazida turmog`i, hisobga olinmog`i kerak.
2. O`quvchi bilan muloqot olib borganda ham, uning o`ziga xosliklari diqqat e’tiborda tutilishi kerak.
3. Ta’lim jarayonida ham, uning qobiliyati, imkoniyatlari nazarda tutilishi kerak.
4. Pedagogik psixologik jarayonlarni olib borishda o`quvchining shaxsiy rivojlanish darajasini ko`zda tutish zarur.
Individuallashgan ta’lim prinsiplari:
- Individuallashtirish - O`quv jarayonining bosh strategiyasidir.
- O`quv jarayonini individuallashtirish orqali shaxsni rivojlantirish ta’minlanadi.
- Har bir o`quv predmetini o`qitshni individuallashtirish orqali amalga oshirish kutilgan natijani kafolatlaydi.
O`qitish shakllarini individuallashtirish bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi.
- Individuallashgan ta’lim o`quv jarayoni sifat va samaradorligini ta’minlaydi.
- Individuallashgan ta’limda ko`nikma, malaka, bilim olish o`quvchining qiziqishi asosida kechadi.
- Mustaqil ishlay olish o`quvchining umumo`quv ko`nikmasini rivojlantiradi, taraqqiy ettiradi.
Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o`quvchining o`quv mazmunini o`zlashtirishga yo`naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug`ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog`lik.
Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o`quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko`rsatish mumkin.
• O`quvchi o`qitilmaydi, uni mustaqil o`qish, o`rganish ishlashga o`rgatiladi.
• Bunda o`quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o`zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o`rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o`z pozitsiyasini himoya qila olish ko`nikmalari shakllantiriladi.
• O`quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish, imkoniyati yaratiladi.
O`quvchini darsliklar bilan ishlash, o`qish, o`rganish, konspekt yozish, qo`shimcha adabiyot, spravochniklardan foydalanib mustaqil o`zlashtirish ko`nikmalarini egallashga o`rgatiladi.
• Sinfdagi barcha o`quvchilarning o`z qobiliyatlari darajasida albatta o`zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o`quvchining o`zlashtirganligi olgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko`nikma va malakalari bilan belgilanadi.
• Barcha o`qituvchi-o`quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o`rganib, uni o`z o`quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o`quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar.
• Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda:
1. O`quvchining o`zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko`nikmalari shakllanadi.
2. O`quv reja, dastur, darslik, standart me’yor, qo`llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi.
3. Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o`zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi.
4. O`quvchi erkin fikr bildirish, o`z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.
5. Eng muhimi o`quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni o`quvchining ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. O`quv-biluv jarayonida o`quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o`quvchini o`quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko`taradi.
Xulosa.
Tarbiya muhit kabi inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiyaning xususiyati shundaki, u aniq maqsadni ko’zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida tarbiyachi rahbarligida muntazam amalga oshirib boriladi.
Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
Inson kamoloti irsiyat yo’li bilan orttirilgan va tabiiy layoqatlar bilan belgilanib qolmay, balki butun hayoti davrida uni qurshab olgan voqelik ta’sirida orttirgan xususiyat va sifatlar bilan ham belgilanadi.
SHubhasiz tarbiya odamning ko’zi, sochi, terisining rangiga, uning badani tuzilishiga ta’sir eta olmaydi, lekin jismoniy taraqqiyotga ta’sir etishi mumkin. CHunki maxsus tashkil etilgam jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtiriladi. Insonning tabiiy qobiliyati faqat tarbiya orqali, uni ma’lum bir faoliyat turiga jalb qilish orqali rivojlanishi mumkin.
Ma’lumki, bola layoqatini rivojlantirish, uni qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o’stirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlar faqat tarbiya natijasida orttiriladigan fazilatlardir. Garchand inson kamolotiga ta’sir etadigan omillar bir qancha bo’lsa ham, lekin maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachi rahbarligida amalga oshiriladigan tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi. CHunki, birinchidan, tarbiya ta’sirida turli fazilatlar o’zlashtiriladi va bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil qilinadi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish yoqi bartaraf qilish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. SHu tufayli, u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rolь o’ynaydi. Inson kamol topishida maktabning ahamiyati katta. Bblalar maktabga qadam qo’yar ekan, ular o’quv mehnati bilan band bo’ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarini egallash bilan birga, ularda sekin-asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi. O’qituvchi- tarbiyachilarning rahbarligida insonga xos bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Tarbiyaviy ishlarni reja asosida tashkil etish, bolani tarbiyalashda oilaga har vaqt yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchisining oilaviy sharoitidan xabardor bo’lishi, pedagogik maslahatlarga, yordamga muhtoj bo’lgan oilalarga yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo’sh vaqtini kimlar bilan va nimalar bilan mashg’ul bo’lib o’tkazayotgani ahamiyatsiz emas. Chunki o’z holiga tashlab qo’yilgan bola ko’chaning salbiy ta’siriga berilib ketishi mumkin.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.
2. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. 3. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda.
4. Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi.
5. An’anaviy pedagogik ta’lim mazmuni va tashkil etishi jixatidan aniq o‘quv fani bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi an’anaviy tizimda, faoliyatli yondashuv asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayon yotadi va bu jarayonda ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar sub’ekt-ob’ekt tarzida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda sub’ekt-o‘qituvchi ma’lum chegaralangan sharoitda bo‘lib, uning faoliyatini o‘quv reja va o‘quv dasturi boshqaradi va hamda munosabatlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ob’ekt-talaba ma’lum darajadagi bilim hajmi bilan chegaralangan.
6. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
7. O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
8. Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
9. Umuman olganda ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.
Xulosa shuki, bunday sharoitda o`qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak.
Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o`quvchi shaxsini rivojlantirishni o`ziga-o`zi zamin yaratishdan boshlash kerak.
Ya’ni o`quvchi:
- O`zi mustaqil mutolaa qilish, o`qish asosida bilim olishga;
- O`zini-o`zi anglab yetishga, anglab tarbiya topishga;
- O`z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;
- O`quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga;
- O`z faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, har bir minutni g`animat bilishga;
- O`quv mehnatiga o`zida xohish-istak uyg`ota olishga;
- Har qanday vaziyatda faollik ko`rsata olishga;
Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o`rganmog`i zarur.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o`quvchining o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida o`z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir.
Keyingi vaqtlarda o`qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol usulda o`qitsh nima uchun zarur? Bu usul qachondan o`quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o`quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish