O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona xizmatlarining nisbiy sifati profili



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

Mehmonxona xizmatlarining nisbiy sifati profili: 
a-joylashgan  o‗rni;  b-ovqatlantirish  sifati;  v-xavfsizlik;  g-xodimlarning  kasbiy  layoqati  darajasi;  d-
qo‗shimcha  xizmatlar  taklifi;  e-nomerlar,  hojatxona,  dushdagi  tozalik;  j-xodimlarning  xushmuomalaligi  va 
iltifotliligi;  z-telYevizor,  video,  audio  apparaturaning  ishlashi;  i-osoyishtalik  va  qo‗shnilarning  xulq-atvori;  k-
nomerdagi mebel. 
«Sifat»  tushunchasini  iste‘molchi  nuqtai  nazaridan  juda  ko‗p  mualliflar  ko‗rib 
chiqqanlar. Chunonchi, F. Tatarskiy: «Sifat o‗z holicha mavjud bo‗lishi mumkin emas, u 
faqat  muayyan  iste‘molchilarning  muayyan  talablariga  nisbatan  mavjud  bo‗ladi»,  deb 
qayd  etadi.  J.  Xarington  bu  tushunchaga  shunday  ta‘rif  beradi:  «Sifat  –  iste‘molchida 
tug‗ilgan ehtiyoj uning qurbi etadigan narxda qondirilishi. Yuqori sifat – iste‘molchining 
ehtiyoji  u  mo‗ljallaganidan  past  narxda  va  kutganidan  ham  ziyoda  tarzda  qondirilishi 
demak».  Shu  nuqtai  nazardan  amerikalik  iste‘molchilar  mahsulotga  baho  berishda 
tayanadigan formula diqqatga sazovor: 
                                Sifat 

 Ishonchlilik 

 Xizmat ko‗rsatishda qulaylik 
Qimmat

 

 
                                                 Narx  
Shunday  qilib,  iste‘molchi  talabining  qondirilishi  faqat  sifat  bilan  belgilanmaydi. 
Talabning qondirilishi – narx va foydani tahlil qilish, aniqroq qilib aytganda, sifat bilan 
narxni  taqqoslash  natijasidir.  Xizmatlar  ko‗rsatish  sohasida  ko‗pincha  sifat  yuqori 
bo‗lishiga qaramay, iste‘molchi norozi bo‗lib qoladi. Bunda norozilikning sababi – narx.  
Ayni  vaqtda,  bu  iste‘molchining  ehtiyojini  boshqa,  arzonroq  mahsul  qondiradi. 
Misol  uchun,  mehmonxonada  bir  o‗rinli  nomerni  bronlashtirish  vaqtida  mijozga  u 
yashashni  mo‗ljallagan  davrda  faqat  kunlik  bahosi  220  dollar  bo‗lgan  lyuks  toifasidagi 


 

74 
nomerlar  bo‗sh  bo‗lishi  haqida  ma‘lumot  beriladi;  bir  kunlik  bahosi  45  dollar  bo‗lgan 
iqtisodiy toifa nomerlari va bir kunlik bahosi 62 dollar bo‗lgan biznes toifa nomerlari bu 
davrga to‗la bronlashtirilgan.  
Mijoz  lyuks  nomeriga  joylashganida  unga  ko‗rsatilishi  mumkin  bo‗lgan  xizmatlar 
sifatining  yuqoriligidan  qat‘iy  nazar,  u  taklifdan  qanoatlanmaydi,  binobarin,  taklif 
qilingan nomerni xarid qilish to‗g‗risida qaror qabul qilmaydi va o‗zi xohlagan pirovard 
natijaga  erishishning  boshqa,  nisbatan  arzon  yo‗lini  topishga  harakat  qiladi  –  boshqa 
mehmonxonalarga murojaat etadi.  
Xizmatlar  ko‗rsatish  sohasida  iste‘molchi  «sifat-narx-natija»  nisbatini  muttasil 
tahlil qiladi. Bu xizmatlar sifatini boshqarishda «narxning sifati» tushunchasini qo‗llash 
zarurligi to‗g‗risida so‗z yuritish imkonini beradi.  
«Xizmatning  sifati»  tushunchasiga  quyidagi  qismlardan  tashkil  topgan  kompleks 
deb qarash ham mumkin: 

  salohiyat sifati (texnik sifat); 

  jarayon sifati (funksional sifat); 

  madaniyat sifati (ijtimoiy sifat). 
Salohiyat  sifati  yoki  texnik  sifat  mehmondo‗stlik  korxonalarining  ishlab  chiqarish 
holatiga  tegishli  mezonlardan  tashkil  topadi.  Mehmonxona  xizmatlariga  nisbatan  bular 
mehmonxona  nomerlari,  restorandagi  ovqatlar,  ijaraga  beriluvchi  avtomobillar, 
kommunikatsion texnika sifati va h.k. Iste‘molchi mehmonxona xizmatini xarid qilgunga 
qadar uning texnik sifatiga qisman baho berish imkoniyatiga ega. 
Funksional  sifat  –  mehmonxona  xizmatlari  ko‗rsatish  jarayonining  sifati.  Bunda 
iste‘molchi mehmonxona xodimlari bilan bevosita aloqaga kirishadi (nomerni bronlash, 
resepsiya  bo‗limida  hujjatlarni  rasmiylashtirish,  mijozni  nomerga  kuzatib  qo‗yish, 
bagajni  etkazish,  har  xil  xizmatlar  ko‗rsatish  va  h.k.).  Funksional  sifatning  yuqoriligi 
mijoz  umidini  uncha  oqlamagan  nomerdan  olingan  tassurotni  yaxshilashi  mumkin. 
Biroq,  agar  funksional  sifat  past  bo‗lsa,  hatto  mehmonxonadagi  eng  yaxshi  nomer ham 
ko‗rsatilgan xizmatdan qoniqmaganlik hissini o‗nglay olmaydi.  
Ijtimoiy  sifat  –  mehmonxona  xodimlarining  xulq-atvori  va  mehmonlarga  nisbati 
bilan  belgilanuvchi  madaniyat  sifati.  Xodimlarning  xushmuomalaligi,  jonkuyarligi  va 
seriltifotligi ijtimoiy sifatning muhim mezonlaridir.  
Sifatli  xizmat  ko‗rsatishga  katta  e‘tibor  beruvchi  chet  el  mehmonxonalarining 
aksariyatida  mijozlarning  shikoyatlari  sifat  mezoni  deb  olinadi.  Bu  umumiy  sifat  uch 
tarkibiy  qismining  qaysi  biri  yuzasidan  ko‗proq  shikoyat  qilinganligini  baholash 
imkonini beradi. Mutaxassislar guvohlik berishicha, mazkur mehmonxonalarda 70% dan 
ko‗proq  hollarda  mijozlar  jarayon  va  madaniyatning  sifatidan  shikoyat  qiladilar. 
Salohiyat  sifati  bu  erda  ancha  yuqori  darajaga  etgan  va  mijozlarni  qanoatlantiruvchi 
«narx-xizmat» nisbatiga erishilgan.   

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish