tashkil qilish uslublari.
2. Jismoniy tarbiya darsini tayyorlov qismida qo‘llaniladigan dars
vositalaridan o‘rinli foydalanish tartibi.
3. Jismoniy tarbiya darsini asosiy qismida dars vositalaridan foydalanish
usullari tartibi.
4. Jismoniy tarbiya darsini yakuniy qismida dars vositalaridan foydalanish
usullari va tartibi.
Misol uchun: Engil atletika bo‘yicha jismoniy tarbiya darsini o‘tkazish
metodikasi
Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, snaryadlar, zarur anjomlarni tayyorlash, dars
maqsadi va vazifalariga qarab darsning tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarini
o‘tkazish. Darsga yakun yasash va mustaqil tayyorgarlik topshiriqlarni taqdim etish.
O‘rgatish an’anaviy sxema bo‘yicha o‘tkaziladi: vazifalar, ularni hal etish
vositalari, usuliy ko‘rsatmalar.
1-vazifa. Barerlar osha yugurish to‘g‘risida tasavvur hosil qilish. O‘rgatish
qisqa barerli masofadan boshlanadi, 400 metrlimasofani o‘zlashtirishga keyinroq
kirishiladi.
Vositalar. Malakali barerchining 3-4 barer osha yugurish texnikasi namoyish
qilinadi, videoyozuvlar, kinomateriallar
ko‘rsatiladi.
2-vazifa. Barerlar orasida uchta yugurish qadamini bajaribularni oshib
o‘tishga o‘rgatish (ritmni o‘zlashtirishlar). Bu vazifaniamalga oshirish ko‘p jihatdan
barerlarning balandligi vajoylashtirilishi, startdan birinchi barergacha hamda
barerlarorasidagi masofaga bog‘liq.
Vositalar.
1. Yo‘lkacha bo‘ylab belgilarga qarab yugurib o‘tish,bunda birinchi belgiga
qadar 4, 6 qadam, belgilar orasida 3 qadam,belgi ustidan o‘tayotganda esa
uzaytirilgan yugurish qadaminibajarib, oyoqni tez tayanchga qo‘yish.
2. 30-40-50 sm balandlikdagi o‘quv barerlarini oshib o‘tish.
3-vazifa. Barerni oshib o‘tishda oyoqlar, qo‘llar va gavdaharakatlarini
o‘rgatish.
Vositalar.
1. Siltanuvchi oyoqning vertikal tayanchga hujumharakatlarini taqlidan
bajarish.
2. Baland tayanchda turgansiltanuvchi oyoqqa egilish.
3. Itariluvchi oyoqni barer ustidan olibo‘tish.
4. Og‘ma planka bo‘ylab sirg‘alish bilan xuddi shuning o‘zinibajarish.
5. Barer yonida yurish. Siltanuvchi oyoq barer yonidan,itariluvchi oyoq esa
uning ustidan o‘tkaziladi. Barerlar orasida 2-2,5 m, 3 qadam bajariladi. Barerlar
miqdori – 3-5.
4-vazifa. Past start va startdan tezlik olish hamdabarerlarni oshib o‘tish
texnikasini o‘rgatish.
Vositalar.
1. 3-4 barerni yuqori startdan oshib o‘tish.
2. Xuddi shuning o‘zi past startdan.
5-vazifa. Barerlar osha yugurish texnikasi elementlarini takomillashtirish.
O‘rgatishning takomillashtirishga doir vazifalari har birmashg‘ulotda
takrorlanadi va asta-sekin o‘z ichiga qator vazifalaryig‘indisini, vositalar orqali
usuliy ko‘rsatmalar asosidatakomillashtirish jarayoniga aylana boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |