6.
Darsni material jihatidan ta'minlashni amalga oshiradi.
Bu rejada ishlar uch yo‘nalishda boradi: birinchidan, navbatdagi dars
materialini tuzish va uni takomillashtirish; ikkinchidan, mavjud snaryadlarni,
asbob-anjomlarni va jihozlarni tayyorlash; uchinchidan, o‘tiladigan dastur
bo‘limiga sharoitni yaratish.
Birinchi yo‘nalish quyidagilardan iborat bo‘ladi: dars oldidan mayda asbob-
anjomlarni tayyorlash, granatalar, obruchlar, ichi to‘ldirilgan to‘plar, gimnastik
tayoqlar, institut ustaxonasi sharoitida o‘qituvchi va talabalar kuchi bilan maydon
chiziqlarini yaxshilash; ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash, musiqaviy usullarni
tayyorlash, o‘quv kartochkalari, har xil texnik vositalar, nazorat va o‘z o‘zini
nazorat qilishga yordam beruvchi mashqning bajarilishi sifatida yaxshilashlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |