Darsning jihozlanishi: Naturmort reproduksiyalari, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar.
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Davomatni aniqlash
c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II- Uyga vazifani tekshirish
Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi
III-Yangi mavzuni o'rganish
E ng avvolo, natyurmort uchun kerakli narsalar tanlab olinadi. Ular havorang yoki yashil sirlangan (emalli) kastrulka, ikki-uch dona sabzi, sariq yoki jigarrang spool oiyola, ikkita sholg’om, bir necha kartoshka hamda ikki-uch dona yorqin qizil, zarg’aldoq va och pushti rangli matodan bo’lishi kerak. Qo’yilma uchun turli rangdagi va hajmdagi narsalar tanlab olinadi.
Natyurmortdagi narsalar soni 2 yoki 3 donadan iborat. Kompozitsiya jihatdan chiroyli, qiziqarli va yaxlitlikda bo’lishi zarur.
Sopol ko’za va sabzavotlardan tuzilgan naturmortning
tomonlaridan biri tasvirlanayotgan narsalarning fazoviy joylashishidir. Buyumlarning kattaroqlarini orqada, maydalarini esa oldinroqda joylashtirib, biri ikkinchisini ozroq berkitib turadigan holda qo’yamiz.
Qog’oz yuzasida naturmortning umumiy o’lcham mutanosib- liklarining umumiy kengligi va balandligi yengil chiziqlar bilan belgilanadi. Har bir narsaning umumiy shakli, alohida qismlarning nisbiy o’lchamlari topiladi. Har qaysi buyumning o’ziga xos shakli, katta-kichikligi va turgan o’rni aniq topilgandan keyin, ularning tuzilishi tahlil qilinadi, sinchiklab kuzatiladi. Shakllardagi mayda perspektiv qisqarishlar ham aks ettiriladi.
Bosqichli o’quv naturmorti.
Buyum tasvirlarini surat tekisligida joylashtirish vaqtida ulami asoslarini, ya’ni ko’rinmas qismlarini ham to’liq chizish kerak. Sunday qilinganda ba’zi narsalarning «muallaq» holatda bo’lishi bir narsaning ikkinchisiga «o’yib» kirgandek bo'lib qolishiga yo’l qo’yilmaydi. Naturmortni qalamda ishlab bo’lgach, rang berishga o'tiladi .
Naturmort rangtasvirini bajarishda keng tarqalgan ish uslubidan foydalanamiz. Bu lessirovka deb ataladi - bo’yoq qatlamlarini ustma- ust qo’yish degani. Bo’yoqning suyuq eritmasini tayyorlab olib, qog’ozga qatlam tarzida surtilganda tagidagi qog’oz tovlanib turadi. Bir sidra qo’yilgan bo’yoq qatlami qurigach, ustidan boshqasi sur- liladi, ostki qatlamning ko’rinib turishi tufayli yangi rang tusi hosil
bo’ladi. Qatlamlar soni ko’paygan sari rang tobora boyib, ta’sirchan- ligi kuchayib boradi.
Akvarel bo’yog’i bilan ishlashni boshlash tasvirning oq joyini belgilashdan boshlab, qolgan hammasi suyuq bo’yoq eritmasi bilan qoplab chiqiladi. Soyalarni birdan qoraytirib yubormasdan asta-sekinlik bilan bir qatlam qurigach ikkinchisini surtish kerak.
Oxirgi bosqichda ingichka mo’yqalam bilan bo’laklarni ishlab chiqish, narsalarning asoslari yonidagi soyalarni biroz to’qlashtirsak naturmortning yaxlit va hamohang ko’rinishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |