O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Sug„urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining xorij



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
12.3. Sug„urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining xorij 
 tajribasi
Rivojlangan 
mamlakatlarning 
investitsiya 
bozorlarida 
sug‗urta 
kompaniyalarining olgan daromadlari ayrim sug‗urtalash turlari bo‗yicha sug‗urta 
operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini 
bermoqda. Shu nuqtai nazardan sug‗urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali 
olib borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek sug‗urtalovchi sug‗urta operatsiyalarini amalga oshirishi va 
investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi 
mumkin
19

Bunday daromadning manbalari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
depo mukofotlar hisobiga o‗tkazilgan foiz summalari; 
-
regress tartibida olingan summalar; 
-
asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
foyda; 
-
ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar; 
19
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.


172 
-
sug‗urta zahiralarining qaytim summalari; 
-
o‗qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‗yicha undirilgan to‗lovlar 
hisoblanadi. 
Sug‗urtalovchining sug‗urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan 
daromadlari asosan o‗z filiallariga ish qog‗ozlarini (hisobot blanklari va shu 
kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi «maxsulot»ini reklama qilish kabilar 
hisobiga olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham daromadlarini 
shakllantiradi. 
Sug‗urtalovchilar tomonidan yig‗ilgan sug‗urta mukofotlar, ularning 
jamg‗arma hajmini oshiradi. Shu bilan birga ularning biznesni yuritish bilan 
bog‗liq xarajatlar, da‘vo va aksiyador dividentlariga sarflangan to‗lovlar 
jamg‗arma hajmini kamaytiradi. Sug‗urtalovchi ko‗p yil davomida faoliyat 
ko‗rsatish uchun jamg‗armani yildan-yilga mustahkamlab borishi zarur
20
. Shu 
bilan birga kompaniya menejerlari bu mablag‗larni bank depozitida ma‘lum foiz 
olish maqsadida ushlab turishadi. Agar menejerlar jamg‗arma mablag‗larini bank 
kabi turli ob‘ektlarga investitsiya qilsalar, ular katta daromad olishlari mumkin. 
Bank foiz to‗lash imkoniyatiga ega bo‗lgan mijozga berishi ham mumkin. 
Mijozdan olingan pul mablag‗lari omonatchi to‗lovini va bank xarajatlarini 
qoplashi lozim. Shuningdek sug‗urta jamg‗armaning menejerlari bevosita qar 
berishi mumkin. Sug‗urtalovchilar bank bo‗lmaganligi tufayli ular bu ishni 
aksiyalar sotib olish orqali amalga oshiradi. 
Sug‗urtalovchilar o‗zlari mas‘ul bo‗lgan jamg‗armalar mablag‗larini boshqa 
usul bilan ham joylashtiradilar. Masalan ijaraga berish va ob‘ektlarni qurish, 
shuningdek turli moliyaviy instrumentlarni ishlatish usullari orqali amalga 
oshiradilar. 
1979 yildan boshlab, rivojlangan mamlakatlarda yangi tashkil etilgan 
sug‗urta kompaniyalarga bir vaqtning o‗zida umumiy sug‗urtalash va hayot 
sug‗urtasi bilan shug‗ullanish taqiq etilganligi to‗g‗risida qonuni harakatga tushishi 
bilanoq, ko‗p tarmoqli sug‗urta kompaniyalar faoliyatining ikki turini alohida 
20
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003. 


173 
alohida olib bordi. Chunki mazkur sug‗urta jamg‗armalar mohiyatan bir-biridan 
farqlanadi. Hayot sug‗urtasi bilan bog‗liq mablag‗lar uzoq vaqt davomida 
yig‗iladi. Agar jamiyat barqaror bo‗lib jamg‗arma oqilona boshqarilsa, unda 
jamg‗armaning faqat oz qismi to‗lovlarga sarflanadi. Shunday qilib hayot 
sug‗urtasi jamg‗armasining boshqaruvi uzoq muddatli xususiyatiga ega. Demak 
uning mablag‗larini qisqa vaqt ichida foyda keltirmaydigan, masalan, aksiyalarga, 
ko‗chmas mulkka va boshqa yo‗nalishlarga jalb qilish mumkin (bunday holatda 
mablag‗lar besh yigirma besh yillar davomida kapital o‗sishini va yaxshi daromad 
kelishini ta‘minlaydi). Agar bunday investitsiyalar yuqori likvidli instrumentlarga 
bo‗lgan qurilmalar bilan balanslangan bo‗lsa, unda qurilmalarning barchasi 
(portfel) hayotni sug‗urtalash bo‗yicha kompaniyalarning investitsion siyosatini 
optimallashtiradi
21

Sug‗urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarda bo‗lgan Buyuk Britaniyada ancha taraqqiy etgan. Shunisi diqqatga 
sazovorki, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‗rsatuvchi barcha sug‗urta 
tashkilotlari sug‗urtaning qaysi tarmog‗ida faoliyat ko‗rsatishiga qarab aktiv 
va majburiyatlar bo‗yicha alohida hisob-kitob ishlarini yuritishadi. 
Sug‗urtaning 
bu 
tarmoqlaridah 
faoliyat 
yurituvchi 
sug‗urta 
tashkilotlarining bo‗sh mablag‗larini investitsiyaga yo‗naltirishda alohida 
talablar qo‗yilgan. Chunki, hayot sug‗urtasi odatda uzoq muddatli bulib, unda
sug‗urta zahiralarini uzoq muddatli investitsiya ob‘ektlariga joylashtirish 
mumkin. Buyuk Briganiyadagi har bir sug‗urta tashkiloti o‗zining investitsiya 
dasturlariga ega. Moliyaviy bozorning rivojlanishi natijasida sug‗urta 
tashkilotlarining investitsion siyosatida jiddiy o‗zgarishlar yuz berdi. Shunday
bo‗lishiga qaramasdan, hozirgi paytda Buyuk Britaniya sug‗urtalovchilari o‗z 
investitsion faoliyatlarini amalga oshirishda o‗tgan asrning 40 yillarini oxirida
London aktuariylar instituti tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarga asoslanib 
olib boradilar. 
21
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003. 


174 
Buyuk Britaniyada uzoq muddatli hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanuvchi 
kompaniyalar quyidagi tamoyillarga rioya etishlari shart: 
-
investitsiya faoliyatining maqsadli sarflangan kapitalni saqlanishini 
kafolatlagan holda yuqori darajada daromad olishdan iborat bo‗lishi; 
-
investitsiya mablag‗lari turli-tuman ob‘ektlarga joylashtirilishi va bunda 
iqtisodiy va siyosiy omillarning salbiy ta‘sirini mumkin bo‗lgan darajada kamaytirishni 
hisobga olish; 
-
sug‗urta tashkiloti elgusida iqtisodiyotda va siyosatda ehtimol tutilgan 
o‗zgarishlarni hisobga olgan holda o‗z investitsiya dasturlarini ishlab chiqishi; 
-
sug‗urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati istiqbolli, iqtisodiy va ijtimoiy 
loyihalarga mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. 
Sug‗urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatidagi asosiy tamoyillaridan 
biri investitsiya mablag‗larining likvidligini ta‘minlashdir. 
Investitsiyalar bo‗yicha sug‗urta kompaniyalarining menejerlari doimo 
yuqori daromad olishdan manfaatdor bo‗lganligi tufayli yo‗naltirish ko‗zda 
tutilgan investitsiyalar ishonchlilik nuqtai nazarda ko‗rib chiqishni maqsadga 
muvofiq deb biladilar. 
Umuman olganda hayot sug‗urtasi jamg‗armalari investitsiyalarning 
quyidagi holatlarini qayd etish mumkin
22

-
shartnomalar uzoq muddatli bo‗lishi lozim: qo‗yilgan xatolar 
sug‗urtalanganlarga zarar keltiradi. shuning uchun sug‗urta mukofotlarining 
tushishi barqaror va doimiy bo‗lishi lozim;
-
xarajatlar ularning miqdori va vaqt doirasida taksimlanishiga nisbatan 
asosli va sinchkovlik bilan baholanishi lozim; ular favkulotda kerak bo‗lganda 
jamg‗armalarga murojaat etish xususiyatidan holi bo‗lishi lozim; 
-
inqiroziy risk ehtimolligi minimallashtirilishi lozim;
-
sug‗urta mukofotlari polis harakati davomida olingan foydani hisobga 
oladi. Hayot sug‗urtalash jamg‗armasi o‗zining to‗lovligini o‗z investitsiyalari va 
sug‗urta kompaniyalaridan tushgan mablag‗lar hisobidan qoplaydi. Shuning uchun 
22
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.


175 
ishlab topilgan mablag‗ sug‗urta mukofotlarini hisoblashda nazarda tutilgan 
summaga to‗g‗ri kelishi lozim; 
-
investsion siyosat anderrayting bo‗yicha faoliyat kabi muhimdir. 
Sug‗urtalanuvchilar manfaatida boshqariladigan hayot sug‗urtasining katta 
miqdordagi zahiralar umumiy sug‗urtalash kompaniyalarining zahiralaridan 
ancha ko‗pdir; 
-
shartnomalar uzoq muddadga ega bo‗lganligi sababli sug‗urta to‗lovlarini 
hiosob-kitob qilishda inflyasiya bilan bog‗liq jarayonlarni ham e‘tiborga olish 
lozim; 
-
kafolatlangan sotib olinuvchi annuitetlar va naqd pul bilan to‗lov
imkoniyati bor annuitetlar va daromad kuponlari investitsiyalarga nisbatan 
boshqacha yondoshuvni, masalan, katta likvidlilikni talab qiladi. 
Kompaniyalarning bunday xususiyati investitsiyalar sohasida ba‘zi bir 
oqibatlarini belgilab beradi
23

-
shartnomar uzoq muddadli (60 yildan ko‗proq muddat) bo‗lganligi sababli 
hayot sug‗urtasi jamg‗armalari oddatda o‗z mablag‗larini uzoq muddatli qimmali 
qog‗ozlarga kiritadi; 
-
hayot 
sug‗urtasi 
jamg‗armalar 
kompaniyalarning 
daromadlari
xarajatlaridan ko‗p bo‗lganligi sababli va barcha sug‗urta qoplamalar, zararlar va 
shu kabilar mukofot va investitsiyalardan kelgan daromad hisobidan to‗lanilishi 
sababli hayot sug‗urtasi jamig‗armalarini qisqaa muddatli qimmatli qog‗ozlarga 
kiritish kerakligiga talab qolmaydi:
-
aktuariylarning tarjibasi shundan dalolat beradiki, polislar bo‗yicha 
mas‘uliyat xaraktining tugatish muddatini investitsion prtfeldagi bitimlar 
harakatining tugatish muddatlari bilan kelishish hayot sug‗urtasi kompaniyalari 
uchun eng qulay siyosat hisoblanadi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish