Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchi va murabbiylikdir.
A.Karimov
REJA:
Nizo mazmuni, turlari va ulaming borishini aniqlash.
O’quv faoliyati sharoitidagi nizolar.
Pedagogik nizolar.
Nizolarning rivojlanish bosqichlari va uni bartaraf etish amallari.
Tayanch tushuncha va iboralar: Nizo, nizoli vaziyat,
shahsiy-guruhli, Pedagogik nizo, inqiroz; anglashilmovchilik; kutilmagan hodisa; zo‘riqish; psixika, Shaxslararo va guruhlararo nizolar, pedagogik va ma’muriy usullari
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy bilimlarga ega bo’lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yaxshi bilish kerak. Nizoli jarayon to’g'risida faqatgina hayotiy tasavvurlarga ega bo’lgan insonga nizodan foydalanish tehnologiyasi to’g'risida gapirish foydasizdir. Nizo - istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy o’zaro aloqalar shakli (sub’ektlar individ/guruh/o’z o’zi bilan- ichki nizolar holatlarida bo’ladi. "Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o’rtasida katta farq bor. Nizoli vaziyat - ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi - nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi. Ya’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi. Nizolarni to’rt turlari ko’rsatiladi:
ichki shahsiy - shahsning kuchi bo’yicha tahminan teng motivlari, qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi;
shahslararo - o’z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga oshirishga intiluvchi shaxslarni ifoda etadi;
guruhlararo - biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko’zlagan va ularni amalga oshirish yo’lida bir-biriga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi;
shahsiy-guruhli - shahsning hulqi guruh qoidalari va umidlariga mos kelmasligi holatlarida yuzaga keladi. Nizoni oldindan ko’ra bilish uchun avval
qandaydir qarama-qarshilik, kelishmovchilik mavjud bo’lgan hollarda yuzaga keladigan muammo mavjudligini aniqlab olish kerak. Shundan keyin, nizoli vaziyatning rivojlanish yo’nalishi aniqlanadi. Nizolarni hal qilishga ikki xil yondoshuv mavjud: - birinchisi - mavjud ilg'or pedagogik tajribalarni o’rganish; - ikkinchisi - nizolar rivojlanishi qonuniyatlari bilimlarini va ularni oldini olish va bartaraf qilish usullarini egallash; (ancha qiyin yo’l, ammo ancha samarali, chunki turli nizolar barchasiga bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatish mumkin emas). V.M.Afonkova nizolarga pedagogik aralashishning muvaffaqiyatliligi pedagogning qarashlariga bog‘liq bo’ladi deb ta’kidlaydi. Bunday qarashlar kamida to’rtta bo’lishi mumkin: • nizoga avtoritar aralashishi yondoshuvi - pedagog nizo - bu har doim ham yomon emasligi va u bilan kurashish kerakligiga ishonchi bo’lmagan holda uni bostirishga harakat qiladi; • neytralitet yondoshish - pedagog tarbiyalanuvchilari o’rtasida yuzaga keladigan to’qnashuvlarni sezmaslikka va aralashmaslikka harakat qiladi; • nizodan qochish - pedagog nizo - bu yuzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqishni bilmasligi sababli bolalar bilan uning muvaffaqiyatsiz tarbiyaviy ishlari ko’rsatkichi deb ishonadi; • nizoga maqsadga muvofiq aralashish - pedagog tarbiyalanuvchilari jamoasini yaxshi bilishiga, tegishli bilim va malakalariga tayanib nizo kelib chiqishi sabablarini tahlil qiladi, uni bostirish yoki ma’lum darajagacha rivojlanib borishi to’g'risida qaror qabul qiladi. O’quv faoliyati sharoitlaridagi nizolar turli xildagi nizolar bo’ladi. Pedagogika sohasi shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish barcha turlari to’plamidan iborat bo’ladi, uning mohiyati esa ijtimoiy tajribani o’rgatish va o’zlashtirish bo’yicha faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun aynan mana shu erda pedagog, o’quvchi va ota-onalarning ko’ngil hotirjamliklari uchun qulay ijtimoiypsixologik sharoitlar yaratish zarur.
Nizoning rivojlanib borishida qator bosqichlar mavjud:
Taxmin qiluvchi bosqich - manfaatlari to’qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan sharoitlar bilan bog'liq.
Nizoning paydo bo’lish bosqichi - turli guruhlar yoki alohida insonlar manfaatlarining to’qnashuvi.
Nizoning etilishi bosqichi - manfaatlari to’qnashuvi muqarrar bo’lib qoladi.
Nizoni anglab etish bosqichi - janjallashuvchi tomonlar manfaatlari to’qnashuvini faqatgina sezibgina qolmay, balki anglab ham eta boshlaydilar.
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.
Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama- qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har - biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedago har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar.
Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim. O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir. O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning mezoni hisoblanadi. O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi. O‘qituvchi ma’suliyatli
bo‘lishi va uning zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi. Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi.
Pedagogik nizo tushunchasi
Pedagogik nizo bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar, kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |