O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 
1.  Хошимов Б. Бухгалтерия ҳисоби назарияси. Дарслик.-Т.: 2004, -279 бет. 
2.  Байда  Т.П.  Теория  бухгалтерского  учѐта  задачи  и  ситуации.  Учебное 
пособие -М.: Финансы и статистика, 2004 
3.  Гусева  Г.Н.,Шеина  Г.Н.  Основы  бух.  учѐта:  теория,  практика,тесты. 
Учебное пособие - М.: Финансы и статистика, 2004 
Internet saytlari 
http:// www. accounting. rut gars. edu 
http:// www. buhgalteria. com. ua 
 
 


 
142 
8-Bob. BOSHQARUV HISOBINING NAZARIY ASOSLARI 
8.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari 
 
Boshqaruv hisobi- xo‘jalik yurituvchi subyekt  axborot tizimining tarkibiy qismi 
hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  faoliyatini  boshqarishning  samaradorligi  tarkibiy 
bo‘linmalar,  subyekt  xizmatlari  bo‘limlarining  faoliyati  haqidagi  ma‘lumot  bilan 
ta‘minlanadi.  Bu  ma‘lumotni  boshqaruv  hisobi  to‘g‘ri  boshqaruv  qarorlarni  qabul 
qilish  maqsadida  subyektning  ichida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  turli  darajadagi 
boshqaruvchilar uchun shakllantiradi. 
Boshqaruv hisobining mazmuni boshqaruv maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki 
bo‘linmalarning  boshqaruvchilari  oldiga  qo‘yilgan  qiziqish  va  maqsadlarga  binoan 
ma‘muriyat qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. 
Boshqaruv  hisobining  mazmunini  o‘rganishga  uni  subyektning  butun  axborot-
nazorat    tizimi  sifatida  tavsiflovchi  belgilar  to‘plamini  ko‘rib  chiqishga  yordam 
beradi:  axborot  bilan  ta‘minlanishining  uzluksizligi,  maqsadga  yo‘naltirilganligi, 
to‘liqligi,  jamoatning  obyektiv  iqtisodiy  qonunlaridan  foydalanishda  amaliy  aks 
ettirilishi,  o‘zgaruvchan  tashqi  va  ichki  sharoitlarda  boshqaruv  obyektlariga  ta‘sir 
ko‘rsatish darajasi va hokazolar. 
Boshqaruv  hisobining  mazmuni-  tezkor  boshqaruv  qarorlari  va  subyektning 
kelajakdagi  rivojlanish  muammolarining  muvofiqlashtirish    uchun  ma‘lumotni 
tizimlashtiruvchi  xarajatlar  va  daromadlar,  me‘yorlashtirish,  rejalashtirish,  nazorat 
qilish va tahlil qilish hisobining integratsiyalashgan tizimidan iborat. 
Тaklif  etilgan  tavsif  shu  bobda  ko‘rilgan  obyektlar,  belgilar,  masala  va 
maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda  berilgan.  Boshqaruv  hisobining  mazmunini 
tavsiflab  uning  muhim  xususiyatini  belgilash  lozim,  chunki  boshqaruv  hisobi 
boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog‘laydi. 
Boshqaruv  predmeti  bo‘lib  obyektga  ta‘sir  ko‘rsatish  jarayoni  yoki  ishlab 
chiqarishning    maksimal  samaradorligiga  erishish  uchun  insonlar  faoliyatini  tashkil 
etish  va  muqobillashtirish  maqsadidagi  boshqaruv  jarayoni  hisoblanadi.  Boshqaruv- 
boshqaruv  predmetini  rejalashtirish,  tashkil  etish,  muvofiqlashtirish,  stimullashtirish 
va  nazorat  qilish  yordamida  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Boshqaruvning  maqsadlari  va 
masalalariga  javob  beruvchi  o‘z  tizimini  yaratib  boshqaruv  hisobi  ayni  shu 
funksiyalarni bajaradi. 
Hozirgi  vaqtda  boshqaruv  hisobining  predmetini  aniqlovchi  aniq  belgilar 
mavjud  emas.  Mualliflar  hozirgacha  buxgalteriya  hisobining  umumiy  va  boshqaruv 
hisobining  qisman  mazmunini  tushuntirish  bilan  chegaralanganlar.  Bu  borada, 
subyektning  faoliyatini  boshqarish  tizimi  va  uslublari  o‘zgarmoqda,  shuning  bilan 
boshqaruv  hisobining  protsedura  (muolaja)si  va  mazmuni  ham  o‘zgarmoqda.  Bu 
ayniqsa turli tashkiliy tizimli, o‘zgaruvchan tashqi omillarning ta‘sirchan (inflatsiya, 
sanoatning  tizimli  qayta  qurilishi  va  hokazo)ligiga  ta‘lluqli.  Shu  yerdan 
boshqaruvning obyektlari va subyektlarining ro‘yxati o‘zgaradi.  
Boshqaruv  haqidagi  fan  boshqaruv  hisobi  predmeti  haqidagi  konsepsiyani  ham 
shakllantiradi. 
Boshqaruv  hisobining  predmeti  bo‘lib  umumiy  ko‘rinishda  ishlab  chiqarishni 
boshqarish  butun  sikli  jarayonidagi  obyektlarning  jamlamasi  hisoblanadi. 


 
143 
Predmetning  mazmunini  uning  ko‘p  obyektlari  ochadi  va  ularni  ikki  guruhga 
birlashtirish  mumkin:  subyektning  xo‘jalik  faoliyati  jarayonida  odamlarning 
mehnatini  ma‘lum  maqsadga  yo‘naltirilganligini  ta‘minlovchi  ishlab  chiqarish 
resurslari;  to‘plamda  subyektning  ishlab  chiqarish  faoliyatini  tuzuvchi  xo‘jalik 
jarayonlari va ularning natijalari. 
Ishlab chiqarish resurslarining tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy jamg‘armalar- 
bu  mehnat  vositalari,  ularning  holati  va  foydalanilishi;  nomoddiy  aktivlar-  uzoq 
muddatli  qo‘yilmalarning  obyektlari  (yerdan  foydalanish  huquqi,  standartlar, 
litsenziyalar, savdo belgilari va boshqalar), ularning holati va foydalanilishi; moddiy 
resurslar- mehnat vositasi yordamida ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlov berish 
uchun mo‘ljallangan mehnat buyumlari. 
Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida  subyektning 
omborlarida,  sex  omborlarida  va  bo‘linmalarda,  ishlab  chiqarish  bo‘limining 
omborlarida va tayyor mahsulot omborigacha ishlab chiqarish bosqichining darajalari 
bo‘yicha  ularning  harakati  jarayonida  ko‘rsatilgan.  Ular  xom-ashyoni  sanoatning 
qazib  oluvchi  tarmog‘ining  mahsuloti,  qishloq  xo‘jaligi  mahsuloti  sifatida;  shu  va 
boshqa  subyektlarda  oldindan  ishlov  berilgan  materiallar  sifatida  (YaТM- 
tayyorlanmalar,  pakovkalar,  quyilmalar,  detallar,  uzellar  va  boshqalar);  hozirgi 
davrda subyektda mavjud mehnat resurslari, mehnat resurslaridan maqsadga muvofiq 
faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning natijasi sifatida ko‘radilar. Boshqaruv 
hisobi obyektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 

 
ta‘minot-tayyorlov- ishlab chiqarish ta‘minoti va ta‘miri, shuningdek ta‘minot 
jarayoni  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  marketing  faoliyati  uchun  mo‘ljallangan  sotib  olish, 
saqlash,  ishlab  chiqarishni  xom-ashyo  resurslarini  sotib  olish  bilan,  yordamchi 
materiallar va ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqarish uskunasi bilan ta‘minlash; 

 
ishlab  chiqaruvchi-  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  tomonidan  shartlangan  va 
asosiy va yordamchi muomalalardan tashkil topgan jarayonlar; ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni takomillshatirish va yangilarini ishlab chiqarish bo‘yicha muomalalar; 

 
moliyaviy-sotuv- mahsulotni sotish bozorini shakllantirish  bo‘yicha marketing 
tadqiqotlari va muomalalar; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv muomalalari, bularga qadoqlash, 
transportirovka  qilish  va  boshqa  turdagi  ishlar  kiradi;  reklamadan  boshlab  to 
iste‘molchilar bilan  to‘g‘ri  aloqalar  o‘rnatish  bilan  tugab sotish  hajmining  o‘sishiga 
yordamlashuvchi  muomalalar;  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  sifatini  nazorat 
qilish; 

 
tashkiliy-  subyektning  tashkiliy  tizimini  tuzish,  subyektning  tizimidan 
funksional  bo‘limlarni,  xizmatlarni,  sexlarni,  bo‘linmalarni  ajratish;  tizimli 
bo‘linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani bajarishni baholash, rag‘batlantirish 
vazifalariga  to‘g‘ri  keladigan  boshqaruvning  turli  darajalari  o‘rtasidagi  ichki 
kommunikatsion  aloqalarning  talablariga  javob  beruvchi  to‘g‘ri  va  qaytaruv  aloqali 
axborot  tizimini  subyektda  tashkil  etish;  subyektning  asosiy  maqsadini  bajarishga 
qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish muomalalari.  
Boshqaruv  hisobi  obyektlarining  boshqacha  guruhlashtirilishi  tanlanishi 
mumkin,  lekin  har  bir  holatda  u  boshqaruvning  asosiy  maqsadlariga  javob  berishi 
kerak. 


 
144 
Boshqaruv  hisobi  tizimida  uning  obyektlari  ma‘lum  ixtisosli  yo‘nalishda  aks 
ettirishga  ega.  Birinchi  o‘rinda  ishlab  chiqarish  resurslarining  holati,  harakati, 
subyektning xo‘jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi. 
Ularning  yordamida  subyektning  axborot  tizimida  boshqaruv  hisobining 
obyektlari  akslanuvchi turli  qo‘llanma  va  usullarning  jamlami  boshqaruv  hisobining 
uslubi  deyiladi.  U  quyidagi  elementlardan  iborat:  hujjatlashtirish,  inventarizatsiya, 
nazorat  schyotlarini  baholash,  guruhlashtirish  va  umumlashtirish,  me‘yorlashtirish, 
rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat. 
Хulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  uslubning  hamma  elementlari  bir-biridan 
alohida emas, boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo‘jalik aloqalarini 
tashkil etish tizimida harakat qiladi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish