O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
3.7. Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish 
 
Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da‘vo bo‘lib 
hisoblanadi.  Debitor  qarzi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  asosiy  buxgalteriya  operatsiyalari 
bo‘lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib olish imkoniyati – 
bu  debitor  qarzlarini  o‘lchash  va  ularni  hisobotiga  ta‘sir  qiluvchi  asosiy  masaladir. 
Undirib  olish  imkoniyati  qarz  aks  ettirilganligiga  (tan  olish  tamoyili)  va  uning 
summasiga (baholash tamoyili) ta‘sir qiladi. Buxgalteriya hisobi Milliy andazasining 
2-soniga binoan xo‘jalik yurituvchi subyektga daromadlarning kelib tushish ehtimoli 
bo‘lsa, ular alohida aks ettiriladi. 
Тurli  debitor  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitoblar  quyidagi  hollarda  vujudga 
keladi: korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a‘zolaridan ijro varaqalariga 
asosan  pul  undiriladigan  bo‘lsa;  kommunal  xizmati,  turar  joy  haqi,  turar  joy 
bo‘lmagan  xonalarni  ijara  haqlari  bo‘yicha;  mehnat  jamoasi  a‘zolarining  buyrug‘i 
bilan  Хalq  banki va boshqa  joylarga  pul  o‘tkazish bo‘yicha. Da‘volar va  korxonaga 
yetkazilgan  moddiy  zararlarni  undirish  bo‘yicha  hisob-kitoblar  4860  «Da‘volar 
bo‘yicha oliga doir schyotlar», 4730 «Хodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha 
qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar 
bo‘yicha  olinadigan  to‘lovlar,  olinadigan  foizlar  va  dividendlar,  royalti  va  gonorar 
bo‘yicha olinadigan  schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga 
olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Тurli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi 


 
65 
schyotlar»  schyoti  tarkibidagi  tegishli  (4810,  4820,  4830,  4840,4850,4860  va  4890) 
schyotlarda aks ettiriladi. 
Korxonaning  turli  kreditorlardan  bo‘lgan  qarzlari  tarkibiga  moliyalanadigan  va 
operativ  lizinglari  bo‘yicha  to‘lanadigan  summalar,  to‘lanadigan  foizlar,  royalti  va 
gonorarlar  bo‘yicha  qarzlar,  da‘volar  bo‘yicha  to‘lanadigan  schyotlar,  hisobdor 
shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday operatsiyalarning 
hisobi 6900 – «Тurli kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar» 
schyoti  tarkibidagi  tegishli  (6910,  6920,  6930,  6940,  6950,  6960,  6970  va  6990) 
schyotlarda aks ettiriladi. 
4000,  4100,  4300,  4610,  4800,  6100,  6300,  6500,  6600,  va  6900-schyotlar 
bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham shu 
shaklda  7-qaydnoma  yuritiladi.  Oy  oxirida  analitik  hisob  qaydnomai  bo‘yicha  jami 
chiqarilib 
keyingi 
oy 
boshiga 
qoldiq 
yoziladi. 
Kredit 
oborotlari 
korrespondentlanuvchi  schyotlar  doirasida  7-qaydnomadan  4000,  4100,  4300, 4700, 
4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa  schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal-orderga 
yozib qo‘yiladi.  
4100,  4700  schyotlar  bo‘yicha  yozuvlar  jurnal-orderda  bir  qatorda  ko‘rsatiladi, 
4800,  6900  –  schyotlar  bo‘yicha  bir  oyligi  jamlab  yoziladi.  4100,  6100,  6400  – 
schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi. 
Хodimlarning ta‘tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan hollarida, 
ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta‘tilga chiqish, ishdan 
bo‘shash,  pensiyaga  chiqish  kunidan  keyingi  kundan  kechiktirilmay  berilishi  kerak. 
Bunday  to‘lovlar  hisoblashish  davri  orasidagi  to‘lovlar  deyiladi.  Ushbu  maqsadlar 
uchun  pul  kassa  chiqim  orderlari  yoki  (uch  va  undan  ortiq  xodimlar  bo‘lsa)  to‘lov 
qaydnomalariga asosan beriladi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish