O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
11.3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish 
 
Qaytarilmaydigan  ma‘lum  bir  maqsadli  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun 
tayinlangan  maqsadli  tushumlar,  mablag‘lar  holati  va  harakati,  shuningdek  a‘zolik 
badallari  hamda  boshqa    mablag‘larning  kirimi  ularning  sarflanishi  to‘g‘risidagi 
axborot  quyidagi:  8810-«Grantlar»,  8820-«Subsidiyalar»,  8830-«A‘zolik  badallari», 
8840-«Maqsadli  foydalaniladigan  soliq  imtiyozlari»,  8890-«Boshqa  maqsadli 
tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi 
 Yuqorida  ko‘rsatilgan  tushumlarni  xususiy  kapital  sifatida  aks  ettirishning 
quyidagi  shartlari  mavjud:  a)  maqsadli  tayinlanishi  bo‘yicha  foydalanish;  b)  
mablag‘larni  jalb  etish  bilan  bog‘liq    xarajatlarning  sodir  bo‘lmasigi;  v)  ma‘lum 
shartlar bajarilganda qaytarilmasligi lozim.  
Grant  bu  iqtisodiyotni  rivojlantirishga  qiziqtirish,  ilmiy-texnika  va  innovatsiya 
dasturlarini  bajarish  uchun  ijtimoiy  ahamiyatli  maqsadlar  bo‘yicha  korxonaga 
qaytarib  olmaslik  sharti  bilan  davlat,  shuningdek,  nodavlat,  xorijiy,  xalqaro 
tashkilotlar va fondlar tomonidan ko‘rsatiladigan gumanitar pul yoki moddiy-texnika 
yordamidir. Grant mablag‘lari qat‘iy maqsadli tayinlanishi bo‘yicha foydalaniladi. 
Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar tomonidan 
korxonaga  xabarnoma  yuboriladi.  Ushbu  xabarnomada  ko‘rsatilgan  summaga 
korxona  quyidagicha  rasmiylashtiriladi:  Dt  4890-«Boshqa  debitorlarning  qarzlari», 
Kt 8810-«Grantlar» schyoti. 
Grant bo‘yicha moliyalanadigan maqsadli loyiha budjetida nazarda tutilgan pul 
mablag‘lari  yoki  mulklar  olinganda  quyidagicha  rasmiylashtiriladi:  Dt  Pul 
mablag‘larini  hisobga  oladigan  (5110-5530),  kapital  qo‘yilmalar  (0800), 
O‘rnatiladigan  uskunalar  (0700),  ТMZ  va  boshqa  schyotlar,  Kt  4890  «Boshqa 
debitorlarning qarzlari» schyoti. 
Chet  el  valutalarida  olingan  grantlar  summasi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  banki  tomonidan  xo‘jalik  muomalalarini  sodir  bo‘lish  kuniga  belgilangan 
kurs bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasiga aylantiriladi. 
8820-«Subsidiyalar»  schyoti  mavjud  ajratilgan  subsidiyalar,  ya‘ni  iqtisodiyotni 
rivojlantirishga  qiziqtirish  maqsadida  ma‘lum  shartlar  bilan  davlat  tomonidan 
ko‘rsatiladigan  pul  yoki  natura  yordami  harakati  to‘g‘risidagi  axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 
Davlat  yordami  turli  shaklda  va  turli  shartlar  bilan  berilishi  mumkin.  Davlat 
subsidiyalarini  hisobi  milliy  standartiga  asosan  yuritiladi.
35
  Ushbu  standart  bo‘yicha 
hisob  yuritish  qoidalari  quyidagi  hollarda  amal  qilmaydi:  narxlarni  o‘zgarishiga 
tegishli  hukumat  subsidiyalarini  hisobga  olish;  hukumat  tomonidan  korxonaga 
foydadan  ajratma  solig‘i  bo‘yicha  berilgan  yengilliklar  yoki  foydadan  ajratma 
                                                 
35
 
ЎзР  Адлия  Вазирлиги  томонидан  562-рақам  билан  рўйхатга  олинган  10-сонли    «Давлат  субсидияларини 
ҳисобга олиш ва давлат ѐрдамини ѐритилиши» БҲМС га 1998 йил 3 декабр 


 
223 
solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish; korxonani tasarruf etishda davlatning qatnashishi 
va boshqalar. 
Davlat  subsidiyalari  -  bu  kompaniya  tomonidan  o‘tgan  davrda  yoki  kelajakda 
uning  operatsion  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ma‘lum  shartlarni  bajargani  yoki 
bajarishi  evaziga  resurslarni  o‘tkazib  berish  shaklidagi  hukumat  yordamidir.  Asosli 
ravishda  baholab  bo‘lmaydigan,  shuningdek  kompaniyaning  odatdagi  savdo 
muomalalaridan  ajratib  bo‘lmaydigan  hukumat  bilan  olib  boriladigan  operatsiyalar 
davlat subsidiyalariga kiritilmaydi. 
Aktivga  o‘tkaziladigan  subsidiyalarning  asosiy  sharti  shuki,  kompaniya 
tomonidan  uzoq  muddatli  aktivlar  sotib  olinishi  yoki  qurilishi  lozim.  Bu  shartda 
qanday  aktivlar  sotib  olinishi,  ularning  joylashadigan  joyi  yoki  ularning  sotib  olish 
yoki  tasarruf  etish  muddati  ko‘rsatiladi.  Daromadga  o‘tkaziladigan  subsidiyalar  - 
bular  aktivlarga  o‘tkazilmaydigan  davlat  subsidiyalaridir.  Shartli  qaytarilmaydigan 
qarzlar - bular shunday qarzlarki, oldindan ko‘rsatilgan ma‘lum shartlar bajarilgandan 
so‘ng kreditor o‘z qarzini qaytarib olmaydi. 
Davlat  subsidiyalari,  jumladan,  narxdagi  pulsiz  subsidiyalar,  kompaniyaga 
qo‘yilgan shartlarga mos kelmaguncha va subsidiyalar olinmaguncha, tan olinmaydi. 
Subsidiyalarni olish tartibi ularni hisobga olish tartibiga ta‘sir qilmaydi. Demak, 
sub‘sidiyalar  pul  shaklida  olinadimi  yoki  davlat  oldidagi  majburiyatni  kamaytirish 
shaklida olinadimi, bir xilda hisobga olinadi. 
Subsidiyalar  hisobidan  qilingan  xarajatlar  qaysi  davrga  to‘g‘ri  kelsa  davlat 
subsidiyalari  o‘sha  davrning  daromadi  deb  tan  olinadi.  Ular  bevosita  kapital 
schyotiga kreditlanmaydi. 
Amortizatsiyalanuvchi 
aktivlarga 
tegishli 
subsidiyalar 
odatda 
mazkur 
obyektlarga  amortizatsiya  hisoblash  davri  ichida  hisoblangan  amortizatsiya 
miqdorida daromad deb tan olinadi. 
Amortizatsiyalanmaydigan 
aktivlarga 
tegishli 
subsidiyalar 
ma‘lum 
majburiyatlarni  bajarishni  talab  qilishi  mumkin  va  shu  majburiyatlarni  bajarish 
bo‘yicha  xarajatlar  sodir  bo‘lgan  davr  ichida  daromadga  o‘tkaziladi.  Masalan,  yer 
uchastkasini  ajratib  berish  tarzidagi  subsidiya  unda  bino  qurish  sharti  bilan 
cheklangan  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  holda  subsidiya  binoning  xizmat  muddati 
ichida daromad sifatida tan olinishi mumkin. 
Sodir  bo‘lgan  xarajatlar  yoki  zararlarni  qoplash,  yoki  kelajakda  hech  qanday 
xarajatlar  qilmaslik  sharti bilan  kompaniyaga  zudlik bilan  ko‘rsatiladigan  moliyaviy 
yordam tarzida berilgan davlat subsidiyasi olingan davrda daromad deb tan olinadi. 
Aktivlarga  tegishli  subsidiyalar,  jumladan  adolatli  qiymati  bo‘yicha  pulsiz 
subsidiyalar ham, balansda yoki kelgusi davr daromadi tarzida yoki aktivning balans 
qiymatini topish uchun uni ayirib tashlab ko‘rsatiladi. 
Subsidiyalar  ajratilgan  hollarda  xabarnomaga  asosan  ajratilgan  subsidiyalar 
summasiga 
korxonada 
quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: 
Dt 
4890-«Boshqa 
debitorlarning qarzlari», Kt 8820-«Subsidiyalar» schyoti. 
Subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazib berilganda pul mablag‘larini hisobga 
oladigan  (5110-5530)  va  boshqa  schyotlar  debetlanib,  4890-«Boshqa  debitorlarning 
qarzlari» schyoti kreditlanadi. 


 
224 
Тegishli  tarkibiy  tuzilmalar  qaroriga  binoan  ajratilgan  grant  va  subsidiyalar 
zaxira kapitaliga o‘tkazilganda grant  va  subsidiyalar  zaxira kapitaliga o‘tkazilganda 
quyidagicha  rasmiylashtiriladi:  Dt  8810  «Grantlar»,  8820  «Subsidiyalar»,  Kt  8520 
«Zaxira kapitali» schyoti. 
8830  «A‘zolik  badallari»  schyotida  ta‘sis  hujjatlari  bilan  belgilangan  jamiyat 
a‘zolarining  a‘zolik  badallari  summasi  aks  ettiriladi.  A‘zolik  badallarining  tushumi 
quyidagi  provodka  bilan  rasmiylashtiriladi:  Dt  Pul  mablag‘larini  hisobga  oladigan 
schyotlar, Kt 8830 «A‘zolik badallari» schyoti. 
8840  «Maqsadli  foydalanish  uchun  berilgan  soliq  imtiyozlari»  schyotida 
maqsadli  vazifalarni  bajarish  bo‘yicha  soliqdan  ozod  qilish  natijasida  hosil  bo‘lgan 
summalar aks ettiriladi.  
8890  «Boshqa  maqsadli  tushumlar»  schyotida,  xususan,  farzandlari 
maktabgacha  yoshdagi  bolalar  muassasanarida  tarbiyalangani  uchun  ota-onalardan 
tushadigan  pul  mablag‘lari,  boshqa  shaxs  va  tashkilotlarning  bolalar  muassasalarini 
asrash  uchun  o‘tkazib  bergan  mablag‘lari.  Shuningdek  konservatsiya  qilingan 
obyektlarni asrash xarajatlarini qoplash bo‘yicha maxsus moliyalashdir.   
Maqsadli  tushumlar  schyotlari  (8800)  bo‘yicha  analitik  hisob  maqsadli 
mablag‘larning yo‘nalishi va moliyalash manbalari bo‘yicha yuritiladi. 
Bu  schyotlar  bo‘yicha  sodir  bo‘lgan  muomalalarning  sintetik  va  analitik  hisobi 
12-jurnal-orderda  olib  boriladi.  Bu  jurnal-orderga  yozish  uchun  asos  bo‘lib 
buxgalteriyaning  ma‘lumotnomasi,  bankning  hisob-kitob  schyotidan  bergan 
ko‘chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi. 
 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish