O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BOB. KAPITAL, FONDALAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

11-BOB. KAPITAL, FONDALAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI 
11.1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish 
 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  korxonalar  o‘z  moliyaviy  resurslarini  mustaqil 
shakllantirishlari  mumkin.  Korxona  moliyaviy  resurslarinining  asosiy  manbalari 
bo‘lib  foyda,  amortizatsiya  ajratmalari,  qimmatli  qog‘ozlarni  sotishdan  olingan 
mablag‘lar,  aksionerlar  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  pay  va  boshqa  badallari, 
shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi. 
Korxonaning  o‘z  mablag‘larini  shakllantirish  asosiy  manbai  bo‘lib,  uning 
mulkdorlari  tomonidan  korxonaga  qo‘yilgan  mablag‘lar  majmui  bo‘lgan  ustav 
kapitali  hisoblanadi.  Ustav  kapitalini  shakllantirish  tartibi  qonunchilik  va  ta‘sis 
hujjatlari  bilan  amalga  oshiriladi.  Chunonchi,  davlat  korxonalarining  ustav  fondi 
korxona  foydalanishga  topshirilgan  vaqtida  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni aks ettiradi. 
Aksioner  jamiyati  deb  maxsus  nom  bilan  ta‘sis  etiladigan,  ma‘lum  miqdorda 
teng  qismlarga  bo‘lingan  (aksiyalar)  asosiy  (ustav)  kapitaliga  ega  bo‘lgan,  va 
majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar 
tushuniladi. Bu ta‘sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy birlashmadir. 
Asosiy  sharti  –  faoliyatiga  o‘z  kapitalini  qo‘yish,  ya‘ni  aksioner  jamiyati  –  bu 
kapitalning  birlashishi  demakdir.  Aksioner  jamiyatining  faoliyati  ustav  bilan 
belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha aksionerlar mulklari bilan 
to‘la mas‘uliyatli emas, ularning mas‘uliyatlari faqat ustav kapitaliga qo‘yilma bilan 
cheklanadi. 
Aksioner  jamiyatining  ustav  kapitalini  hajmi  uning  ustavida  ko‘rsatiladi  va 
uning  o‘zgarishi  ustavini  o‘zgarishi  uchun  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi. 
Ustav  kapitali  miqdorini  o‘zgartirish  to‘g‘risidagi  qaror,  agar  korxonaning  ustav 
kapitalini yangi miqdori ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, umumiy  majlis qabul qilgan 
kundan boshlab kuchga kiradi. 
Jamiyat  ta‘sis  etilgan  paytdagi  ustav  kapitali  bir  xilda  nominal  qiymatga  ega 
bo‘lgan  oldindan  belgilangan  miqdordagi  bir  qancha  oddiy  aksiyalardan  iborat 
bo‘lishi  kerak.  Aksioner  jamiyatlari  faqat  nomi  ko‘rsatilgan  aksiyalar  chiqaradi  va 
ular  albatta  tegishli  reestrlarda  ro‘yxatdan  o‘tkazilishi  kerak.  Aksiyalarni  to‘lash 
mulklar,  inshootlar,  nomoddiy  aktivlar  va  boshqa  moddiy  qimmatliklarni,  so‘mdagi 
va xorijiy valutadagi pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin. 
Ustav  (fondi)  kapitalining  hisobi  8300  «Ustav  kapitalini  hisobga  oluvchi 
schyotlar»  schyotida  yuritiladi.  Bu  schyot  passiv  bo‘lib  quyidagi:  8310  «Oddiy 
aksiyalar»;  8320  «Imtiyozli  aksiyalar»»  8330  «Pay  va  ulushlar»  schyotlarga 
bo‘linadi. 
Yuqorida 
keltirilgan 
schyotlar 
davlat 
korxonalari, 
birlashmalari 
va 
tashkilotlarining  ustav  fondini  va  aksioner  jamiyatlari  va  shirkatlarning  ustav 
kapitalini  hisobga  olish  uchun  tayinlagan.  Bu  schyotlarda  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan 
miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to‘langan aksiyalarni nominal qiymati 
aks ettiriladi.  Ustav  kapitalining  miqdori ustavda  ro‘yxatdan o‘tkazilgan  summadan 
ortiq  bo‘lishi  mumkin  emas.  Тa‘sischilarga  qaytarilgan  ulushi  ustav  kapitalni 
kamaytirmaydi, balki aksioner jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olingandek 


 
217 
rasmiylashtirilib  8610  «Sotib  olingan  xususiy  aksiyalar  -  oddiy»  va  8620  «Sotib 
olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotlarning debetida aks ettiriladi. 
Bu  schyotlarning  debet  aylanmasi  ustav  kapitalini  kamayishini,  kredit  oboroti 
esa  qonunchilikka  binoan  turli  sabablarga  ko‘ra  ustav  kapitalini  ko‘payishini 
ko‘rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan muomalalarning hisobi 
12 – jurnal – orderda yuritiladi. 
Aksioner  jamiyat  ro‘yxatdan  o‘tgandan  so‘ng  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  ustav 
kapitali summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi. Тa‘sischilar 
bilan  olib  boriladigan  hisob  –  kitoblarning  hisobi  4610  «Ustav  kapitaliga 
ta‘sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyotida olib boriladi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610 schyoti debetlanib, 8310 
«Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» va 8330 «Pay va ulushlar» schyotlari 
kreditlanadi. 
4610-  schyoti  aktiv  bo‘lib,  debet  saldosi  oy  boshiga  qolgan  ta‘sischilarning 
qarzlarini  ko‘rsatadi.  Debet  oboroti  hisobot  oyida  vujudga  kelgan  ta‘sischilarning 
qarzlarini  aks  ettirsa,  kredit  obroti  debitor  qarzlarni  kamayishini,  ya‘ni  ta‘sischilar 
tomonidan  o‘tkazib  berilgan  pul  mablag‘lari,  moddiy  qimmatliklar  va  mulklar 
qiymatini ko‘rsatadi. 
Jamiyatning  aksionerlari  maxsus  reestrda  ro‘yxatga  olinadi.  Qo‘yilmalar 
bo‘yicha  aksionerlar  bilan  olib  boriladigan  hisob  –  kitobning  analitik  hisobi 
aksionerlarning har biri bo‘yicha kartochkalarda yoki qaydnomalarda ustav kapitaliga 
qo‘yilmalar bo‘yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish muddati, qarzni qaytarish hisobiga 
topshirilgan  aktivlar  summasi  ko‘rsatilgan  holda  yuritiladi.  Sotib  olingan  aksiyalar 
summasini ta‘sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, so‘mda va xorijiy  valuta 
pul mablag‘lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan to‘lashlari mumkin. 
Analitik  hisob  yuritish  uchun  asos  bo‘lib  ta‘sis  hujjatlari,  asosiy  vositalar  va 
nomoddiy  aktivlarni  qabul  qilish  –  topshirish  dalolatnomalari,  kirim  kassa  orderlari 
va boshqalar hisoblanadi. 
Aksioner  jamiyatlarining  xo‘jalik  faoliyati  amaldagi  qonunchilik  asosida  olib 
borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo‘jalik faoliyatining hisobi 
Nizomga  asosan  yuritiladi.
32
  Chunonchi,  jamiyat  tomonidan  olingan  balans  foydaga 
hisobot  davrida  sotilgan  mahsulot  tannarxiga  yoki  davr  xarajatlariga  yoki  foydani 
kamaytirishga  kiritilgan  xarajatlar  qo‘shiladi.  Natijada  soliqqa  tortiladigan  baza 
aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig‘i summasi hisoblanadi. 
Foydaning  qolgan  summasi  sof  foyda  hisoblanib,  u  aksionerlar  majlisining 
qaroriga  binoan  taqsimlanadi.  Mehnat  jamoasining  tasarrufida,  qolgan  sof  foyda, 
odatda,  ikki  maqsadga  foydalaniladi:  dividend  to‘lashga  va  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish ham ijtimoiy ehtiyojlar uchun. Dividend har chorakda yoki bir yilda bir 
marta  to‘lanishi  mumkin.  Oraliq  dividend  direktorlar  kengashi  tomonidan  e‘lon 
qilinib  qat‘iy  belgilangan  miqdorda  bo‘ladi.  Yillik  dividendlar  miqdori 
aksionerlarning  umumiy  majlisi  tomonidan  yillik  ish  natijasi  bo‘yicha  belgilanadi. 
                                                 
32
  ЎзР  Вазирлар  Маҳкамасининг  54-сонли  қарори  билан  «Маҳсулот  (ишлар,  хизматлар)  ни  ишлаб  чиқариш  ва 
сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида Низом» 1999 
йил 5 феврал. (2003 йил 15 октябрдаги янги қайтадан ишлаб чиқилган нашри)
  
 


 
218 
Yillik  dividendlarga  oraliq  hisoblangan  dividendlar  qo‘shilmaydi.  Dividendlar 
hisoblash va to‘lash amaldagi Nizomga asosan rasmiylashtiriladi.
33
 
Imtiyozli  aksiyalar  bo‘yicha  oldindan  belgilangan  dividend  ularni  muomalaga 
chiqargan paytda  ko‘rsatiladi.  Bunday  aksiyalar  bo‘yicha dividendlar olingan  foyda 
miqdoridan qat‘iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to‘lanadi. Basharti imtiyozli 
aksiyalar  bo‘yicha  hisoblangan  dividendlarni  to‘lash  uchun  olingan  foyda  yetarli 
bo‘lmasa,  maxsus  tashkil  etilgan  zaxira  kapitali  yoki  boshqa  manbalardan 
foydalaniladi. Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo‘yicha dividend hisoblanmaydi. 
Agar  jamiyatning  ustavida  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  dividendlar  aksiyalar, 
obligatsiyalar,  tovarlar  bilan  to‘lanishi  mumkin.  Jamiyat  soliqni  hisobga  olmagan 
holda  dividend  e‘lon  qiladi.  Dividend  faqat  qo‘shilgan  ulushga  yoki  sotib  olingan 
aksiyalar  uchun  to‘langan  summaga  mutanosib  ravishda  beriladi.  Dividend  tarzida 
olingan daromaddan soliq dividendlarni to‘lash manbaida, ya‘ni aksioner jamiyatida 
ushlab qolinadi. 
Aksionerlar  bilan  daromadlar  bo‘yicha  olib  boriladigan  hisob  6610 
«Тo‘lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib, uning kredit 
qoldig‘i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti ushlangan soliq 
va  to‘langan  dividendlar  summasini  aks  ettiradi.  Aksioner  jamiyatida  ishlayotgan 
xodimlarga  dividendlar  hisoblansa,  6710-«Mehnat  haqi  bo‘yicha  xodimlar  bilan 
xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi. 
Dividendlar  aksionerlarning  umumiy  majlisi  protokoli  va  qaroriga  binoan  ham 
ushlangan  soliqlar  to‘g‘risidagi  buxgalteriyaning  ma‘lumoti  bo‘yicha  hisoblanadi. 
Dividendlarni  naqd  pul  va  naqd  pulsiz  to‘lanishi  kassa  chiqim  orderi  va  to‘lov 
topshiriYoi bilan rasmiylashtiriladi. 
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  to‘lanadigan  dividend  va  foizlar  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  stavkalarda  to‘lash 
manbaida soliqqa tortiladi.
34
 
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta‘sischilar bilan olib boriladigan hisob 
–  kitoblar  hisobi  6620-«Chiqib  ketayotgan  ta‘sischilarga  ulushlari  bo‘yicha  qarz» 
schyotida  yuritiladi.  Bu  schyot  passiv  bo‘lib  kreditida  chiqib  ketayotgan 
ta‘sischilarga  to‘lanadigan  summa  aks  ettirilsa,  debetida  ularga  to‘langan  summa 
ko‘rsatiladi. 
Chiqib  ketayotgan  ta‘sischilardan  aksiyalar  sotib  olinsa,  8610-«Sotib  olingan 
xususiy  aksiyalar  –  oddiy»  yoki  8620-«Sotib  olingan  xususiy  aksiyalar  –  imtiyozli» 
schyotlari debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» 
schyoti kreditlanadi. 
Sotib olingan aksiyalar bo‘yicha puli to‘langanda 6620-schyot debetlanib 5010, 
5110-schyotlari  kreditlanadi.  6610  «Тo‘lanadigan  dividendlar»  va  6620  «Chiqib 
ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz»  schyotlari bo‘yicha analitik hisob 
har  bir  aksioner  bo‘yicha  7-qaydnomada  yuritiladi.  Sintetik  hisob  esa  8-jurnal  – 
orderda aks ettiriladi. 
 
                                                 
33
  ЎзР  Молия  Вазирлиги  ва  Давлат  мулк  қўмитаси  томонидан  қабул  қилинган  «Акционерлар  жамиятлари 
томонидан дивидендлар ҳисоблаш, тўлаш ва фойдаланиш тартиби тўғрисида»ги Низом. 1999 йил 26 ноябр 
34
 Ўзбекистон Республикаси Солиқ Кодексининг 29 ва 56 бандлари 


 
219 
11.1- jadval 
«Тa‘sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar» bo‘yicha 
schyotlar korrespondensiyasi 
№ 
Хo‘jalik muomalalarining 
mazmuni 
Schyotlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvni tasdiqlovchi 
hujjatlar 
Debet 
Kredit 
 

Aksionerlarga dividendlar 
hisoblandi 
8710 
6610 
Majlis bayonnomasidan 
ko‘chirma, dividendlar 
hisobi 

Hisoblangan dividendlarni 
to‘lash 
6610 
5010, 5110  Kassa hisoboti 
bankning ko‘chirmasi 

Chiqib ketayotgan 
ta‘sischilarga ularning 
ulushlari bo‘yicha qarzlar 
hisoblandi 
8610, 8620 
6620 
Majlisning 
bayonnomasidan 
ko‘chirma, rahbarning 
bo‘yruYoi 

Chiqib ketayotgan 
ta‘sischilarga ularning 
ulushlari bo‘yicha qarzlarni 
to‘lanishi 
6620 
5010, 5110  Kassa hisoboti
bankning ko‘chirmasi 

Aksionerlardan daromad 
solig‘i ushlandi 
6610, 
6620 
6410 
Buxgalteriya hisob-
kitodi 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish