Nazorat savollari.
1.Baxtsiz xodisa taftish qilib bo‘lgandan so‘ng N-1 formasidagi dalolatnoma kimlarga beriladi?
2. Ishchi N. ishxonadan uyiga qaytayotgan edi. Yo‘lda u korxonaga
tegishli yuk mashinasi xaydovchisini uchratib qoldi. U N. dan
mashinadan tushib qolgan yukni ortishda qarashib yuborishni
iltimos qildi. U yordam berayotgan vaqtida jiddiy jarohat
oldi. Ushbu baxtsiz xodisa ishlab chiqarish bilan bog‘liqmi?
3. Korxonada o‘qituvchi boshchiligida ishlab chiqarish amaliyoti
o‘tayotgan talabalar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz xodisa qanday
taftish qilinadi va xisobga olinadi?
4. Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz xodisani taftish
qilishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad nima?
5. Boshqa tashkilotdan korxonaga vaqtincha yo‘naltirilgan xodim
bilan sodir bo‘lgan baxtsiz xodisani taftish qilish va
xisobga olish tartibini aytib bering.
7-amaliy mashg‘ulot.
Ekran ko‘kalamzorlashtirish va masofa hisobiga shovqinni pasaytirishni hisoblash.
1. Shovqin haqida tushuncha.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida juda jiddiy masala bo‘lib turibdi.
Shovqinning oqibatlari ma’lum. U birinchi navbatda ishlab-chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma’naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab-chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga halal berib, ularni har xil xatoliklarga yo‘l qo‘yishlariga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab-chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi.
Katta shovqin ta’sirida insonning asab sistemalari zirqillaydi, eshitish organining faoliyati susayishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, inson salomatligini saqlashi bilan katta ahamiyat kashf etadi.
Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil bo‘lgan havoning elastik tebranishi harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda to‘lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi va bu tebranish tezligi to‘lqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo‘ladi.
Gazsimon muhitda shovqin tezligi quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |