O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


To‘rtinchi taxmin — NATO—Rossiya urushi



Download 79,05 Kb.
bet13/15
Sana07.07.2022
Hajmi79,05 Kb.
#753107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
UKRAINA ROSSIYA

To‘rtinchi taxmin — NATO—Rossiya urushi

Yevropa va jahon tartibi kelajagi uchun eng xavfli ssenariy NATO va Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga kirishishidir. Binobarin, bunga olib keluvchi bir necha yo‘llar mavjud:


— NATO Ukraina inqirozidagi ishtirokini oshirishi mumkin. Masalan, parvozlar taqiqlangan hudud (ushbu hudud asosan urush yuz berayotgan mamlakatlar osmonida joriy etiladi va dushman samolyotlarining havo kuchidan foydalanishini taqiqlaydi) yoki boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv orqali.
Hozircha AQSh va NATOning ba’zi a’zolari parvozlar taqiqlangan hududni joriy etish fikriga qo‘shilgani yo‘q. Ammo rus samolyotlari tinch aholini bombardimon qilishni davom ettirsa, bu pozitsiya o‘zgarishi mumkin. Agar NATO yuqoridagi qadamlarni amalga oshirsa, Rossiya chekinishi yoki ittifoq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvlarga kirishi kerak bo‘ladi. Agar ruslar ikkinchi yo‘lni tanlasa, urush mutlaqo yangi, sayyora uchun halokatli bosqichga chiqadi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington va London Zelenskiyga Ukraina davlatining qulashi yaqinlashib, so‘nggi daqiqalar yuz bersa, Kiyevga harbiy yordam to‘g‘risida qandaydir va’dalar bergan.

— Rossiya tasodifan NATO a’zosi hududiga zarba berishi mumkin. Masalan, noto‘g‘ri nishonga olish yoki NATO hududiga o‘tgan ukrain samolyotini urib tushirish uchun. Bu albatta alyansning javob choralari ko‘rishiga olib keladi. Ayniqsa, Rossiyaning aniq boshqariladigan qurollari zaxirasi kamaya borishi (hozirda Ukraina uchun katta zaxiralar ishlatilmoqda) bilan bu voqea haqiqatga yaqinlasha boradi. Odessa yaqinida cho‘kib ketgan Estoniya kemasi bunday taxminlarning yuz berishi mumkinligini tasdiqlaydi.


— Eng yomoni esa Putinning Ukrainadan tashqari ham katta rejalari borligi ehtimoli. Ukraina egallangach, Putin e’tiborini qolgan sobiq sovet davlatlariga qaratishi mumkin. Buni u o‘z nutqlarida bir necha bor sezdirdi. Qolaversa, Kremlning norasmiy ovozi bo‘lgan davlat OAVlari ham SSSRni tiklash borasida juda ko‘p gapirmoqda. Agar Putin SSSRni qayta tiklash uchun amaliy harakatni davom ettirsa, keyingi mo‘ljal Boltiqbo‘yi davlatlari (Estoniya, Litva, Latviya) bo‘lishi ehtimoli yuqori. Biroq ushbu davlatlarning barchasi NATO a’zosi hisoblanadi. Putin ulardan NATOga bosim o‘tkazishda foydalanishi ham mumkin. Biroq NATO hozirda ittifoqqa a’zo davlatlarga har qanday tajovuz javob reaksiyasiga olib kelishini ta’kidlamoqda.
Yuqoridagi taxminlar shunchaki umumiy qarashlarni ifodalaydi. Vaziyat ba’zi favqulodda hodisalar sabab kutilmagan tomonga o‘zgarib ketishi ham mumkin. Masalan, ruslarning Putin hokimiyatini ag‘darishi. Ammo bu juda qiyin masala, chunki Putin rejimi har qanday norozilikni darhol kuch bilan bostirmoqda. Mamlakatdagi erkin OAVlar birin-ketin yopilyapti. Shunday bo‘lsa-da Kremldagi mamlakat kelajagi uchun befarq bo‘lmagan generallarning harakat boshlab qolishini ham istisno qilib bo‘lmaydi.
Hozirda davom etayotgan muzokaralar qanchalik istiqbolli bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bosqinchilik hujumiga qadar, Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini oshirib bordi hamda Ukrainaning NATOga qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab bilan chiqdi. Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval, Rossiya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi va 2022-yil 21-fevralda Ukraina sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yubordi.


24-fevral taxminan soat 05:00 EET (UTC+2) da Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani „denatsifikatsiya“ va „demilitarizatsiya“ qilish maqsadida „maxsus harbiy operatsiya“ boshlanganini eʼlon qildi. Oradan daqiqalar oʻtgach, rus askarlari tomonidan Ukraina hududiga havodan hujumlar boshlandi. Ukraina chegara xizmati rus harbiylari Rossiya va Belarus bilan chegara postlari orqali bostirib kirganini maʼlum qildi.
Koʻplab davlatlar ushbu bosqinchilik hujumini qoralashdi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishdi. Hujumga qarshi global namoyishlar boʻlib oʻtgan bir paytda, Rossiyadagi namoyishlar ommaviy hibsga olishlar bilan qarshilandi. Bosqindan avval ham, bosqin davomida ham koʻplab davlatlar Ukrainaga qurol-yarogʻ berish orqali yordam koʻrsatishdi. Bunga javoban, Putin Rossiya yadroviy kuchlarini shay holatga keltirdi.
BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi maʼlumotlariga koʻra, 500 mingdan ortiq ukrainalik qochqin hujumning dastlabki toʻrt kuni ichida mamlakatni tark etishib, Yevropa boʻylab qochqinlar inqiroziga sabab boʻlishgan.
NATOda Ukrainadagi urushni davom ettirmoqchi bo‘lgan davlatlar bor, chunki bu Rossiyani zaiflashtirishi mumkin. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li CNN Türk telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“NATOda Ukrainadagi urush davom etishini istaydigan davlatlar bor. Ular urushning davom etishida Rossiyaning zaiflashayotganini ko‘rmoqda. Ular Ukrainadagi vaziyatdan unchalik xavotirda emas”, degan Turkiya vaziri.

Ukraina-Rossiya muzokaralariga kelsak, Chavusho‘g‘li Turkiya tomoni Antaliyada bo‘lib o‘tgan (10 mart kuni o‘tkazilgan – tahr.) muzokaralardan biror narsa chiqishini kutmaganligini, asosiysi tomonlarni bir joyga to‘plash bo‘lganini ta’kidlagan.


“Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng umidlarimiz katta edi, biroq (Buchadagi – tahr.) qirg‘in suratlari paydo bo‘lgach ular Istanbul kelishuvidan uzoqlashishdi, biroq ikki tomon hamon muzokaralar olib bormoqda”, degan vazir.
Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, Ukraina va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin istalgan vaqtda uchrashishlari mumkin.
“Ikki yetakchining uchrashuvi muhokama qilinmoqda. Agar Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tsa, u Istanbul yoki Antaliyada bo‘lishi mumkin”, degan Chavusho‘g‘li.
Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba bilan uchrashuvlarda Turkiya tomoni ushbu muzokara jarayoni va joylardagi mavjud vaziyat haqida ma’lumot oladi.
Turkiya TIV rahbari Ukraina uchun ehtimoliy xavfsizlik kafolatlariga ham izoh berdi. Uning qayd etishicha, Turkiya Ukraina uchun kafil bo‘lishga tayyor.
“Ammo Ukraina tomoni NATO Nizomining 5-moddasi misolida kafolat talab qilmoqda. AQSH, Kanada va Buyuk Britaniya, jumladan biz ham bunga qarshimiz. Jarayonning o‘zini, bu kafolatlar nima ekanligini, nima bo‘lishini tushunish kerak. Barcha kafil davlatlar shartlarni, kelgusidagi xavflarni qabul qilishlari kerak”, degan u.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya-Ukraina muzokaralari 28 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy yurishining to‘rtinchi kuni boshlandi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29 mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.



Download 79,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish