6
I BOB. IQTISODIY TA‟LIMOTLAR TARIXI FANINING
PREDMETI VA O„RGANISH USULI
1.1. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining ahamiyati
va uning maqsadi
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta‘limotlar
tarixi fani insonlarning iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr,
g‗oya, nazariyalarning kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini,
iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‗nalishlari, ularning
asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‗ziga xosligini,
uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‗lab
o‗rganish zarurligini, har qanday iqtisodiy xulosa universal
bo‗lmasligini, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to‗g‗ri
tushinishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‗shqinlik bilan
kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‗g‗risida imkoni boricha
ko‗proq bilishga intilmoqdalar. Bundan ummon kabi keng iqtisodiyot
fanini o‗rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‗ilishi
tabiiy.
Iste‘molchilar xohishlari odatda, chegaralanmagan va cheksizdir,
ammo resurslar (odatda yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati)
cheklangandir. Tanqislik muammosini hal qilish uchun cheklangan
iqtisodiy resurslarni cheklanmagan muqobil variantlar (xohish-istaklar)
o‗rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday
taqsimot bir tarafdan iste‘molchi istaklarini
kamaytirishi va cheklashi kerak, ikkinchi
tomondan
esa
iqtisodiy
resurslar
va
ne‘matlarni yetkazib berishni ko‗paytirishi
kerak.
1
Shifokor
davolanuvchini
tuzatishni
uning kasallik tarixidan boshlagani kabi
iqtisodiyotni o‗rganishni ham tarixdan
boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi
kun muammolarini to‗la hal etishda o‗tgan
1
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-16 b.
7
asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi
aniq, ammo o‗tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va
kelajak to‗g‗risida to‗g‗ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat
beradi. Aniqrog‗i velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi,
tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Iqtisodiyot insonning tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr,
g‗oya, qarash, nazariya va ta‘limotlar ham ko‗p ming yillik tarixga ega.
Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo‗lganidan so‗ng, yozma
manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‗oyalar,
avvalo, insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o‗rganish va
kelajak uchun saqlash savobli bo‗lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga
tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga
katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‗lib, uning oldida turgan vazifalar
barcha xalqlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha
natijalarga erishganlar. «Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanida ayrim
olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‗oya, qarash,
nazariya, qonun, ta‘limot, konsepsiyalarining tarixiy rivojlanishi
insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar
va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi.
«Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanini o‗rganish manbalari turli-tuman
bo‗lib, qadimgi arxeologik topilmalar, moddiy ne‘matlar, qoya va bino
devorlaridagi rasmlar, chizmalar va xalq og‗zaki ijodi namunalari
muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari
bo‗lgan
qo‗lyozmalar,
davlat
arboblari,
olim,
donishmand,
mutafakkirlarning yozib qoldirgan kitoblari hal qiluvchi o‗rinni
egallaydi. Jahon iqtisodiy tafakkurida qadimgi qo‗lyozmalar o‗ta
ahamiyatlidir. Masalan, O‗zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik
institutida arab, fors, qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh
mingdan ortiq qo‗lyozma mavjud. Lekin bu qo‗lyozmalarni o‗rganishda
ma‘lum obyektiv va subyektiv kamchiliklar mavjud. Xuddi sutning
qaymog‗ini olish oson bo‗lganidek, bu qo‗lyozmalardagi ensiklopedik
g‗oyalardan muhimlarigina o‗rganilgan, iqtisodiyot tafakkuri bilan
bog‗liq bo‗lgan materiallar hali o‗z tadqiqotchilarini kutib yotibdi.
Bu fanning maqsadi avvalgi ortodoksal g‗oyalar zamonaviy
iqtisodiy nazariyaning mazmuni va predmetiga qo‗shgan hissalarini va
shu bilan birga ortodoksal bo‗lmagan boshqa g‗oyalarning zamonaviy
iqtisodiy ta‘limotlarning shakllanishidagi ahamiyatini ko‗rsatgan holda
iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdir.
8
Kitobda iqtisodiy nazariyadagi asosiy uslubiy masalalar, iqtisodiy
nazariyaning fan sifatida rivojlanishi va o‗sha davrning iqtisodiy holati
o‗rtasidagi bog‗liqlik hamda yaratilgan nazariyaning mazmunini to‗laroq
tushuntirib beruvchi uning ichki bog‗liqliklari va ishlash mexanizmlari
ko‗rib chiqilgan va tahlil qilingan. Bundan tashqari kitobda alohida
olingan g‗oya va fikrlarning iqtisodiy nazariyaning rivojlanishidagi
ahamiyati va o‗z o‗rnida nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
shakllanishidagi ahamiyati to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlar berilgan.
Tabiyiki, bu iqtisodiy ta‘limotlar kishilarning dunyoqarashi va rasmiy
nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy dunyoqarash shaxsning
dunyodagi voqeliklarni o‗z ongida aks ettirishidir. Iqtisodiy nazariya esa
ana shu dunyoqarashning soddalashtirilgan shakli modellaridan tashkil
topadi. Alohida olingan iqtisodchining qarashlarini tushinish uchun
uning ham dunyoqarashi, ham nazariy modeli qanday ekanligini
o‗rganish lozim.
2
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o‗rganishning asosiy sabablaridan
biri yaxshi iqtisodchi bo‗lishdir. O‗tmishning va hozirning eng muhim
iqtisodchilari o‗z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish
bo‗lganlar. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗qish nazariy va mantiqiy
qobilyatlarni oshiradi, farazlarni xulosaga bog‗lashga imkon beradi, o‗z
fikridan farqli bo‗lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‗rgatadi.
O‗tmish g‗oyalarini o‗rganishning yana bir sababi yangi g‗oyalarni
shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalarni o‗rganish ko‗pincha
yangi g‗oyalarni yaratishga undaydi. Ba‘zan nazariyalar o‗tmishda
yo‗qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular ma‘lum
vaziyatlargagina bog‗liq bo‗lib qolishadi. 1815-yillarda renta va
unumdorlikning pasayib borishi tuhunchalarining rivojlantirilishi bunga
yaxshi misol bo‗ladi. Ya‘ni renta va unumdorlikning pasayib borishi
tuhunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga tatbiq
etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan.
Shunday qilib, zamonaviy ortodoksal iqtisodning yuzaga kelishini
o‗rganish orqali ortodoksal g‗oyalardan farqli bo‗lgan, lekin hozirgi kun
iqtisodiy nazariyalar mazmunining shakllanishiga yordam bergan
g‗oyalarni esdan chiqarmagan holda, iqtisodiy ta‘limotlar tarixini
o‗rganishimiz lozim. Iqtisodiy nazariyalarning ko‗lami va mazmuniga
qo‗shimcha ravishda o‗sha davrdagi iqtisodiy vaziyat o‗rtasidagi
bog‗liqlikka ham e‘tibor qaratishimiz zarur. Nazariyalardan kelib
2
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-16 b.
9
chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan g‗oyalarning
rivojlanishi orqali iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi
ahamiyatini ko‗rsatib o‗tishimiz zarur
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |