O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

          
Muqobil xarajatlar 
Vino 
Mato 
Angliya 
1/2 metr mato 
2 litr vino 
Portugaliya 
1/8 metr mato 
8 litr vino 
  
Biz 14.2. jadvalning ma‘lumotlaridan foydalanib ikki mamlakatdagi 
mazkur  ikki  tovarning  muqobil  xarajatlarini  hisoblab  beruvchi  14.3. 
jadvalni  tuzamiz.  Rikardoning  to‗la  ish  bilan  bandlik  farazini  hisobga 
olgan  holda,  agar  xohlagan  tovarni  ko‗p  ishlab  chiqaradigan  bo‗lsak, 
uning qiymati yo‗qotilgan mahsulotning qiymati bilan o‗lchanadi, bunda 
mehnat  resurslari  shartnoma  tuzib  ishlab  chiqarishni  kengaytirishgacha 
bo‗lgan  davrda  mazkur  mahsulotlar  hajmini  qisqartirish  kerak  bo‗ladi. 
Bizning  ikki  tovarga  asoslangan  oddiy  modelimiz  iqtisodiyotdagi 
boshqa tovar nuqtayi nazaridan muqobil xarajatlarni hisoblashga imkon 
beradi.  Angliyada  matoning  muqobil  xarajatlari  (2  litr  vino) 
Portugaliyadagi matoning muqobil xarajatlaridan (8 litr vino) kamdir va 
Portugaliyadagi  vinoning  muqobil  xarajatlari  (1/8  metr  mato) 
Angliyadagi  vinoning  muqobil  xarajatlaridan  (1/2  metr  mato)  kam 
hisoblanadi.  Shunday  qilib,  Angliya  mato  ishlab  chiqarib  va 
Portugaliyada  ishlab  chiqarilgan  vino  bilan  savdo  qilsa,  jahon 
mahsulotining hajmi ko‗payadi va ikkala mamlakat ham bundan samara 
oladi. 
Muqobil 
xarajatlardagi 
farqlarning 
savdo 
uchun 
naqadar 
muhimligini namoyish etish uchun oldingi misollar ma‘lumotlarini 14.4. 
jadvaldagi  ma‘lumotlariga  o‗zgartiramiz.  Angliyada  endi  vino  va  mato 
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik mavjud, lekin unda ikki holatda ham 


296 
 
qiyosiy  ustunlik  mavjud  emas.  Har  bir  mamlakatda  muqobil  xarajatlar 
bir xil – bir metr matoning muqobil xarajatlari 2 litr vinonikiga teng va 
vinoning muqobil xarajatlari 1/2 metr matonikiga teng. Boshqacha qilib 
ayganda,  har  bir  mamlakatda  mazkur  ikki  tovarning  nisbiy  narxlari  bir 
xil  –  2  litr  vino  1  metr  matoga  teng  (mato  narxini  vinoning  narxiga 
bo‗lamiz,  2  chiqadi).  Qachonki,  muqobil  xarajatlar  bir  xil  bo‗lsa,  hech 
bir mamlakatda qiyosiy ustunlik bo‗lmaydi va savdo hech bir mamlakat 
uchun ham samarali bo‗lmaydi. 
Rikardo  mamlakatlar  o‗rtasida  muqobil  xarajatlar  farqlanganida 
savdo  samarali  bo‗lishini  asoslab  berdi,  lekin  u  muammoning  boshqa 
jihatini  ko‗rib  chiqmadi.  Vino  va  matoga  qanday  xalqaro  narxlar 
o‗rnatiladi hamda savdodan olingan foyda mamlakatlar o‗rtasida qanday 
taqsimlanadi?  Rikardo  foydalangan  misolida  xalqaro  savdoda  mato  va 
vinoning  ayirboshlash  narxi  har  bir  mamlakat  uchun  qulay  bo‗lgan 
o‗rtacha  narxlar  nuqtasida  hisoblanadi,  deb  faraz  qilgan:  shunday  qilib 
savdodan  kelgan  foyda  bu  ikki  mamlakat  o‗rtasida  bir  tekisda 
taqsimlanadi.  Torrens  ham  bu  muammoni  xuddi shunday  ko‗rib  chiqdi, 
lekin  J.Mill  mazkur  muammoni  to‗g‗ri  hal  qildi,  u  savdoning  shartlari 
yoki  xalqaro  narxlar  savdo  qiluvchi  mamlakatlardagi  ushbu  tovarlarga 
bo‗lgan talab hajmiga bog‗liq bo‗ladi, degan xulosaga keldi. 
Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasida nafaqat nazariy g‗oyalar, 
balki  bundan  kelib  chiquvchi  muhim  siyosiy  iqtisodiy  oqibatlar  ham 
atroflicha  o‗rganilgan.  Agar  biz  ikki  mamlakatning  tovar  ishlab 
chiqarishining  sodda  modelini  ko‗plab  tovar  ishlab  chiqarish  modeliga 
almashtirsak,  qiyosiy  ustunlik  nazariyasi  bo‗yicha  muqobil  xarajatlarda 
mamlakatlar  o‗rtasida  tafovut  paydo  bo‗ladi  hamda  ushbu  mamlakatlar 
xalqaro savdosida ijobiy foydaga erishadi.  
Hukumatning  xalqaro  savdoga  aralashishiga  qarshi  bo‗lgan  klassik 
qarash  avvalambor  Smit  tomonidan  oldinga  surilgan  bo‗lsa,  keyin  bu 
qarashni  Rikardo  yetarli  darajagacha  kengaytirdi.  Chet  mamlakatlarga 
tovarlar 
chiqishiga 
to‗sqinlik 
qiluvchi 
Angliya 
qonunlarining 
o‗rnatilishi,  don  savdosi  bo‗yicha  chiqarilgan  qonunlar  asosida 
daromadlarning  kapital  egalaridan  yer  egalariga  qayta  taqsimlanishi 
nafaqat  Angliyadagi  iqtisodiy  o‗sish  sur‘atlarining  pasayishiga,  balki 


297 
 
hamma  mamlakatlardagi  o‗rtacha  statistik  yashovchi  insonlarning  ham 
farovonligining  pasayishiga  olib  keldi.  Qiyosiy  ustunlik  nazariyasi 
tomonidan  oldinga  surilgan  farazga  ko‗ra  tariflarning  og‗irligi  xorijiy 
subyektlar zimmasiga tushadi, degan xato fikr keng tarqalgan edi.  
14.4. jadval 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish