O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


L.Erxardning iqtisodiy islohotlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

L.Erxardning iqtisodiy islohotlari 
 
G‗arbda  neoliberal  yo‗nalish  tarafdorlari  ichida 
Lyudvig  Erxard  (1897–1977)  alohida  ajralib 
turadi. Uning bevosita ishtirokida 1950-yilga kelib 
G‗arbiy Germaniya krizis holatidan olib chiqildi va 
unda  pul  va  iqtisodiy  islohotlar  amalga  oshirildi. 
L.Erxard  –  iqtisodchi  va  yangi  xo‗jalik  tartibi 
asoschisi 
hisoblanadi. 
1945-yilning 
oxirida 
Bavariya  iqtisodiyot  vaziri  etib  tayinlangan 
L.Erxard 
Germaniya 
iqtisodiyoti 
«jiddiy 
tuzilmaviy  qayta  qurishga  muhtoj»  deb  ko‗rsatib 
beradi  va  real  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda 
to‗g‗ri ish yuritish zarurligini uqtirib o‗tadi. 
Uning  ta‘kidlashicha,  bozor  iqtisodiyotidan  rejali  iqtisodiyotga 
o‗tish  asosiy  muammo  hisoblanmaydi,  chunki  «balanslashuvga  moyil 
iqtisodiyotdan  qaytish  oson»,  ammo  «rejali  iqtisodiyotni  erkin  bozor 
xo‗jaligiga  aylantirish  juda  katta  qiyinchiliklar  bilan  bog‗liq»,  chunki 
tabiiy muvozanatdan chetga chiqqan iqtisodiyotga birdan, o‗tish davrisiz 
erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin. 
Urushdan  keyingi  Germaniya  iqtisodiyoti  juda  qiyin  ahvolga 
tushib qolgan edi. Ishlab chiqarish quvvatining uchdan ikkisi ishlamasdi. 
Narxlar  muttasil  oshib  borgan,  mamlakatda  «qora  bozor»  hukmronlik 
qilgan.  Aholining  qo‗lidagi  pul  vositalari  milliy  mahsulot  miqdoridan 
deyarli o‗n barobar ortiq bo‗lgan. 
Birinchi  chora-tadbir  1948-yili  iyunda  o‗tkazilgan  pul  islohoti 
bo‗ldi  va  u  bir  butun  Germaniya  iqtisodiyotini  isloh  qilishda  katta  rol 
o‗ynadi. Yangi nemis markalarini eski, muomaladan chiqarilayotganlari 
bilan almashtirish birga (yangi marka) o‗n (eski marka) nisbatda amalga 
oshirildi.  Ish  haqi,  pensiya,  kvartira  haqi  to‗lash  birga  bir  nisbatida 
amalga oshirildi. 
Har  bir  kishi  qirq  markadan  oldi.  Almashtirishdan  keyin  qolgan 
pulning  bir  qismi  maxsus  schyotlarda  muzlatib  qo‗yildi.  Bank  tizimi 
isloh  qilindi.  Qo‗shimcha  ko‗rilgan  chora-tadbirlar  yangi  inflyatsiya 
kelib  chiqishining  oldini  oldi:  dastlab  eski  valyutani  yangi  valyutaga 
almashtirish  kursi  amalda  bir  yangi  marka  o‗n  besh  eski  markani 
tashkil  etdi.  Pirovard  natijada  pul  massasi  (naqd  mablag‗lar  va  bank 
depozitlari) 14 martadan ko‗proq kamaydi. 


281 
 
Islohot  puxta  tayyorlangan  bo‗lib,  u  keskin  va  izchillik  bilan  o‗tkazildi. 
Islohotni  tayyorlash  va  o‗tkazish  ikki  yilga  yaqin  davom  etdi.  Narx-
navoning oshishi taxminan olti oy ichida to‗xtatildi. 1950-yil boshiga kelib 
ishlab chiqarish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. 
Iqtisodiy islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab nima? Uning 
asosiy  sababi  saqlanib  qolingan  moddiy  bazaning  mavjudligi,  nisbatan 
arzon  ishchi  kuchi,  aholining  qondirilmagan  talabining  ishlab  chiqarishga 
faol  ta‘sir  ko‗rsatishi  bo‗ldi.  Moliya  va  pul-kredit  tizimining  barqaror-
lashuvi  muvaffaqiyatga  erishishning  zarur  shart-sharoiti  hisoblandi.  Keyin 
AQSh  va  G‗arbdagi  boshqa  rivojlangan  mamlakatlarning  moliyaviy  va 
moddiy  jihatdan  qo‗llab-quvvatlashi  islohotning  muvaffaqiyatli  chiqishiga 
turtki  bo‗ldi.  Iqtisodiy  yordam  Marshall  rejasi  bo‗yicha  amalga  oshirildi, 
shuningdek, oziq-ovqat, yoqilg‗i, urug‗lik, o‗g‗it boshqa yo‗llar bilan ham 
yetkazib  turildi.  Germaniya  iqtisodiyotiga  Amerika  transporti  va  Amerika 
armiyasining  boshqa  anjomlari  keltirib  berildi.  Imtiyozli  shartlar  bilan 
Yevropa qayta tiklash dasturi Fondidan kreditlar ajratildi. 
Hukumatning  boshqaruv  tizimini  o‗z  qo‗lida  ushlab  turishi,  o‗z 
vaqtida  iqtisodiy  kursni  o‗zgartira  bilishi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etdi. 
L.Erxard  u  garchi  o‗zining iqtisodiy  liberalizmga  moyilligini  yashirmagan 
bo‗lsa  ham,  «sof»  liberal  bo‗lgan  emas.  U  tanlab  olingan  yo‗ldan  og‗ib 
ketmaslik  uchun  davlat  dastaklaridan  keng  foydalandi.  Davlat  qiyin-
chiliklarni boshidan kechirayotgan tarmoqlarni, ayniqsa, toshko‗mir sanoa-
tini, metallurgiya, elektroenergetikani qo‗llab-quvvatladi. Investor-larga va 
tadbirkorlarga soliq imtiyozlari yaratib berildi. 
L.Erxard  va  uning  hamkasblari  tomonidan  olib  borilgan  islohot 
Germaniya  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun  shart-sharoit  yaratib  berdi.  U 
iqtisodiy  qo‗llanmalarga  kiritildi  va  qarorlarni  realizatsiya  qilish,  qayta 
tashkil  etish  vositalaridan  va  metodlaridan  samarali  foydalanish  uchun 
qulay  paytni  topish  namunasi  sifatida  qaraladi.  Shu  bilan  birga  hech  bir 
namuna  real  shart-sharoitlarni,  maxsus  xususiyatlarni  hisobga  olmagan 
holda universal yechim yoki tayyor sxema vazifasini o‗tashi mumkin emas. 
 
 


282 
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish