O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
Fransua Kene (1694–1774) 


100 
 
chop  etilgan  «Qomus»  da  e‘lon  qilindi.  1758-  yilda  uning  asosiy  asari 
«Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi 
asosini  yaratdi,  balki  uning  nazariy  va  siyosiy  dasturini  ham 
shakllantirdi.  Uning  fiziokratik  g‗oyalarini  keyinchalik  A.Tyurgo  va 
boshqa  bir  qator  fransuz  iqtisodchilari  davom  ettirdilar  va  targ‗ibot 
qildilar.  Shunday  qilib,  haqiqiy  fiziokratlar  maktabi  yoki  o‗sha davr tili 
bilan  aytganda  «iqtisodchilar  maktabi»  tarkib  topdi.  Uning  eng 
rivojlangan davri 
XVIII
 asrning 60-70-yillariga to‗g‗ri keladi.  
O„rganish metodi. F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik 
maslagi  (platformasi)  ni  uning  tomonidan  ishlab  chiqilgan  tabiiy  tartib 
to„g„risidagi konsepsiya tashkil etadi. Uningcha, mazkur konsepsiyaning 
huquqiy  asosi  xususiy  mulkni,  shaxsiy  manfaatlarni  muhofaza  qiluvchi 
va  takror  ishlab  chiqarishni  va  moddiy  boyliklarni  to‗g‗ri  taqsimlashni 
ta‘minlovchi  davlatning  moddiy  va  ma‘naviy  qonunlari  hisoblanadi. 
F.Kenening  yozishicha,  tabiiy  tartibning  mohiyati  shundaki,  bir 
odamning  shaxsiy  manfaati  boshqalarning  umumiy  manfaatidan 
ajralgan  bo„lishi  mumkin  emas.  Bu  esa  erkinlik  hukmronlik  qilgan 
sharoitda  bo‗ladi.  Ana  shunda  dunyo  o‗z-o‗zidan  harakatlanadi.  Shu 
bilan  birga,  F.Kene  ogohlantirib  aytishicha,  «Yuqori  hokimiyat» 
oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin 
emas;  ular  birga  qo‗shilib  qonunning  o‗zidan  ancha  kuchli  hokimiyat 
tashkil  etishi,  millatni  qul  qilishi,  adolatsizlikni  keltirib  chiqarishi, 
yirtqichlarcha  zulm  o‗tkazishi  va  o‗taketgan  beboshlikni  keltirib 
chiqarishi  mumkin.  U  yuqori  davlat  hokimiyati  davlat  boshqaruvini 
amalga oshirish uchun zarur bo„lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi 
biladigan,  o„qimishli  bir  shaxs  qo„lida  bo„lishini  maqsadga  muvofiq, 
deb hisoblagan.  
Sof  mahsulot  to„g„risidagi  ta‟limot.  F.Kenening  nazariy  merosida 
uning  sof  mahsulot  (hozir  uni  milliy  daromad,  deb  atashadi) 
to„g„risidagi  ta‟limoti  muhim  o„rin  egallaydi.  Uning  fikriga  ko‗ra  sof 
mahsulotning  manbayi  yer  va  unga  sarflangan  qishloq  xo‗jaligi  ishlab 
chiqarishida  band  bo‗lgan  kishilarning  mehnati  hisoblanadi.  Demak, 
boylikning  (sof  mahsulot)  ko‗payishi  qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqarishi 
bilan  bog‗liq  bo‗lgan  «yer  in‘omidir».  Shu  bois,  davlat  sanoatni  emas, 
balki  qishloq  xo‗jaligini  rag‗batlantirish  to‗g‗risida  g‗amxo‗rlik  qilishi 
kerak.  F.Kene:  «Dehqonlar  kambag„al  bo„lsa,  qirollik  kambag„al 
bo„ladi,  qirollik  kambag„al  bo„lsa  qirol  kambag„al  bo„ladi»,  deb 
hukumatni  ishontirishga  harakat  qilgan.  Savdo  va  sanoat  boylik 
yaratmaydi,  negaki  savdogar  va  hunarmandlar  qishloq  xo‗jaligida 


101 
 
yaratilgan  boylikni  faqat  bir  joydan  ikkinchi  bir  joyga  yetkazish  va 
o‗zgartirish  bilan  shug‗ullanadi.  Shuning  uchun  savdo  va  sanoat 
«unumsiz»  hisoblanadi.  U  yerdagi  tovarning  o‗sgan  qiymati  faqatgina 
savdo  va  sanoat  xarajatlarini  qoplash  vositalarini  o‗z  ichiga  oladi,  sof 
mahsulot  esa  bunda  ko‗paymaydi.  Keyinchalik,  A.Smit  fiziokratlarning 
sanoatning  «unumsizligi»  to‗g‗risidagi  g‗oyasiga  qarshi  chiqadi  va 
sanoatda ham boylik yaratilishini ko‗rsatib beradi. 
F.Kene  merkantilistlarning  ―boylik  savdoda  yaratiladi‖  degan 
tezisini  tanqid  qildi.  Uning  tasdiqlashicha,  muomalada  tovarlarning 
ayirboshlanishi  ekvivalentli  bo‗ladi,  ya‘ni  teng  qiymatli  tovarlar 
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o‗sishi 
sodir  bo‗lmaydi.  F.Kene  pulni  foydasi  yo‗q  boylik  hisoblagan,  unga 
faqat  savdodagi  vositachi  sifatida qaragan.  Shunga  muvofiq, davlatning 
boyishi  pul  kapitalining  o‗sishiga  emas,  balki  qishloq  xo‗jaligi  ishlab 
chiqarishining rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish