O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


holatining  mufassal  tavsifi,  uning  farovonligining  pasayishi  sabablari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

holatining  mufassal  tavsifi,  uning  farovonligining  pasayishi  sabablari 
va  qayta  tiklanishining oddiy usullari...» asarida e‘lon qildi. P.Buagilber 
                                                             
17
 Sir William Petty, The Economic Writings, 2 vols., ed. C. H. Hill (London: Cambridge University Press, 1899), I, 
244 b. 
 
Per Buagilber(1646–1714)
 


95 
 
bu  asarida  merkantilizm  iqtisodiy  siyosatini  qattiq  tanqid  qildi.  Bu 
siyosatning  boshida  o‗sha  davrdagi  Lyudovik 
X I V
 qirolligida  moliya 
vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Fransiya 
tovarlari  eksportini  rag‗batlantirishni,  Fransiyaga  keladigan  import 
tovarlarni  esa  cheklashni,  qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqarishiga  yuqori 
soliq  belgilashni  qonunlashtirgan.  Bu  sanoat  ishlab  chiqarishiga  hamda 
bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.  
 
Iqtisodiyotdagi  salbiy  holatlarni  bartaraf  etish  yo‗llarini  aniqlash 
P.Buagilberning keyingi, 
XVIII
 asrning boshida chop etilgan asarlarining 
ham  asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  Ularda  P.Buagilber  merkantilizmni 
tanqid  qilishni  davom  ettirdi,  islohotlar  zarurligini  asoslab  berdi, 
iqtisodiy  o‗sishning  va  davlat  boyligining  asosi  deb  bilgan  qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e‘tibor 
qaratdi.  Bunday  qarash  Fransiya  iqtisodiy  qarashlarida  XVIII  asrning 
yarmigacha  saqlanib  qoldi.  Chunki  o‗sha  davrda  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishdagi  qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqarishining  hal  qiluvchi 
mavqeyini targ‗ib qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi.  
 
1707-yili  P.Buagilberning  «Fransiyani  qoralash»  asari  chop 
etildi.  Unda  Fransiyaning kambag‗allik holati ko‗rsatildi,  merkantilistik 
siyosat  qoralandi.  Iqtisodiy  islohotlar  o‗tkazish  to‗g‗risida  yangi 
g‗oyalar ilgari surildi. Biroq ular o‗zi ishongan va umid qilgan hukumat 
vazirlari tomonidan ham e‘tiborga olinmadi, qo‗llab-quvvatlanmadi.  
 
Iqtisodiy 
fikrlarning 
rivojlanishida 
va 
Fransiyada 
bozor 
munosabatlarining  shakllanishida  P.Buagilberning  hissasi  katta  bo‗ldi. 
Aynan 
uning 
asarlari 
merkantilistik 
g‗oyalarning 
batamom 
obro‗sizlanishi  va  Fransuz  klassik  iqtisodiy  maktabining  shakllanishi 
uchun  nazariy-metodologik  asos  bo‗lib  xizmat  qildi.  P.Buagilber 
mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali 
narsa va ne‘matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi.  
Nazariy  qoidalarning  o„ziga  xosligi.  P.Buagilberning  muhim  yutug‗i, 
U.Pettiga  o‗xshab  qiymatning  mehnat  nazariyasini  «asoslab»  berishi 
hisoblanadi.  Bunda  u  bozorda  tovarlar  o‗rtasidagi  almashuv  nisbatlari 
mexanizmini  sarflangan  mehnat  miqdori  yoki ish  vaqtini hisobga  olgan 
holda  tahlil  qiladi.  Bu  konsepsiya  nomukammal  bo‗lishiga  qaramasdan 
(uning  asosida  sarfli  prinsip  yotadi)  o‗z  davri  uchun  progressiv 
hisoblanadi, chunki merkantilistlarning bahoning shakllanishida pulning 
tabiiy roli to‗g‗risidagi konsepsiyasidan keskin farq qiladi.  
 
P.Buagilber merkantilizmni ko‗p jihatdan to‗g‗ri tanqid qilish bilan 
birga 
pulning 
iqtisodiyotdagi 
ahamiyatini 
mensimagan 
holda, 


96 
 
mamlakatning  iqtisodiy  o„sishida  qishloq  xo„jaligi  ahamiyatini 
mutlaqlashtirdi,  boylikni  ko‗paytirishdagi  sanoat  va  savdoning 
ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni 
bekor  qilish  mumkin  va  zarur,  deb  hisoblagan  yagona  iqtisodchi 
hisoblanadi,  uningcha  pul  tovarlarning  «haqiqiy  qiymatlari»  bo‗yicha 
ayirboshlanishini buzadi.  
 
Birinchi Fransuz klassigining fikri bo‗yicha, iqtisodiyotdagi asosiy 
soha  savdo  emas,  balki  ishlab  chiqarish,  eng  avvalo,  qishloq  xo‗jaligi 
hisoblanadi.  P.Buagilber  o‗z  asarlarida  iqtisodiyotning  «tabiiy» 
qonunlari  to‗g‗risida  qayd  qilib  o‗tadi.  Davlat  yuqori  soliqlarni  joriy 
etish  yoki  proteksionizm  siyosatini  qo‗llash  bilan  ularga  xalaqit 
bermasligini tavsiya etadi.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish