O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Merkantilistlarning nazariy hissasi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
Merkantilistlarning nazariy hissasi 
 
Iqtisodiyot  nazariyasi  tarixchilari  merkantilizmni  o‗rganib,  1660-
1776-yillar  oralig‗ida  iqtisodiy  tahlil  ham  miqdoran,  ham  sifat  jihatdan 
mukammallashganini aniqladilar. 
Ehtimol  merkantilistlarning  eng  katta  muvaffaqiyati  iqtisodiyotni 
tahlil  qilish  mumkinligini  anglab  yetishganidadir.  Bunday  o‗zgarish 
o‗sha  davrda  mashhur  bo‗lgan  fizika  fanlaridan  inson  tabiatini 
o‗rganuvchi  ijtimoiy  fanlarga  o‗tishni  aks  ettirar  edi.  Bu  o‗tish  Isaak 
Nyuton (1642-1727) davridan keyin o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi, 
uning ta‘siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‗rnini 
sabab  va  natija  tahlillarining  egallashi  o‗tmishdagi  usullar  to‗xtatildi, 
degani  emas,  albatta,  chunki  ayrim  sxolastlar  mantiqiy  tahlildan 
foydalanishar  edi  va  axloqiylashtirish  hozirgi  zamonaviy  adabiyotlarda 
ham mavjud. Lekin fizika fani qonunlarini kashf etgan metodologiyalar 
bilan iqtisodiy qonunlarni kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot 
nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 
Ko‗pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‗plab mexanik sabablarni 
ko‗rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi 
mumkin,  deb  ishonishgan.  Shuning  uchun  aql  bilan  qabul  qilingan 
qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta‘sir qilishi mumkin va iqtisodiy 
tahlil  berilgan  natijaga  erishish  uchun  qanday  shakldagi  davlat 
aralashuvi  kerak  ekanligini  ko‗rsatadi.  Merkantilistlar  davlatning 
iqtisodiyotga  aralashuvi  tasodifiy  bo‗lmasligi,  talab  va  taklif  qonunlari 
kabi  asosiy  iqtisodiy  haqiqatlarni  chalkashtirmasligi  lozim,  deb 
tushunishgan.  Keyingi  merkantilistlar  iqtisodiy  faoliyatni  rag‗bat-
lantirishda  iqtisodiy  odam  va  foyda  tushunchalarini  tez-tez  qo‗llay 
boshladilar.  Davlat  insonlarning  tabiatini,  ayniqsa,  ularning  egoistik 
harakatlarini  o‗zgartira  olmaydi,  deb  hisoblaganlar.  Siyosatchilar 
insonning bu  xususiyatini qanday  bo‗lsa  shundayligicha qabul  qilib, bu 
xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va 
institutlarni shakllantiradilar.  
Keyingi  merkantilistlar  o‗zlaridan  oldingi  g‗oyadoshlari  yo‗l 
qo‗ygan xato va kamchiliklarini anglab yetganliklarini quyidagi misolda 


84 
 
ko‗ramiz. Masalan, ular pul boylik o‗lchovi emasligini, barcha davlatlar 
bir  vaqtning  o‗zida  ijobiy  savdo  balansiga  ega  bolishi  mumkin 
emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini 
ushlab  turishi  mumkin  emasligini,  savdo  har  ikki  davlatga  ham  foydali 
bo‗lishi  va  ixtisoslashuv  va  mehnat  taqsimoti  davlatlarga  ustunlik 
keltirishi 
mumkinligini 
tushunishgan. 
Davlatning 
iqtisodiyotga 
aralashuvini  kamaytirishni  taklif  etgan  olimlar  soni  tobora  oshib  borar, 
shu  tariqa  ko‗pgina  adabiyotlarda  klassik  liberalizm  g‗oyalari 
boshlanayotgan edi. 
Biroq  klassiklardan  oldingi  hech  bir  iqtisodchi  bozor  iqtisodiyoti 
ishlashini,  ya‘ni  narxlar  qanday  shakllanishi  va  cheklangan  resurslar 
qanday  taqsimlanishini  bir-biriga  bog‗langan  yagona  qarash  sifatida 
shakllantira  olmadi.  A.Smit  merkantilistlar  yetisha  olmagan  tushun-
chalarni  anglab  yetdi.  Merkantilistlar  shaxsiy  manfaat  va  xalq 
farovonligi  o‗rtasida  qarama-qarshilik  mavjud,  deb  hisoblashgan. 
Shuning  uchun  ularning  fikricha,  davlat  shaxsiy  manfaatni  xalq 
farovonligi  tomon  yo‗naltirishi  kerak.  Klassik  iqtisodchilar  esa  tizimda 
tabiiy  uyg‗unlik  borligiga  ishonishgan  va  xalq  farovonligi  tabiiy 
ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan.
15
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish