O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
 
XIV BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYALARI 
14.1. Mutlaq ustunlik nazariyasi 
 
Adam  Smit  turli  mamlakatlarda  tovarlarni  ishlab  chiqarishda 
mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil 
etadi, degan tezisni asoslab berdi. Unga ko‗ra ba‘zi mamlakatlar boshqa 
mamlakatlarga  nisbatan  tovarlarni  kam  xarajat  sarflab,  samarali  ishlab 
chiqaradi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ushbu  mamlakatlar  mazkur 
tovarlarni  ishlab  chiqarishda  mutlaq  ustunlikka  ega.  Mutlaq  ustunlik 
yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishga ketadigan 
kam xarajatlarda namoyon bo‗ladi. 
A.  Smit  savdoni  sun‘iy  ravishda  cheklab  qo‗yishga  qarshi  chiqdi 
va  qaysi  mamlakatning  mahsuloti  arzon  bo‗lsa,  o‗sha  mamlakat  bilan 
savdo qilishning afzalligi to‗g‗risida aytib o‗tadi. Masalan, A.Smit qayd 
qilib  o‗tganidek:  ―Agar  Fransiyaning  vinosi  Portugaliya  vinosidan 
yaxshi  va  arzon  bo‗lsa  yoki  uning  gazlamasi  Germaniya  gazlamasidan 
yaxshi bo‗lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o‗ziga kerakli chet el vinosi 
va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan 
sotib  olish  foydali‖.  Shuningdek,  Shotlandiyada  uzum  yetishtirish  shart 
emas,  chunki  u  yerda  vino  Portugaliyaga  nisbatan  30  barobar  qimmat. 
Vino  qayerda  arzon  bo‗lsa  uni  o‗sha  yerdan  sotib  olish  maqsadga 
muvofiq. 
A.Smitning  asosiy  g‗oyasi  –  mutlaq  xarajatlar  g‗oyasidir.  Unga 
ko‗ra  mutlaq  xarajatlari  kam  bo‗lgan  mamlakatlardan  tovarlarni  import 
qilish,  ishlab  chiqarish  xarajatlari  past  tovarlarni  esa  (ularni  xarid 
qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak. 
A.Smitning  tasdiqlashicha,  har  xil  sun‘iy  ta‘sir  ko‗rsatish  va 
qarshiliklarga  qaramasdan  ikki  mamlakat  o‗rtasida  savdo  aloqalarining 
olib borilishi tabiiy, normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har 
ikkilasi  uchun  foyda  hamisha  bir  xil  bo‗lmasa  ham.  ―Har  bir  aqlli  oila 
boshlig‗ining  qoidasi  shundan  iboratki,  chetdan  sotib  olishdan  ko‗ra, 
uyda tayyorlash qimmatga tushadagan narsalarni uyda tayyorlamaslikka 
harakat  qilish.  Tikuvchi  o‗ziga  etik tikishga  harakat qilmaydi, balki  uni 
etikdo‗zdan sotib oladi. Etikdo‗z o‗ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki 
tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi‖. 


287 
 
A.Smit  bo‗yicha  bu  qoida  bir  butun  mamlakat  uchun  qo‗llanilishi 
kerak.  Agar  qandaydir bir  xorijiy  mamlakat bizni  muayyan  tovar bilan, 
uni  o‗zimizda  ishlab  chiqarishga  nisbatan  ancha  arzon  narxda 
ta‘minlashi  mumkin  bo‗lsa,  biz  birmuncha  ustunlikka  ega  bo‗lgan 
sohalarda  ishlatilayotgan  sanoat  mehnati  mahsulotining  ma‘lum  qismi 
uchun  ushbu  tovarni  undan  sotib  olish  ancha  foydali.  Aynan  shuning 
uchun  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuvini  tanlashda, 
A.Smit  bozorning  roliga  katta  e‘tibor  bergan  bo‗lishiga  qaramay,  u 
ushbu masalani ko‗rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, 
ba‘zi bir tabiiy resurslarga ega bo‗lish va b.) va qo‗lga kiritilgan (odatda, 
texnologik ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan) ustunliklarini hisobga 
olishni  zarur,  deb  hisoblaydi.  Eksport  qiluvchi  mamlakat  qachonki, 
mutlaq 
ustunlikka 
ega 
bo‗lgan 
tovarlarni  ishlab 
chiqarishga 
ixtisoslashgan  bo‗lgandagina  tashqi  savdodan  yuqori  foyda  ko‗rishi 
mumkin. 
Lekin  A.Smitning  bu  nazariyasida  barcha  tovarlarni  ishlab 
chiqarishda bir yoki bir necha mamlakatlar mutlaq ustunlikka ega bo‗lsa, 
bunday  vaziyatda  qanday  bo‗ladi,  degan  savol  ko‗rib  chiqilmagan. 
Mazkur  nazariya,  agar  mamlakatlar  tovarlarni  ishlab  chiqarishda  hech 
qanday  mutlaq  ustunlikka  ega  bo‗lmasa,  ular  xalqaro  savdoda 
qatnashishi mumkinmi, degan savolga ham javob bermaydi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish