Jon A. Hobson
Angliya tartibga solinmagan bozorlar jamiyat farovonligini eng
yuqori darajada ta‘minlaydi, degan asosiy ta‘limoti bilan ortodoksal
nazariya qo‗rg‗oni bo‗lib kelgan bo‗lsada, lekin bu yerda unga qarshi
chiquvchilar ham bor edi. Bu ta‘limotga eng katta ta‘sir ko‗rsatgan Jon
A. Hobson (1858-1940) ning noortodoksal fikrlari hozirgi farovon
Angliyaga ma‘naviy turtki bo‗ldi. Hobsonning akademik faoliyati
birinchi kitobini nashrdan chiqarganidan so‗ng tez orada yakuniga yetdi.
Bunga uning kitobidagi ―kitobimni o‗qigan iqtisodiyot professori uni yer
qattiqligini o‗lchash uchun sinab ko‗radi‖
67
degan fikrlari sabab bo‗ldi.
Mustaqil faoliyat uni ortodoksal nazariyaga yana va yana qarshilik
qilishga undadi, u qirqqa yaqin kitoblar va katta maqolalar nashr qildi.
Keyns Umumiy nazariyada Hobsonni maqtaguniga qadar uning ishlari
akademik doirada yaxshi kutib olinmasdi. Shunday qilib sof nazariyada
Hobsonning ta‘siri sezilarsiz bo‗ldi, u ingliz iqtisodiy siyosatini
shakllantirishda muhim ta‘sir ko‗rsatdi. Hobson ham boshqa ko‗plab
noortodoksal iqtisodchilar kabi ortodoksal nazariyaning kamchiliklarini
ko‗ra olar va ularni ta‘riflardi, lekin amaldagi ta‘limotni ag‗darishga
yetadigan yangi ta‘limot yaratishga qodir emas edi.
Provard natijada Hobsonning noortodoksal nazariyasi amaldagi
aralashmaslik siyosatini ma‘qullashga qarshi chiqdi, chunki bozorlar
ijtimoiy farovonlikni ta‘minlash uchun yetarli edi.
Hobson o‗sha davr ingliz iqtisodinng amal qilinayotgan uchta
xatosini topdi. Birinchisi, doimiy haddan ortiq zaxiralash yoki iste‘mol
tufayli to‗liq ish bilan ta‘minlanmaganlik. Ikkinchisi, foydaning yuqori
67
John A. Hobson, Confessions of an Economic Heretic (New York: Maxmillan, 1938), p. 30.
266
daromadli oilalar o‗rtasida ularning yuqori savdo kuchlari sababidan
nohaq
taqsimlash.
Uchinchisi,
moliyaviy
foydaga
yo‗nalgan
boshlang‗ich qiymat tizimlari uchun bozorlar ijtimoiy narx va ijtimoiy
foydani yaxshi belgilay olmasligidadir. Shunga qaramasdan ortodoksal
fikrlovchilar iqtisodiyotda muvozanatni topishdi va bu muvozanatni
ko‗rsatib beruvchi ta‘limotlarni yaratishdi. Hobson aralashmaslik
iqtisodiyotining salbiy ta‘sirlarini taxmin qildi va mavjud sanoat
jamiyatining xatolarini tuzatuvchi nazariy tuzilma yaratishga harakat
qildi. Hobson agarda jamiyatning maqsadi aniq qilinganda iqtisodiy
nazariya jamiyatni ―yaxshi hayot‖ga erishishga ishontirishi mumkin, deb
hisoblaydi.
U Jon Nevill Keynsning biz farqlashimiz mumkin bo‗lgan nima
mavjud va u nima bo‗lishi mumkin, degan nuqtayi nazariga va
ortodoksal nazariyaning nima mavudligini tahlil qilishdagi cheklangan
harakatlariga e‘tibor qaratdi. Hobson uchun iqtisodiy nazariya jamiyatga
―majburiyatlarini‖ ko‗rsatib bera olganligidan rostdan ham foydali edi.
Ortodoksal nazariya tomonidan amalga oshirilgan normativ-ijobiy
bo‗linish ilojsiz edi, chunki undagi dalillar etikal va iqtisodiy edi.
Hobsonnnig
ortodoksal
nazariyaga
bo‗lgan
qarshiligi
uning
hammualliflikda yaratgan kitobida boshlangan edi.
Biz Adam Smit davridan buyon butun iqtisodiyot o‗qitish asosida
turgan xulosaga keldik, chunonchi yillik ishlab chiqarish miqdorini
Tabiiy vakillar, Kapital va Mehnat agregatlari yordamida aniqlash
mumkinligi yolg‗on, aksincha, ishlab chiqarilgan mahsulot agregatlar
tomonidan qabul qilingan limitlardan ancha past. Bu mahsuotni haddan
ortiq to‗plash va haddan ortiq ko‗p yetkazib berish natijasida ortga
suriladi
68
.
Bahs-munozaraga sabab bo‗lgan yana bir narsa Hobson va uning
hamkasbi A.F.Mameri ortodoksal nazariyani to‗plash oxir-oqibatda
xuddi investitsiya kabi foydaga olib keladi, degan fikrlarga
qo‗shilishlaridir.
Hobson daromadning taqsimlanishi haqida ko‗p yozgan. Marjinal
unumdorlik nazariyasini rad etdi. Marjinal mahsulotlarni alohida omillar
uchun hisoblashning imkoni yo‗q edi. Ishlab chiqarishning turli xil
omillariga to‗lovlar amaliy jihatdan uch qismga bo‗linadi: 1) omilning
o‗zini moddiy qo‗llash imkoni uchun to‗lov, 2) miqdor va unumdorlikda
68
A. F. Mummery and J. A. Hobson, The Physiology of Industry (New York: Kelley and Millman, 1956),
p. vi.
267
omillar o‗sishiga izn berishga to‗lov, 3) yaxshilash va tuzatish uchun
to‗lov. Hobson ularni ―foydasiz narsa‖ deb atagan. Zamonaviy sanoat
iqtisodiyoti ishlab chiqarish hajmini namoyon qiladi. Turli omillarni
tuzatish uchun to‗lovlar yetarliligiga qaraganda u ko‗proq bozor
baholash omillarining kelishuv jarayoni, u qaysi omillar foydasiz
narsalarni qabul qilishini aniqlaydi. Hobson yer samarasiz narsalarni
qabul qilishini tasdiqladi, bunga uning tabiiy tanqisligi sabab bo‗ladi.
Chunki uning bosh kelishuv imkoniyati va sun‘iy tanqisligini monopol
kuchlar keltirib chiqargan. Daromadning tengroq bo‗lishi, ishchilar
uchun yagona balandroq maoshlar berish, faqatgina maoshnigina emas,
balki ishchilar ish unumdorligini ham oshirish kerak. Shuningdek,
yaxshiroq tenglik iste‘molni o‗stirib, tejamkorlikni kamaytiradi. Bu
orqali iqtisodiyot tushkunlikning oldini oladi.
Hobson bu fikrida ortodoksal nazariyaga qarshi holatiga asoslanib,
mamnun bo‗lmadi. U qiymat tizimining ortodoksal nazariyadagi
ma‘nosiga asosiy va keskin qarshi fikr bildirishni davom ettirdi.
Hobsonning fikriga ko‗ra ortodoksal nazariya noto‗g‗ri yondashuvga
ega.
Hobson biz qiymatlarda ifodalangan narxlardan farq qiluvchi inson
qiymatlarini va bozor narxlari kabi bir xil bo‗lmagan inson foydasini
ham hisoblashimiz kerak, deb ta‘kidlaydi. Bu tahlilarda Hobson
zamonaviy ijtimoiy yordam nazariyasini iqtisodiyotni bilmagandek
qabul qiladi, ta‘minlash-qiymat tomoniga ham, talab-foyda tomoniga
ham murojaat qilingan. Uning talab qismi tahlillari Veblenning asarlari
ta‘sirida bo‗lgan; u ko‗zga ko‗ringan iste‘mollar va sotuvchilik san‘atini
zamonaviy iqtisodiyotda sinab ko‗rish orqali behuda sarflash paydo
bo‗lishini ko‗rsatib bergan. Hobsonning yechimi hukumat aralashmaslik
soyosati yondashuvini yo‗q qilgan va foyda zamonaviy iqtisodiyot
tabiatining mo‗ljali bo‗ldi. ―Sanoatimiz me‘yoriy jarayonlarida to‗g‗ri
yo‗nalgan ijtimoiy nazoratni shaxsiy foyda qidirish omili o‗rniga
ishlatish ijtimoiy qayta qurishning har qanday sog‗lom tizimida muhim
hisoblanadi‖
69
.
Hobsonning bu qisqacha fikri uning ortodoksal nazariyaga qarshi
bildirgan kuchli fikridan biroz ko‗proq edi. U Sayning qonunini rad etdi.
Bo‗linishning ortodoksal nazariyasiga e‘tiroz bildirdi, ijtimoiy
69
John A. Hobson, Work and Wealth (New York: Maxmillan, 1914), p. 293.
268
yordamning talabga javob bermaydigan me‘yori uchun qiymat tizimini
tashkil etdi, ortodoksal nazariyaning me‘yoriy-pozitiv bo‗lishini ham rad
etdi, axloqiy muhokama qilishni iqtisodiy tahlil qilishga qo‗shishni taklif
qildi. Jamiyatda foyda omili salbiy natijalarga egaligini ko‗rsatib berdi
va yuqoridagilarning hammasini aralashmaslik siyosati yakuni sifatida
ko‗rsatdi. U ko‗plab asosiy noortodoksal mutafakkirlarning qismatini
boshidan o‗tkazdi: u ortdoksallar tomonidan nazorat qilingan akademik
jamiyatda qo‗lga kiritgan xizmatlariga befarq emasdi. Uning g‗oyalari
yaxshilab ko‗rib chiqilmasdan rad etildi.
Keyinchalik Keyns Sey qonunini rad etganidan so‗ng u ortodoksal
pozitsiadan ketdi, uning rivojlanishiga muvofiq ravishda Hobson ham
o‗zgardi. 1936-yilda u Hobsonning Sanoat psixologiyasi asarini
maqtadi. Bu kitob yaqin ellik yillar ichidagi birinchi va ko‗p jildli
kitoblarning eng ahamiyatlisi edi. U ortodoksal guruh a‘zolariga qarshi
g‗ayrat va dadillik bilan kurashishga harakat qildi. Mister Hobson
harakatdan charchamadi, lekin bu baribir foydasiz bo‗ldi. U mukammal
bo‗lishiga qaramay bugun unutilgan, mohiyatan bu kitobni nashr qilish
iqtisodiy fikrlardagi bir davrdir
70
. Keyns e‘tiroz bildirishni davom
ettirdi, u Hobsonni talabga javob bermaydigan iste‘mol nazariya-
chilarining noortodoksal iqtisodchilarining muhim guruhiga tegishli deb
ta‘kidladi.
Ko‗plab noortodoksal yozuvchilar qatori Hobsonning ichki
mohiyatni tushunishi uni barqaror boshqarmadi. Shunday qilib hozirgi
ortodoksal nazariyada Hobsonga tegishli ko‗zga tashlanadigan muhim
jihat yo‗q. U ortodoksal iqtisodchilar gilam ostini supurishni
rejalashtirgani kabi muammolarni namoyish qildi. Va nihoyat, bu
muammolar aytilganda Hobson fikrlari e‘tiborga olinmay, iqtisodchilar
tomonidan boshqa yechim taklif etildi. Shunga qaramay Hobson
Britaniya iqtisodiy siyosatiga muhim ta‘sir ko‗rsatdi, uning g‗oyalari
Mehnat partiyasiga ruhiy ta‘sir ko‗rsatishda ustunlik qila boshladi.
Sanoatni ijtimoiy nazorat qilishi va barcha xizmat dasturlari bilan birga
II jahon urushi davrida Britaniya Mehnat partiyasining dasturiga Jon A.
Hobsonning iqtisodiyot fani manba sifatida olindi
71
.
70
J. M. Keynes, The General Theory of Employment, Interest, and Money (London: Maxmillan, 1936),
pp. 364-365.
71
―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 338-367 б.
269
Do'stlaringiz bilan baham: |